Islomiy hayotni kayta boshlashning shar’iy tariqati (8-qism).

580
0

Islomiy hayotni kayta boshlashning shar’iy tariqati (8-qism).

Siyosiy jang, siyosiy kurash esa, fikriy kurashga qo‘shimcha siyosiy hizbning asosiy omillaridandir. Siyosiy kurash Islom bilan hukm yuritmaydigan malay hokimlarga qarshi kurashishda va ularni o‘zgartirish uchun muhosaba qilishda tashabbus ko‘rsatishni anglatadi. Bu esa, ularning Ummatga qilayotgan xiyonatlarini, Ummatga qarshi tuzayotgan suiqasdlarini hamda kofir davlatlarga qilayotgan malayliklarini keskin ochib tashlash bilan bo‘ladi. Shunda ularning haybatlari barbod bo‘ladi va Ummatda ham ularning hokimyatlarini yo‘q qilishga jur’ati paydo bo‘ladi. Siyosiy hizb siyosiy kurashni ochiqchasiga va raqobat qilgan holda bajaradi. U yaltoqlik, tilyog‘lamachilik qilmaydi. Tinchgina o‘tirishni tanlamaydi, tana a’zolariga etadigan ozorlar uni kurashdan to‘xtatib qo‘ya olmaydi. Chunki, bunday kurash hizbning asosini tashkil etuvchi islomiy fikratning ajralmas bir bo‘lagidir.

Hizb – tabanniy qilayotgan shaxslarda gavdalangan islomiy tushinchalar, miqyoslar va qanoatlardan tashkil topgan ma’naviy shaxsiyatdir. Modomiki, hizb a’zosi hizb tabanniy qilayotgan ayni mana shu tushinchalar, miqyoslar va qanoatlar majmu’asini tabanniy qilar ekan, u ham mana shu fikriy-shu’uriy kull(bir butun narsa)dan bir juzь bo‘lib sanaladi. Agar hizb a’zosi mana shu fikrlar majmuasini, jumladan siyosiy kurashni chiroyli suratda o‘zlashtirib olsa va uni chiroyli suratda amalga oshirsa, albatta u o‘zining ham sha’ni bo‘lgan hizbning sha’nini ko‘targan bo‘ladi. Agar u siyosiy kurashni ham o‘z ichiga olgan mana shu fikrlar majmuasiga amal qilishda no‘noqlik qilsa, o‘ziga ham, hizbga ham zarar etkazadi. Bunday sharoitda hizb bu kabi no‘noq a’zoni darhol davolashga kirishadi. Agar u davolanishdan bo‘yin tovlasa, uning kasali boshqa a’zolarga ham yuqmasligi uchun hizb bunday a’zoning bahridan o‘tadi.

Hizb o‘zining fikriy va siyosiy kurashida barcha a’zolari bilan birgalikda bir tanu, bir jon bo‘lib maydonga tushadi. Jamiyatdagi chalg‘itivchi xato fikrlarga va Ummatning ustiga minib olgan hokimlarga qarshi kurashadi. Bu – hizb tabanniy qilgan fikrlar sababli – fikr jangidir, hamda u hizb o‘z a’zolarining dillariga ekkan kurashuvchanligi, baxslashishga chorlashi sababli iroda jangi hamdir. Kurash maydonida fikrning naqadar kuchli bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada kuchli irodaning ahamiyati ham fikrnikidan aslo qolishmaydi. Chunki, agar kuchli fikrni ko‘tarib chiqayotgan odamning irodasi sust bo‘lsa, bunday kuchli fikrdan foyda bo‘lmaydi. Jangchiga jang maydonida qurol-aslaha qanday lozim bo‘lsa, da’vat yukini ko‘taruvchi uchun hayot maydonida o‘zining fikrini vujudga keltirishi uchun sabot va matonatni anglatuvchi bu kuchli iroda ana shunday lozimdir. Kuchli fikr Ummatning o‘z mabda’siga bo‘lgan ishonchini qay darajada qaytarib bera olsa, xuddi shunday, da’vat yukini ko‘taruvchilardagi kuchli iroda ham da’vaьchilarni Ummatni etaklashga loyiq darajaga olib chiqadi. Negaki, Ummat o‘z aqidasidan kelib chiqqan fikr va ray’larni qabul qilar ekan, u ushbu fikrlarga xammolidan ayro qaramaydi. Ya’ni, Ummat ushbu fikrlarni etkazuvchi kishilarning sabru-matonatiga, irodasiga qattiq e’tibor qaratadi. Ummat nohaqliklarga qarshi turishni, unga qarshi kurashishni olqishlaydi. U o‘zidan chiqqan dovyurak, mard o‘g‘lonlarini yaxshi ko‘radi.

