Mayk Pompeoning Xartum safari britaniyaparastlar ogohlantiruvi bilan amerikaparastlar til biriktiruvi o‘rtasida

249
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Mayk Pompeoning Xartum safari britaniyaparastlar ogohlantiruvi bilan amerikaparastlar til biriktiruvi o‘rtasida

Advokat Hatm Ja’far (Abu Avvob)

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati viloyat majlisi a’zosi

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo yahudiy vujudiga qilgan safaridan so‘ng 2020 yil 25 avgust seshanba kuni Xartumga keldi. U o‘zining tvitterdagi sahifasida «Men Tel-Avivdan Xartumga birinchi rasmiy parvozda bo‘lganimdan baxtiyorman», deb yozdi. AQSh Davlat departamenti o‘z sahifasida Pompeoning Sudan safari kun tartibiga Sudan bilan yahudiy vujudi o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirish masalasi kiritilganini xabar qilgan edi. Bir necha soat davom etgan safari chog‘ida Pompeo Sudan bosh vaziri Abdulloh Hamduk va harbiy kengash raisi Abdulfattoh Burhon bilan uchrashdi.

Uning Hamdu bilan uchrashishi ortidan hukumat matbuot kotibining quyidagi rasmiy bayonoti nashr qilindi: «Sudan bosh vaziri o‘zining amerikalik mehmoniga uning hukumati vaqtinchalik bo‘lganligi sababli «Isroil» bilan munosabatlarni normallashtirish masalasini o‘rganish vakolatiga ega emasligini bildirdi. Bu masala faqatgina o‘tish davri boshqaruv tizimi, ya’ni, qurolli harakatlar bilan kelishuv imzolanishi ortidan qonunchilik kengashini tayinlash yakunlangandan so‘nggina ko‘rib chiqilishi mumkinligini ma’lum qildi». Hamduk hatto AQSh ma’muriyatini Sudan nomini «terrorizm» ro‘yxatidan chiqarish jarayoni bilan yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish masalasini bir-biriga bog‘lamaslikka chaqirdi. Uchrashuv paytida ko‘riladigan boshqa masalalar, masalan, AQShning Sudan o‘tish davri hukumatini qo‘llab-quvvatlashi masalasi kabi masala xususida esa, Hamduk jamoatchilik e’tiborini chalg‘itish maqsadida uchrashuvdan so‘ng o‘zining tvitterdagi sahifasida «men ulug‘ dekabr inqilobini qo‘llab-quvvatlovchi aniq ijobiy qadamlarni kutmoqdaman», deb yozdi. Ammo Pompeoning Burhon bilan uchrashuvi ortidan hech qanday rasmiy bayonot bo‘lgani yo‘q.

Pompeoning Sudan safari shoshilinch va to‘satdan e’lon qilindi. Bu yahudiy vujudidan boshlanib, Sudan, Amirliklar, Bahrayn, Qatar va Ummon sultonligigacha cho‘ziluvchi safar bo‘ldi. Asr jinoyatini ishga tushirish nuqtai nazariga taalluqli bu safardan ko‘zlangan maqsadlar, musulmonlarning bosib olingan Falastin zamini masalasini eru ko‘kning dushmani bo‘lgan vujud foydasiga yo‘q qilish, bu vujudni mintaqaga saraton o‘smasi sifatida qorishtirishdan iborat. Toki, bitta tana bo‘lgan Ummatda kofir G‘arb nufuzi mustahkamlanib, bu saraton o‘smasi gazak olib, Ummatni yotqizib qo‘ysin, Ummatning ofiyatiga va tobora rivojlanib borayotgan jonliligiga to‘siq bo‘lsin. Maqsadlari mana shu.

