Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻzini mehribon qilib koʻrsatib, afgʻonlarga dushmanlik qilmoqda!

84
0

Matbuot bayonoti
Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻzini mehribon qilib koʻrsatib, afgʻonlarga dushmanlik qilmoqda!

BMT Taraqqiyot Dasturi oʻz hisobotida Afgʻoniston bank tizimining naqd pul krizisiga uchrayotgani, bu esa moliyaviy tizimni bir necha oy ichida parchalashi mumkinligidan ogohlantirdi. Bundan tashqari, BMT bosh kotibining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakilasi Debora Layons BMT Xavfsizlik Kengashidagi brifingda bunday dedi: “Avval IShID Afgʻonistonning bir necha viloyati va Qobulda bor edi. Hozir esa, aftidan Afgʻonistonning deyarli barcha yerida bor va tobora faollashmoqda”.
Afgʻonistondan sharmandali tarzda chiqib ketgandan soʻng Amerika va NATO bugunga kelib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti platformalarida oʻz missiyalarini muvofiqlashtirish orqali mamlakatda fitna chiqarishga harakat qilmoqda. Shuning uchun ham BMT Gʻarb davlatlari manfaatiga mos keladigan notoʻgʻri salbiy hisobotlarni chiqaryapti. Bu bilan Afgʻonistonning hozirgi hukmdorlariga bosim oʻtkazish uchun afgʻon xalqi orasida tartibsizlik va xavotirlarni kuchaytirmoqda. Xalqaro hamjamiyat Afgʻoniston Islomiy Amirligini islomiy tuzumdan uzoqlashtirish uchun quyidagi uch variantdan bosim sifatida foydalanmoqda:
1) Uni tan olmaslik;
2) Unga iqtisodiy sanktsiyalar qoʻllab, moliyaviy aktivlarini muzlatish;
3) IShIDni tashviqot qilish.
Mana shu uch variant barobarida, ular oʻzlarining gʻayriislomiy shartlariga Afgʻoniston Islomiy Amirligini koʻndirishni maqsad qilishgan.
Biroq, hech shubha yoʻqki, IShID Afgʻonistonning hamma viloyatlarida faol emas. BMT va Gʻarb ommaviy axborot vositalari boʻlsa axborot kampaniyasi uyushtirib, uning Afgʻonistondagi faoliyatini boʻrttirib koʻrsatmoqda.
BMT afgʻon xalqiga nisbatan ikkiyuzlamachi oʻyin olib bormoqda. Bir tomondan, gumanitar krizis, qashshoqlik, ishsizlik, qurgʻoqchilik toʻgʻrisida gapirib, yolgʻon koʻz yoshi toʻkayotgan boʻlsa, boshqa tomondan, yurtning moliya va bank tizimlari toʻgʻrisida salbiy hisobotlar chiqarib, ushbu tizimlarning ishonchliligiga shubha uygʻotishga, uning faoliyatini butunlay falajlashga urinmoqda. Hozirda Afgʻoniston banklari naqd pul krizisini boshdan kechirayotgan bir paytda, bu kabi salbiy hisobotlar yomon oqibatlarga sabab boʻlmoqda, odamlarning banklar tomon oqib borishga undamoqda… Nafaqat moliya va bank tizimi kelajagiga xavf solmoqda, balki gumanitar krizisni tobora murakkablashtirmoqda.
Afgʻonistonning musulmon xalqi BMTning maqsadi AQSh va NATO manfaatlarini taʼminlash, va Gʻarbning yoʻqolgan ishonchini qayta tiklashga harakat qilishdan iborat ekanini anglamogʻi lozim. Shuning uchun iqtisod va xavfsizlikni izdan chiqarib, afgʻon xalqiga qarshi sanktsiyalar joriy qilmoqda. Zero, Gʻarb oʻz ishonchini nafaqat Afgʻonistonda, balki butun dunyoda yoʻqotdi. Ammo bu kabi kuchli ishonchsizlik qayta tiklanishi mumkin emas.
Afgʻoniston Islomiy Amirlik rahbarlari haqiqatni anglamoqlari lozim. Haqiqat shuki, bu BMT hech qachon betaraf va rahmdil tashkilot boʻlgan emas. Balki uning yirik davlatlar tomonidan tashkil topishi va vazifalantirilishi faqat oʻshalarning manfaatini bevosita yoki bilvosita roʻyobga chiqarish uchun boʻlgan. Bu va boshqa tashkilotlar harakati zohirda insonparvar koʻrinsa-da, aslida gʻarblik mustamlakachi shaytonlar harakati boʻlib, oʻzga yurtidagi Gʻarbning manfaat va maqsadlariga xizmat qiladi. Shuning uchun, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan biror aloqa qilish yoki ularga optimistik nazarda qarash yoxud ularga aʼzo boʻlish tuzatib boʻlmas juda yomon xatodir.
﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لاَ تَتَّخِذُوا بِطَانَةً مِنْ دُونِكُمْ لاَ يَأْلُونَكُمْ خَبَالاً وَدُّوا مَا عَنِتُّمْ قَدْ بَدَتِ الْبَغْضَاءُ مِنْ أَفْوَاهِهِمْ وَمَا تُخْفِي صُدُورُهُمْ أَكْبَرُ﴾
“Ey moʻminlar, oʻzlaringni qoʻyib, (munofiqlarni) sirdosh doʻst tutmang! Ular sizga zarar yetkazishda kuchlarini ayamaydilar va yomon holga tushishingizni orzu qiladilar. Ularning sizlarni yomon koʻrishlari ogʻizlaridan oshkor boʻldi. Dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir”

Hizb ut-Tahrirning
Afgʻonistondagi matbuot boʻlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.