Ummatni etaklash va Ummat bilan birgalikda xalifalikni barpo etish uchun sa’yi-harakat qilayotgan hizb da’vatni etkazishda, hamda siyosiy kurashda quyidagi so‘zlarni aytgan Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – dan namuna olgan holda o‘zining amallarini Islom ahkomlari bo‘yicha yurgizadi;

لا يَمْنَعَنَّ رجلا هيبةُ الناس أن يقول بحق إذا علمه

“Ogoh bo‘linki, biror kishini agar u haqni bilsa, shu haqni aytishdan odamlarning haybati to‘sib qolmasin”.

الساكت عن الحق شيطان أخرس

“Haqni gapirishdan sukut qiluvchi soqov shaytondir”.

Ikkinchi aqaba bay’ati haqida Ubboda ibn Somitdan mana bunday rivoyat keladi;

بايَعْنا رسولَ اللهِ صلَّى اللهُ عليه وسلَّم على السَّمعِ والطَّاعةِ في اليُسرِ والعُسرِ والمَنشَطِ والمَكرَهِ وألَّا نُنازِعَ الأمرَ أهلَه وأنْ نقومَ ـ أو نقولَ ـ بالحقِّ حيثما كنَّا لا نخافُ في اللهِ لومةَ لائمٍ

“Bizlar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga xursandchilik o‘rnida ham, xafachilik o‘rnida ham, g‘ayratlanganda ham, malollanganda ham itoat etishga, ishni o‘z egalaridan talashmaslikka va qaerda bo‘lsak ham Allohning yo‘lida malomatchining malomatidan qo‘rqmasdan haqni gapirishga bay’at berdik”. Buxoriy rivoyati. Bu va shunga o‘xshagan dalillar bizlardan qaerda bo‘lsak ham, kimning xuzurida bo‘lsak ham malomatchilarning malomatidan va hokimlarning haybatidan qo‘rqmasdan haqni gapirishimizni talab qiladi. Buning evaziga Alloh taolo bizlarga katta katta savoblarni Rosuli – sollallohu alayhi vasallam – orqali va’da qilgan. Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – marhamat qiladilar:

ان من اعظم الجهاد كلمة حق عند سلطان جائر

“Jabr qiluvchi zolim podshoh oldida aytilgan haq so‘z albatta eng katta jihoddandir”.

سيد الشهداء حمزة و رجل قام الي امام جائر فامره و نهاه فقتله

“Shahidlarning sayyidi Hamzadir va zolim podshoh xuzurida turib, uni amri-ma’ruf va nahi-munkar qilgan natijada esa, zolim podshoh uni o‘ldirib yuborgan kishidir”.

Ammo da’vatchilar uchun etadigan ozor va balolar aksar hollarda sinov uchun va din dushmanlari oldida da’vatchilarning past ketmasliklari uchun imtihon tariqasida beriladi. Alloh taolo aytadi:

ولنبلونكم حتي نعلم المجاهدين منكم و الصابرين و نبلو اخباركم

“Biz sizlardan mujohid va sabr qilguvchilarni bilishimiz uchun va sizlarning xabarlaringizni tekshirish uchun Biz albatta sizlarni imtihon qilamiz”.

ولقد فتنا الذين من قبلهم فليعلمن الله الذين صدقوا وليعلمن الكاذبين

“Darhaqiqat, Biz ulardan oldingi kimsalarni fitnaladik. Bas, albatta Alloh sodiq bo‘lganlarni ham, kazzob bo‘lganlarni ham biladi”. Oldingi payg‘ambarlar bunday balolarga qanday yo‘liqqan bo‘lsalar Rasulimiz va ibratgo‘yimiz Muhammad – sollallohu alayhi va sallam – ham ularga shunday giriftor bo‘lganlar. Bunday holda Alloh taolo Payg‘ambarimiz – sollallohu alayhi va sallam – ni sabotsizlik qilishdan yoki din dushmanlarini rozi qiladigan tomonga andak bo‘lsa ham moyil bo‘lishdan qattiq ogohlantirgan. Alloh ta’olo aytadi:

