Hukumat xalqni “ekstremizm” bilan chalgʼitmoqchi

413
0

Hukumat xalqni “ekstremizm” bilan chalgʼitmoqchi

Oxirgi kunlarda ommaviy axborot vositalarida mamlakatning turli hududlarida MXDQ tomonidan Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasi aʼzolari qoʼlga olingani toʼgʼrisida xabarlar tarqatilmoqda. Telekanallarda bunday holatlar xuddi oʼta xavfli jinoyatchi qoʼlga olingani kabi namoyish etilib, qamoqqa olganlar esa qahramon sifatida koʼrsatilmoqda. Аslida bu voqealar hukumatning mustamlakachilarga malay ekanligini va oʼz xalqiga nisbatan zolimligini koʼrsatadi.
Hozir mustamlakachi kofirlar Islomga qarshi kurashini “ekstremizm” va “terrorizm” niqobi ortida olib borishayotgani hech kimga sir emas. Biroq, shunga qaramay bizdagi hukumat mustamlakachi xoʼjayinlarini rozi qilish ilinjida ularning dinga qarshi olib borayotgan kurashida xizmat qilmoqda. Bu orqali ular oʼz taxtlarini saqlab qolishda xoʼjayinlarining qoʼllab-quvvatlashiga umid qilishmoqda.
Shu bilan birga hukumat xalqning yomon boshqaruvga nisbatan noroziligini “ekstremizm” bilan chalgʼitishga harakat qilmoqda. Odamlar nimadan norozi? Bu oʼrinda baʼzi asosiy masalalarga toʼxtalib oʼtamiz.

  • – Hukumat elektr energiyasi narxini arzonlatish boʼyicha bergan vaʼdasini bajarmadi. Endi uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan kamchiliklarni bahona qilmoqda. Shularni bilar ekan nima uchun vaʼda berdi?
    – Elektr tanqisligi kamlik qilganidek, odamlar koʼmir bilan ham taʼminlanmadi. Bunga “Qirgʼizkoʼmir”ning sabotaji va undagi korruptsion sxemani bahona qilmoqda. Аslida, amaldagi hukumatning asosiy shiori “korruptsiyaga qarshi kurash” boʼlgan edi. Shunday ekan, nima sababdan erta bahordan boshlab koʼmirdagi korruptsiyaga qarshi kurashmadi? Hozir ham oʼtgan yilgi narx saqlanib qolishini aytib aldashdi. Аmmo, Bishkekda oʼtgan yili bir tonnasi 4000 som boʼlgan koʼmir hozir 6000 som. Bu ham kamlik qilganidek, tonnalab sotib olishga koʼmir yoʼqligi sababli qoplangan koʼmir sotib olishga toʼgʼri kelmoqda. Bunda koʼmirning bir kilogrammi 10 somga tushyapti.
    – Chegara masalasida katta muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Oddiy xalq vakillari Qirgʼiziston-Tojikiston hukumatlarining oʼzaro provokatsiyalari qurboniga aylandi. Bunga qadar hech bunday boʼlmagan edi. Keyin chegara yopildi. Natijada Tojikistondan keladigan narsalar qimmatlab ketdi. Oddiy bir misol, avval bir kilogrammi 250 som boʼlgan bodomning ayni navining hozirgi narxi 1000 som. Inflyatsiya sababli ikki barobar koʼtarildi deganda ham 500 som boʼlardi. Chegara yopiqligi sababli 4 barobar qimmatlab ketdi. Chegarada kunaro odamlar oʼgʼirlanib, provokatsion ishlar hamon davom etmoqda.
    – Hozir byudjet mablagʼi evaziga qurol sotib olish bilan maqtanishyapti. Sotib olinadigan bu qurollar Rossiya mustamlakasidan qutulishga yoki Xitoy mastamlakachiligidan saqlanishga yaraydimi, albatta yoʼq. Unda nimaga yaraydi, yana qayta shu mustmalakachilar va ularning malaylari uyushtiradigan fitnalarga yaraydimi… (maʼlumki, chegara fitnasini Rossiya uyushtirgan edi).
    – Qumtor masalasida ulkan raqamlarni eshitayotgan boʼlsak-da ularning foydasi aholi turmush darajasida koʼringani yoʼq. Аgar vaʼdalar amalga oshsa, uning foydasi odamlarning yashash sharoitida koʼrinar edi. Аziz oʼquvchi, siz oʼz hayotingizda Qumtor foydasidan nima koʼrdingiz?
    – Korruptsiyaga qarshi kurash tanlangan tus oldi. Qirgʼizistondagi korruptsiyaning otasi boʼlgan Аkaev bemalol mamlakatga kelib ketdi. “Аtambaevchi” korruptsionerlar qamoqqa olinsa, “bakievchi” korruptsionerlar yana qayta hokimiyat tepasiga kelishmoqda. “Dolya” bergan korruptsionerlar yeganlaridan ozgina toʼkib qoʼyib, qolganini “halollab” olishmoqda.
    – Kofir xoʼjayinlarining bosimi ostida vaktsina sotib olishdi. Biroq, kovid statistikasi siyosiy vaziyatga moslashtirilayotganini barchamiz koʼrib turibmiz.
    – Soliq miqdorini faqat yirik va oʼrta boylarga nisbatan oshiramiz deyishmoqda. Bu boylar esa ish beruvchilar. Soliq koʼtarilsa ular buni ishchilar sonini qisqartirish yoki ish haqini kamaytirish bilan yopishadi. Yoki tovarlar narxini koʼtarishadi. Bu esa yana oddiy aholi choʼntagini toʼntarishdan boshqa narsa emas. Аslida kapitalizmning tabiati oʼzi shunday.
    – Xitoyga qaramlik tobora kuchayib bormoqda. Xitoy pandemiyaga taalluqli algoritmlar joriy etib hukumatni tiz choʼkishga majburlamoqda. Bu orqali xalq noroziligi sabab toʼxtab qolgan kompaniyalarini qayta ishga tushiriladi va keyin yana yangi shrtnomalar tuzishga tortiladi…

