Musulmonlikni daʼvo qilgan kishi Rosululloh ﷺni tahqirlaganlar bilan hamkorlik qilishi mumkinmi?!

66
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Musulmonlikni daʼvo qilgan kishi Rosululloh ﷺni tahqirlaganlar bilan hamkorlik qilishi mumkinmi?!

Hizb ut-Tahrir – Bangladesh viloyati matbuot boʻlimi nashr qilgan bayonotda shayxa Hasinaning salibchi va mustamlakachi Frantsiya davlati bilan harbiy hamkorlik boʻyicha kelishuv imzolashi qoralandi. Bayonotda quyidagi savol oʻrtaga tashlandi: musulmonlikni daʼvo qilgan hukmdor Rosululloh ﷺning tahqirlanishini qoʻllab-quvvatlaganlar bilan hamkorlik qilishi mumkinmi, salibchilarni doʻst tutgan musulmonning imoni salomat boʻlishi mumkinmi?! Soʻng quyidagilar taʼkidlanadi:
“Hasinaning Frantsiya bilan bunday yaqinlashuvi va kelishuv imzolashi mustamlakachi kofirlarni doʻst tutayotganini, Islom va musulmonlardan esa voz kechayotganini koʻrsatmoqda. Bangladesh turli mustamlakachi kuchlar oʻrtasida geosiyosiy raqobat markaziga aylandi. Frantsiya bilan kelishuv imzolash Britaniyaning mustamlakachilik manfaatiga xizmat qiladi. Yaʼni, Britaniya Hasinani Frantsiya va Yevroittifoqqa yaqin boʻlishga undab, AQSh nufuzi va himoyasidan uzoqlashtirmoqchi. Xuddi oʻzining Mьyanmadagi malayi harbiy kengashni Xitoy bilan yaqinlashishga undagani kabi. Hamda Liviyada Muammar Qazzofiyni va Iroqda Saddam Husaynni Sovet Ittifoqi bilan yaqinlashishga undagani kabi. Shu jihatdan bular Britaniya manfaatiga xizmat qiladi. Ajablanarlisi shuki, Britaniya Liviya va Iroqdan ular aynan unga muhtoj boʻlib turgan paytlarida voz kechgan!”.
Bayonotda armiyadagi xolis zobitlarga murojaat qilindi:
“Sizning real qudratga ega boʻla turib, bu kabi qilmishlarga jim qarab turishingiz va harakatga kelmasligingiz katta xato. Bas, bunday ilmoniy hukmdorlardan qoʻlingizni tortib, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish uchun faoliyat qilayotgan kishilarga uzating. Bu Frantsiyaning yana qayta tiz choʻkishiga Allohning izni ila juda oz qoldi.

Roya gazetasining 2021 yil 1 dekabr chorshanba kungi 367-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.