إِن كَادُوا لَيَفْتِنُونَكَ عَنِ الَّذِي أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ لِتَفْتَرِيَ عَلَيْنَا غَيْرَهُ ۖ وَإِذًا لَّاتَّخَذُوكَ خَلِيلًا (73) وَلَوْلَا أَن ثَبَّتْنَاكَ لَقَدْ كِدتَّ تَرْكَنُ إِلَيْهِمْ شَيْئًا قَلِيلًا (74) إِذًا لَّأَذَقْنَاكَ ضِعْفَ الْحَيَاةِ وَضِعْفَ الْمَمَاتِ ثُمَّ لَا تَجِدُ لَكَ عَلَيْنَا نَصِيرًا (75

(Ey, Muhammad, mushriklar) Sizni Bizning sha’nimizga, (vahiydan) o‘zga narsalarni to‘qib chiqarishingiz uchun – Biz Sizga vahiy qilgan oyatlardan burib yuborishlariga oz qoldi. Xuddi o‘shanda Sizni «do‘st» qilib olmoqchi bo‘ldilar. Agar (Biz) Sizni (haq yo‘lda) sobitqadam qilmaganimizda, ularga biroz moyil bo‘lishingizga oz qolgan edi. U holda, albatta, Biz Sizga dunyo (azobi)ni ham, oxirat (azobi)ni ham ikki hissa qilib tottirgan bo‘lur edik, so‘ngra Biz sari o‘zingizga biror madadkor topa olmagan bo‘lur edingiz.[17:73-75].

Hizb tafoul bosqichida o‘z boshiga keladigan qiyinchiliklar xaqida ongli ravishda xabardor bo‘lishi lozim. Bu qiyinchiliklarga qarshi turib, ularni engib o‘tishi uchun uning yaroqli quroli mavjud bo‘lishi vojib. Bugungi kunda Islom olamidagi da’vatchilar yo‘liqayotgan bunday qiyinchiliklarning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz;

a) Hizb bilan Ummat orasini to‘sadigan turli hil uslub va vositalar bilan tish tirnog‘igacha qurollangan hukmron tabaqa, hokim to‘da. Bu to‘daga qarshi turish uchun hizb o‘zi ko‘tarayotgan mabda’ bilan himoyalanishi hamda o‘zining a’zolariga etayotgan ozorlarni ko‘tarishi lozim. Hech qanday rag‘batlantirish yoki qo‘rqitish uni o‘zi tabanniy qilgan shar’iy tariqatdan qaytishiga yoki hech qanday moddiy rag‘bat evaziga mabda’ning bir bo‘lagini bo‘lsa ham inkor qilishga olib bormasligi kerak. Makka mushriklari o‘zlariga yoqmaydigan narsalardan tiyilishi evaziga Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – ga podshohlik, molu-davlat, obro‘-e’tiborni taklif qilganlarida u zoti sharif – sallollohu alayhi va sallam – qay mavqifda turganliklarini da’vatchilar aslo unitmasinlar. O‘shanda Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam -;Makka mushriklari bilan o‘zlarining orasida o‘rtamchi vakil bo‘lib kelgan amakilari Abu Tolibga shunday degan edilar;

ياعم لو وضعت الشمس في يميني والقمر في يساري ما تركت هذا  الامر حتي يظهره  الله او اهلك في طلبه

“Ey amakim! Agar o‘ng tamonimga quyoshni, chap tomonimga oyni qo‘ysangiz ham bu ishni aslo tashlamasman. Xatto Alloh taolo uni g‘olib qiladi yoki men bu yo‘lda halok bo‘laman”. Ibn Isxoq rivoyati. Ular bir yil bizning Lot va Manotimizga ibodat qilasan, bir yil sening ilohingga ibodat qilamiz, deyishganda manabu oyati karima nozil bo‘ldi;

قُلْ يَا أَيُّهَا الْكَافِرُونَ (1) لَا أَعْبُدُ مَا تَعْبُدُونَ (2) وَلَا أَنْتُمْ عَابِدُونَ مَا أَعْبُدُ (3) وَلَا أَنَا عَابِدٌ مَا عَبَدْتُمْ (4) وَلَا أَنْتُمْ عَابِدُونَ مَا أَعْبُدُ (5) لَكُمْ دِينُكُمْ وَلِيَ دِينِ (6)