Ma’lumki, musulmonlarning malay hukmdorlari kofir G‘arbning qurol va vositalari bo‘lib, G‘arb ular orqali o‘zining yurtlarimizdagi jinoyatkorlik rejalarini, shu jumladan, Tramp boshlagan Asr kelishuvini amalga oshirmoqchi. Davlat kotibi Pompeoning ayni safarlari ham shunga qaratilgan. Shuningdek, uning saylovoldi maqsadlaridan biri regional tinchlik konferentsiyasini o‘tkazish hamdir. Bu haqda 2020 yil 25 avgust seshanba kuni «Israel xayom» gazetasi yahudiy va amerikalik rasmiy manbalarga tayangan holda «Pompeoning Ko‘rfaz arab davlatlaridan birida Vashington rahnamoligi ostida regional tinchlik konferentsiyasi o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rayotgani»ni xabar qildi. (Sharqul Avsat gazetasi, 15247 son).

Xo‘sh, hukmdorlar mana shunday xoinlik qilishayotgan bir paytda, nega Pompeo Hamdukdan istaganini ololmadi, axir, u Sudan bilan yahudiy vujudi o‘rtasida munosabatlarni normallashtirishni istayotganini ma’lum qilgandi-ku?! Ma’lumki, Sharqul Avsat gazetasining 15247 soniga ko‘ra, AQSh davlat departamenti matbuot bayonotida «ikki tomonning Sudan-«Isroil» munosabatlaridagi ijobiy o‘zgarishlarni muhokama qilganliklari» aytilgan edi-ku?!

Pompeo o‘ljasiz qaytib ketishga rozi bo‘laverdimi?! Nega Hamduk bunday pozitsiya tutdi, axir, uning Pompeoga mening hukumatim yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish vakolatiga ega emas, degan javobni qaytarganligi sodda kishiga ma’lum-ku?! Pompeo o‘z itoatkori Burhondan istagan narsasini oldimi, ya’ni, Sudanning da’vo qilinayotgan regional tinchlik konferentsiyasida ishtirok etishini kafolatladimi?!

Hamduk va uning hukumati barcha sohada xalqchilligini yo‘qotib, omadsizlikka yuz tutgan. Hatto bu hol Hamdukni xoru zaif ahvolda chiqish qilishga va «agar xalq mendan iste’fo berishimni talab qilsa, qabul qilaman va xalqqa ta’zim bajo keltiraman», deyishga majbur qildi. (Sudaniy gazetasi, 2020 yil 21 avgust).

Shularni hisobga olgan holda aytish mumkinki, Hamduk hukumatini rasmiy homiysi bo‘lgan Britaniya elchixonasi uni Pompeo safaridan ogohlikka chaqirdi. Bu narsa hukumatning xatti-harakatidan ma’lum. Masalan, uning safaridan oldin 2020 yil 24 avgustda muvaqqat tashqi ishlar vaziri Umar Qamariddin o‘z bayonotida «Xartum hech qachon «Isroil»ga nisbatan biror pozitsiya egallashini muhokama qilgan emas», dedi. Keyin «Bu oliy masala bo‘lib, hech kimning u haqda ruxsatsiz gapirishga haqqi yo‘q, Sudan hukumati buni muhokama qilmagan», deya qo‘shimcha qildi. (Arabiy 21).

To‘siq qo‘yish qabilida, dushanba kuni Hamduk Ozodlik va O‘zgartirish kuchlari bilan markaziy qo‘mita uchrashuvini chaqirdi. «Baj News» manbalariga ko‘ra, «Hamduk yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirishga oid AQSh davlat kotibiga etkazish mumkin bo‘lgan raddiya xususida qo‘mita bilan maslahatlashdi va ushbu siyosiy doiralar Pompeoga o‘tish davri hukumatining ayni normallashtirish masalasida vakolatga ega emasligini etkazishga kelishib oldilar». Shunday qilib, Hamduk AQSh Davlat kotibining normallashtirish masalasida o‘tish davri hukumatidan ayni bosqichda foydalanish maqsadiga to‘siq qo‘ydi.

