Ey Shom Ahli! Arzimas dunyo evaziga sotilgan razil yetakchilardan voz kechmoq vaqti keldi

185
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Ey Shom Ahli! Arzimas dunyo evaziga sotilgan razil yetakchilardan voz kechmoq vaqti keldi

Qadrli Shom ahli!
Siz tanalari har yonga sochilgan Ariha shahidlarining qayta harakatga kelishini kutyapsizmi?! Pokiza qoniga belangan bolalarining, oʻz jigar poralarining jasadlari bilan soʻzlarla ifodalab boʻlmaydigan holatda vidolashgan ota-onalar tirilib harakatga keladi, deb kutyapsizmi?! Xoʻjayinlari buyruqlariga tiz choʻkib, koʻr-koʻrona itoat qilishga odatlangan xoin yetakchilarning mardliklari tutib harakatga kelishadi, deb oʻylayapsizmi, axir, ular nopok siyosiy mollarni, zolimona soliq va yigʻimlarni yeyishni yaxshi koʻradigan haromxoʻr boʻlib qolishgan-ku?! Ular oʻtkinchi dunyo lazzatlariga gʻarq boʻlib, qasrlar, fermalar, sayrgohlar va restoranlar qurishga berilib, oxiratlarini unutishdi-ku?! Ertaga Aziz va Jabbor Allohning huzurida turishlarini, oʻzlarining qoʻrqoqligi, nomardligi va xoinligiga javob berishni esdan chiqarishgan-ku?!
Ularni yordamga chaqirib qilingan shuncha nola va faryodlardan ularning oʻlik tuygʻulari qoʻzgʻalmadi… Shuncha ayanchli manzaralar ularning koʻz-oʻngida boʻlganiga qaramay, bulardan erkaklik gʻururi ozgina boʻlsa ham qoʻzgʻab qoʻymadi! Koshki qilmishlari shular bilan tugasa edi. Axir, ular mustaqil guruhlarga qarshi jang qilish uchun bronetexnika hamda ogʻir qurollar yuklangan mashinalarni safarbar qilib, Jabali-Turkman va boshqa yerlarni mudofaa qilayotgan bu guruhlarni chiqarib tashlashmadimi, soʻng til biriktiruvchi konferentsiyalar qarori bilan u yerlarni qonxoʻr rejimga topshirishmadimi?!
Ey muborak Shom qoʻzgʻolonchilari!
Siz uchun kalimangizni aytib, oyoqqa turish hamda bu arzimas dunyo evaziga sotilgan xor va razil yetakchilardan voz kechish vaqti hali ham kelmadimi?!
Shuni bilingki, Ummat sizni kutmoqda. U qoʻzgʻoloningiz yoʻlini toʻgʻrilab olib, tortib olingan qaroringizni qaytarib olishingizga va yetakchiligingizni xolis ongli siyosiy yetakchi boʻlmish Hizb ut-Tahrirga berishingizga muntazir. Zero, Hizb ut-Tahrir sizning aqidangizdan balqib chiqqan loyihaga ega boʻlib, bu loyiha – Allohning izni ila – sizni kuch-qudrat, nusrat va gʻoliblikka yetaklaydi.

Roya gazetasining 2021 yil 10 noyabr chorshanba kungi 364-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.