(Ey Muhammad), ayting: «Ey kofirlar! Men sizlar ibodat qilayotgan narsalarga ibodat qilmasman. Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar. Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qilguvchi emasman. Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar. Sizlarning diningiz o‘zlaringiz uchun, mening dinim o‘zim uchundir!» [109:1-6].

 yana aytadi

قُلۡ أَفَغَيۡرَ ٱللَّهِ تَأۡمُرُوٓنِّيٓ أَعۡبُدُ أَيُّهَا ٱلۡجَٰهِلُونَ ]الزمر:[ 64

“Ayting! Allohdan boshqasiga ibodat qilishimga buyurasizlarmi, ey johillar”.

b) Axborot vositalari, maktab va madrasa hamda oliy o‘quv yurtlari kabi davlat muassasalari tarqatayotgan ajnabiy fikr va saqofatlar bugungi kunda da’vatchilar yo‘liqayotgan qiyinchiliklar jumlasidandir.

Bunday yot fikr, yot saqofatlarga qarshi kurashish uchun ularning Islomga zid va noto‘g‘ri ekanliklarini bayon qilish, ularning o‘rniga islomiy fikrlarni qo‘yish, ya’ni egri chiziq qarshisida to‘g‘ri chiziqni qo‘yish lozim. Mana shuning bilan Ummat o‘z mabda’si va o‘zining fikrlari to‘g‘ri ekanligini aniqlab oladi. Shundan o‘z mabda’sini bag‘riga bosib, uning asosida uyg‘onishi uchun Ummatning ushbu mabda’ga bo‘lgan ishonchi yana qaytib keladi.

j) Asosiy o‘lchov foyda bo‘lib qolgandan keyin Ummat shaxslari o‘ralashib qolgan shaxsiy manfaat ham tafo’ul bosqichidagi qiyinchiliklar sirasiga kiradi. Bu qiyinchilikni engib o‘tish uchun Ummat farzandlari orasida halol va harom, degan shar’iy o‘lchovni qaytadan tiriltirish lozim. Buning uchun esa, rizq, ajal va Allohga tavakkal qilish kabi islomiy aqida fikrlarini singdirish lozim bo‘ladi.

d) da’vat yukini ko‘taruvchilarning ayrimlari Ummat ichidagi kasalliklar bilan ta’sirlanib qolishi ham tafo’ul bosqichidagi qiyinchiliklardandir. Bu qiyinchilikni engib o‘tish uchun mana bunday kishilarga hizb tomonidan e’tibor qaratilishi va ularni muolaja qilish lozim bo‘ladi. Toki bunday kishilar o‘zlariga kelayotgan qiyinchilik va aldov, fitnalarga qarshi o‘zlarida kuch topa olsinlar. Agar ularga hizb tomonidan berilgan davoning foydasi bo‘lmasa, ular tark etiladilar. Negaki, aslida da’vatchi etalatma, kasal emas, balki etaekchi, qoid va tabib bo‘lishi lozim.

Darhaqiqat, Makkada Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – va sahobalarga mana shunday, balki bundan ham qattiqroq qiyinchiliklar kelgan. Shunda Alloh taolo Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – ni o‘z yo‘llarida faqat sabot bilan turishga va fitnalar ustidan sabr qilishgagina buyurgan. Alloh taolo aytadi:

وان كادوا ليفتنوك عن الذي اوحينا اليك لتفتري علينا غيره واذا لاتخذوك خليلا ولو لا ان ثبتناك لقد لقد كدت اليهم شيئا قليلا

 (Ey, Muhammad, mushriklar) Sizni Bizning sha’nimizga, (vahiydan) o‘zga narsalarni to‘qib chiqarishingiz uchun – Biz Sizga vahiy qilgan oyatlardan burib yuborishlariga oz qoldi. Xuddi o‘shanda Sizni «do‘st» qilib olmoqchi bo‘ldilar. Agar (Biz) Sizni (haq yo‘lda) sobitqadam qilmaganimizda, ularga biroz moyil bo‘lishingizga oz qolgan edi. [17:73-74].

 Allox taьolo  yana aytadi:

وَدُّواْ لَوْ تُدْهِنُ فَيُدْهِنُونَ

Ular sizning (o‘zlariga) ko‘ngilchanlik – murosa qilishingizni istarlar, shunda ular ham (sizga) ko‘ngilchanlik qilurlar. (Lekin siz ularning bu istaklariga bo‘yinsunmang!) [68-9].