Shubhasiz, yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishga nisbatan shar’iy pozitsiyani Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati a’zolari ko‘tarib chiqqan plakatlardan bilish mumkin. Ular Respublika qarorgohidan bir necha metr narida o‘tkazgan norozilik namoyishida bunday shiorlarni ko‘tarib chiqdilar: «Falastin muborak Islom zaminidir, barcha musulmonlar uni roshid Xalifalikni barpo etish orqali ozod etishga harakat qilmoqlari lozim», «Yahudiy vujudiga qilichdan o‘zga javob yo‘q, har qanday xoinona kelishuvlar va malay hukmdorlarning joyi tarix axlatxonasidir».

Alloh Subhanahu va Taolo rozi bo‘ladigan pozitsiya mana shu. Ammo yahudiy vujud bilan munosabatlarni zimdan normallashtirayotganlarga kelsak, ular normallashtiruvni hokimiyat to‘liq tuzilishiga bog‘lab, bu haqda fosiqlar, johillar va aldanganlardan fikr olishyapti go‘yo. Ular bildiradigan fikrlar esa, barchasi avvaldan tayyorlangan fikrlar bo‘lib, Alloh Subhanahu va Taoloni g‘azablantiradi, Allohga, Rosuliga va mo‘minlarga xoinlik hisoblanadi.

Hamduk hukumati pozitsiyasiga, ya’ni, yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish masalasini kechiktirishga asoslangan pozitsiyasiga kelsak, bu bir taktikadir. Bu taktikani Sudan siyosiy maydonida eski Britaniya qutbi bilan yangi AQSh qutbi o‘rtasida ketayotgan kurashda tushunish mumkin. Bu pozitsiyaning mabda va qadriyatlarga aloqasi yo‘q, chunki dinni davlatdan ajratishga asoslangan siyosat qomusida mabda va qadriyat, degan so‘zlar yo‘q.

Burhon 2020 yil 3 fevralda Ugandaning Antebbe shahrida yahudiy vujudi bosh vaziri bilan uchrashishga faqatgina Pompeo bilan telefon orqali suhbatlashganidan keyinoq chopib borgan. Shunday ekan, bu mute kimsa bu safar Pompeoning o‘zi Respublika qasriga kelgan bo‘lsa, undan nima kutish mumkin, axir?! Hech shubha yo‘qki, Pompeoning ta’limotlar haqidagi gapi yaqinda Burhonda va boshqa amerikaparastlarda ko‘rinadi, ular mutelik qilishgina emas, hatto muqaddaslashlari ham turgan gap. Bu narsa yaqin kunlarda xiyonat va bosqinchi dushman bilan munosabatlarni normallashtirish yo‘lida tashlaydigan qadamlarida ko‘rinadi!

Bir kechadayoq hokimiyat tepasiga o‘tirgan va Sudan ahli boyliklarini o‘g‘irlagan bu siyosiy elitaga va’da qilingan vaqt subhdir. Subh yaqin emasmi?!

إِنَّ مَوْعِدَهُمْ الصُّبْحُ أَلَيْسَ الصُّبْحُ بِقَرِيبٍ

«Ularga va’da qilingan vaqt subhdir. Subh yaqin emasmi?!» [Hud 81]

Bu subh qudrat ahli orqasidagi ayrim xolis insonlar da’vatni qabul qilib, hokimiyatni Hizb ut-Tahrirning qo‘liga olib beradigan va Hizb Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik barpo etilganini e’lon qiladigan subhdir. Bu yurtlarimizdan mustamlakachi kofirni ildizi bilan qo‘porib tashlab, uning iflosligidan poklaydigan, yahudiy vujudini bitta qo‘ymay supurib tashlaydigan, Ummatimizni birlashtiradigan Xalifalikdir. Bularning barchasi Islomni tatbiq o‘rniga qo‘yish va butun olamga etkazish bilan amalga oshadi.

لِمِثْلِ هَذَا فَلْيَعْمَلِ الْعَامِلُونَ

«Bas, amal qilguvchilar mana shunday (mangu baxt-saodat) uchun amal qilsinlar!» [Soffot 61]

Roya gazetasining 2020 yil 2 sentyabr chorshanba kungi 302-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.