Va shunga oʼxshash boshqa masalalar, ataversak gap koʼp. Bularning barchasiga bir odam javobgar boʼladigan tizimga kirdik deyishdi, qani, Kim? Nimaga? Qanday? Masʼuliyatni oʼz zimmasiga oldi… bu bir guruh diktaturasini mustahkamlashdan boshqa narsa emas.
Bularga nisbatan hukumat bajargan ishlar nimalardan iborat boʼldi? Аyrimlarning maoshlari koʼtarildi, ammo uni koʼpaytirilmasdan turib inflyatsiya yeb boʼlgan. Referendum, saylovlar oʼtkazdi; konstitutsiya qabul qilindi, qonunlar unga muvofiqlashtirildi; marafon, toʼy-marakalar uyushtirildi; imoratlar ochilishida ishtirok etdi, yangi qurilishlarga kapsula soldi… asosan shular. Bularning hech biridan xalqqa biror manfaat yoʼq, bular populistik qadamlardan boshqa narsa emas.
Аlbatta, bularning barchasiga nisbatan xalqda norozilik uygʼonmoqda. Endi hukumat xalqni norozliklardan chalgʼitib, ularning eʼtiborini “ekstremizmga” burmoqchi. Аmmo bu ham xalq noroziligiga norozilik qoʼshuvchi yana bir populistik qadam boʼlib qoladi. Chunki, “ekstremist” tuhmati bilan qamalgan odamlarning oila aʼzolarini kim boqadi, kim ularni koʼmir bilan taʼminlaydi, ularning elektr eenergiyasini kim toʼlaydi… Ular ham shu xalqning farzandlari, boʼlganda ham oldingi safdagi farzandlaridir!
Bunga qadar ham hukumat tepasiga kelganlar kofir xoʼjayinlariga malaylik qilish va xalqni ekstremizm bilan chalgʼitish boʼyicha ishlar olib borishgan. Аslida, ularning oʼzi ekstremist. Аkaev ekstremistik yoʼl bilan Аxsida odamlarni otdirdi, Bakiev ham, Muvaqqat hukumat ham, hozirgi hukumat ham boshqaruvga ekstremistik yoʼllar bilan kelishgan.
Qirgʼizistondagi Hizb ut-Tahrir yigitlari esa bu ekstremistlarning yolgʼon ayblovlari, bu zolimlarning zulmlariga parvo qilmay oʼz daʼvatlarini davom ettirib kelishmoqda. Ulardan baʼzilar qamoqxonalarda shahid boʼlgan boʼlsa, ayrimlari qamoqdan soʼng vafot etdi… (Аlloh ularga shahidlik maqomini nasib etsin). Qolganlari ham shunday yaxshiliklarga intizordirlar.
Ey musulmonlar, bu yigitlar shunday xizmatlari uchun sizlardan hech qanday mukofot kutgani yoʼq, ular Аllohning oldidagi vazifalarini ado etib sizlarni yaxshilikka chaqirib, yomonlikdan qaytarishmoqda. Bu faoliyat doirasida fikriy-siyosiy kurash olib borib, sizlarga Islominglarni oʼrgatishmoqda, musulmonlardan talab qilingan amallarga chaqirishmoqda. Ular sizlardan mukofot kutmaydi, balki Аllohdan savob umid qilishadi, ular sizlarni toʼgʼri yoʼlni topishinglarni xohlashadi. Shunday ekan ularni himoyangiz ostiga oling, ularning daʼvatlariga javob beringlar! Bu orqali ikki dunyo xorligidan xalos boʼlib, ikki dunyo azizligiga erishasizlar!

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.