Alloh taolo yana aytadi:

وَٱحْذَرْهُمْ أَن يَفْتِنُوكَ عَنۢ بَعْضِ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ إِلَيْكَ

“Alloh Sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan Sizni burib fitnaga solib qo‘yishlaridan ehtiyot bo‘ling!”. [5:49] Darhaqiqat, musulmonlar koshki Quraysh musulmonlarni tinglab, ularning ham talablarini  qabul qilib, musulmonlarga berayotgan ozorlarini to‘xtatsa ekan, deb Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – ning Qurayshga nisbatan sal engilroq muomalada bo‘lishlarini Allohdan umid qilishardi. Da’vatning yurishi uchun Quraysh bilan musulmonlar orasida yaxshi munosabat bo‘lishini xohlashardi. Lekin, Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – ning o‘z da’vatlarida mustaxkam turishlari, Alloh talab qilgan mavqifda sabot bilan turishlari Qurayshning musulmonlarga ko‘rsatayotgan ozorlarini yanada ashaddiy tus olishiga turtki bo‘ldi. Xatto bu hol “Isro” hodisasi yuz bergunga qadar davom etdi. Isro hodisasi bo‘lganidan keyin bu haqda amakilarining qizi Hind bintu Abi Tolibga so‘zlab berdilar. Shunda Hind;

“Ey Allohning payg‘ambari, buni odamlarga aslo ayta ko‘rmang. Ular sizni yolg‘onchiga chiqarishadi va sizga yana battarroq ozorlar berishadi”, –  dedi. Shunda Rasululloh -sollallohu alayhi va sallam – unga;

والله لاحدثنهموه

“Allohga qasamki, men bu hodisani ularga albatta gapiraman”, degan vahiy bilan javob berdilar. Quraysh bu hodisani eshitib Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – ni mashara qildi. Dinda ikkalanib yurgan musulmonlar dindan chiqib murtad bo‘lib ketishdi. Keyin mana bu oyati karima nozil bo‘ldi:

وَمَا جَعَلْنَا الرؤيا التى أَرَيْنَاكَ إِلاَّ فِتْنَةً لِّلنَّاسِ

Biz sizga (Me’roj kechasida ko‘rsatgan) «Tush»ni odamlar uchun bir fitna-imtihon qildik, xolos. [17-60].

Ammo chin mo‘’minlarning esa, bu hodisadan keyin o‘z Robbilari va nabiylariga bo‘lgan iymonlari yanada mustaxkamlandi.

Shuning uchun hizb yoki jamoat yorib kirish va qarshi turish  g‘ayri oddiy mashaqqatlarga  olib keladigan hodisalarga duch kelib qolsa, bu hodisalarga Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – Makka jamiyatiga va uning atrofidagi qabilalarga yuzlanganlaridek yuzlanishi lozim. Hizb xozirgi sharoitlar boshqachaligini, insonlarning da’vatdan qochishlarini, kuch ishlatar tizimlarining kuchliligini da’vo qilib, xech qanday ta’vil yoki tilyog‘lamachilikka  tayanmasligi lozim. Negaki, da’vat yukini ko‘taruvchilar o‘z kuchlarini Allohga iymon keltirish va Unga tavakkal qilish orqali Allohdan oladilar. O‘zlari tabanniy qilayotgan fikratning sahihligi va o‘zlari tutayotgan tariqatning to‘g‘riligiga bo‘lgan iymonlaridan oladilar. Ularning ushbu quvvat manbalari o‘zgarib turuvchi voqe’likdan ham, ular duch kelayotgan qiyinchiliklardan ham bir necha bor kuchli bo‘lgan omildir.

Bugungi kunda da’vat yukini ko‘taruvchilar Islomning ayrim jihatlaridan ko‘z yumishlari uchun har xil targ‘ib va tarhib – qiziqtirish va qo‘rqitishga duchor bo‘layotanlaridek, ulardan oldin ham bundaylarga Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – va sahobalari ham yo‘liqqanlar. Islomni hayotda vujudga keltirish ularning taqdiriy masalalari bo‘lgan. Makka o‘zining kufrida qattiq turib olgan,  sahobalar har xil ozorlarga duchor bo‘lganlar, Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – ning himoyachisi, qo‘riqchisi Abu Tolib vafot etganlar, har kuni da’vatni etkazish mashaqqatlaridan keyin boshpana topadigan maskanlari sohibasi, Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – ga tasalli va dalda beruvchi Xadija onamiz ham vafot etganlar.  Mana shularning barchasiga qaramay Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – Makka mushriklarining  ozorlariga o‘zlarining;

ان لم يكن بك علي غضب فلا أبالي

“Agar mendan g‘azablanmagan bo‘lsang, men bu ozorlarga parvo qilmayman”,– degan so‘zlari bilan yuzlanib, o‘z da’vatlari yo‘lida bardavom bo‘ldilar. Ibn Ishoq rivoyati.

Tafo’ul natijasi xoh iyjobiy, xoh salbiy bo‘lsin da’vat yukini ko‘taruvchilar ushbu bosqichda birortasiga yaxshi ko‘rinishga urinmasliklari, biror fikrni aylantirmasliklari lozim. Negaki, mabda’iy da’vat o‘z da’vatchilariga etakchilik faqat Islomniki bo‘lishi uchun xarakat qilishlarini qat’iy talab qiladi. Shuning uchun hech qachon mabda’ hisobidan yaltoqlanish,  qo‘lida saltanati bor kishilarga o‘zini chiroyli ko‘rsatish mumkin emas. Qanday ozorlarga yo‘liqmasinlar, qanday targ‘ib va tarhibga duch kelmasinlar faqat mabda’ni mahkam ushlashlari lozim bo‘ladi. Zero, ularning quroli – Allohga va o‘zlari ko‘tarib yurgan mabda’ning to‘g‘riligiga bo‘lgan iymonlaridir. Mana shu iymon Alloh taolo da’vat yukini ko‘taruvchilar uchun chizib bergan tariqatda yurishning bardavomligini ta’minlovchi garovdir. Mana shu iymon agar ular Allohga iymon keltirsalar, Unga tavakkal qilsalar, Allohning tariqatini maxkam ushlasalar Alloh ularga va’da bergan nusratning garovidir.

Allohga va Islomga iymon keltirish ahkomlarni tushinishdan boshqa narsadir.  Chunki, dalildan kelib chiqqan, voqeaga mos keluvchi qat’iy tasdiqdan iborat bo‘lgan iymon hech qanday shubha yaqiniga ham yo‘lay olmaydigan sobit va o‘zgarmasdir. Ammo ijtihod bilan shar’iy dalillardan istinbot qilingan ahkomlar da’vatni etkazuvchilar ra’yida to‘g‘ri bo‘lgani holda ularning xato bo‘lishi ham ehtimoli bor. Bunday ahkomlar ustida da’vatchilar boshqa musulmonlar bilan munoqasha-munozara qilishlari ham mumkin. Bu degani da’vatchilarning o‘zlari chiqarayotgan fikrat ahkomlariga va o‘zlari yurayotgan tariqat ahkomlriga nisbatan bo‘lgan tushunchalari shamol oqimida ekanligini, shamol qayoqqa essa shu tomonga egilib ketaverishini anglatmaydi. Balki, ularning fikrat va tariqat ahkomlari xaqidagi fahmlarini sahih fahm – to‘g‘ri tushunik deb e’tiborga olish lozim. Negaki,  u daqiq bahsu izlanish orqali erishilgan,  chuqur va yorqin fikrdan kelib chiqqan  tushunchadir.

Shuning uchun da’vat yukini ko‘taruvchilar da’vatga mehribonlik qilishni, da’vatga ichi achishni da’vo qilayotgan yoki g‘oyaga etish uchun barchani e’tiborini o‘ziga tortayotgan kishilardan “Islomga zid emas” yoki “Islomga muvofiq” ligi xujjati bilan sodir bo‘layotgan xar qanday ray’dan xazir bo‘lishlari, ogoh bo‘lishlari lozim. Shuning uchun ular modomiki bunday ray’lar shar’iy dalilga suyanmas ekan va modomiki sahih yo‘l bilan istinbot qilinmagan ekan bunday ray’larni uloqtirsinlar. Alloh taolo yana aytadi:

وَٱحْذَرْهُمْ أَن يَفْتِنُوكَ عَنۢ بَعْضِ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ إِلَيْكَ

“Alloh Sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan Sizni burib fitnaga solib qo‘yishlaridan ehtiyot bo‘ling!”. [5:49]

(«Islomiy hayotni kayta boshlashning shar’iy tariqati» kitobidan).

  (davomi bor).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.