Yangi qo‘zg‘olon uchquni Taizda boshlanyapti! U davom etib, tub echimga qanday erisharkin?!

297
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yangi qo‘zg‘olon uchquni Taizda boshlanyapti

U davom etib, tub echimga qanday erisharkin?!

Ustoz Sulaymon Muhojiriy

Yaqinda Taiz viloyati birinchi bo‘lib adolatsizlik va zulmga qarshi inqiloblarni qayta boshladi. Agar biz ushbu voqealar manzarasida Taiz mintaqasi haqida so‘z yuritmoqchi bo‘lsak, arab bahori qo‘zg‘olonidan boshlashimiz kerak bo‘ladi. Ha, o‘shanda qo‘zg‘olonning ilk harakati Taizdan boshlandi… Namoyishchilar 2011 yil 3 fevral kuni dinni davlatdan ajratish aqidasidan kelib chiqqan demokratik respublikachi boshqaruvni, ya’ni Ali Solih rejimini ag‘darishga chaqirdilar… So‘ng 11 fevral juma kuni g‘azab kuni boshlandi. Biroq, Liqo Mushtarak partiyasi qo‘zg‘olon to‘lqinini jilovlab olib, mustamlakachi kofirlar nufuzi va manfaatini himoya qilish evaziga, qo‘zg‘olondan o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida va oyoqlari likillab qolgan kursilarni egallashda foydalandi. Bu mustamlakachi kofirlar Yamanda o‘nlab yillardan beri eski nufuz sohibi bo‘lib kelayotgan Britaniya bilan uning o‘rnini egallashga urinayotgan AQShdan iborat.

Zero, Taiz viloyati strategik ahamiyatga molik. U Yaman markazidan Qizil dengiz sohiligacha, janubdan dunyodagi eng muhim yuk tashish joylaridan biri bo‘lgan Bobul Mandab bo‘g‘ozigacha cho‘zilgan. Qo‘zg‘olonning Hurriyat maydonidan boshlanishi va unga Taizdan San’ogacha Hayot marshining ulanib ketishi natijasida ushbu viloyat uchun qo‘zg‘olon badali oxirgi o‘n yillikda juda qimmatga tushdi. Qo‘zg‘olon ortidan kofir G‘arb o‘zining malay hukmdorlariga qarshi qo‘zg‘algan xalqdan o‘ch olish maqsadida shu malaylari qo‘li bilan yurtning chor atrofida boshboshdoqlik va vayronagarchilikni keng yoydi. Shuningdek, G‘arb davlatlari ayni qo‘zg‘olondan o‘z malaylarini hokimiyat tepasiga olib kelishga urinishda foydalanishdi va shunday bo‘ldi ham. Masalan, Amerika Britaniya nufuzini yo‘q qilish uchun Yaman shimolidagi hokimiyat tepasiga Husiylarni olib chiqdi. Britaniya nufuzi esa Hodiy, uning tarafdorlari va unga tobe partiyalardan iborat edi. Binobarin, Yaman  Britaniya bilan AQSh o‘rtasidagi jangovar kurash holatiga kirdi. Buning og‘ir badalini esa, hamon Yaman ahli, shu jumladan Taiz ahli to‘lamoqda hamda o‘z mahalliy va regional malaylari qo‘li bilan kurashayotgan yirik davlatlarning shafqatsiz jazolariga duch kelmoqdalar. Bugun esa, Yaman ahli ushbu yovuz fitna olovida jizg‘inak bo‘lmoqda. Chunki mash’um «Keskinlik bo‘roni» yurtdagi barcha narsani yoqib kul qildi, faqat yurtni ozod etajaklarini da’vo qilgan Husiylarga ziyon etkazmadi. Yo‘llar yopildi, shu jumladan, Hubon va Taiz shahrini Hajariya mintaqalari bilan bog‘lovchi yo‘l ham kesildi. Bu Taiz ahlini, ayniqsa, Yamanning turli viloyatlarida turli bizneslarga egalik qilgan Hajariya aholisining azob-uqubatlarini yanada kuchaytirdi. Keyin valyuta qadri tushib ketdi, qimmatchilik boshlandi, qashshoqlik kelib chiqdi, gaz faqat qora bozordan osmono‘par narxlardagina topiladigan narsaga aylandi. Ta’lim sohasi izdan chiqib, savodsizlik keng tarqaldi. Yurtda kasalliklar tarqaldi, har shaharda, xususan Husiylar nazoratidagi hududlarda tilanchilik ko‘paydi… Bular Yaman ahli tushgan ahvolning dengizidan bir tomchi, xolos.

Ushbu siyosiy va iqtisodiy beqarorlikka Britaniya bilan AQShning Yamanda mahalliy va mintaqaviy malaylari orqali olib borayotgan nufuz talashish kurashlari sabab bo‘ldi. Binobarin, Taizda va Britaniya malaylari bo‘lgan Hodiy bilan o‘tish davri hukumati kuchlari nazoratidagi viloyatlarda norozilik namoyishlari kelib chiqqanligi tabiiy holdir. Husiylar nazorati ostidagi hududlarga kelsak, u erlarda Husiylar o‘zlariga qarshi chiqqan odamlarga qattiq zulm qilib, ulardan o‘ch olishmoqda, lekin odamlar Husiylarni aslo qabul qilishmaydi. «Mahalliy valyutaning qadrsizlanishi va asosiy tovarlar narxining oshib ketishiga qarshi Taiz shahrida ikki haftadan buyon bo‘layotgan norozilik namoyishining 2021 yil 27 sentyabr dushanba kuni yanada g‘azabnok tus olingani kuzatildi. Namoyishchilar «Jamol Abdunnosir» ko‘chasini aylanib, mahalliy hokimiyat binosi oldida to‘xtadilar hamda valyuta qadrsizlanishini qoralovchi va hukumatning tarqalishini, Taiz hokimi Nabil Shamsonning ishdan ketishini talab qiluvchi shiorlar bilan hayqirdilar. Shuningdek, namoyishchilar «Havzi Ashraf», «Jamol Abdunnosir», «Vodiy qozi» va quyi «Tahrir» kabi katta ko‘chalarni ham to‘sishdi». (https://www.almawqeapost.net/ 2021 yil 27 sentyabr).

Voqea-hodisalarni kuzatish orqali shu narsa ma’lum bo‘ladaki, bu namoyishlar haqiqatda odamlarning sabr kosasi to‘lib toshishi va azob-uqubatlari ortib, zulm, ochlik va xavf-xatarlar sabr qilish bilan bartaraf qilish mumkin bo‘lmagan darajaga etishi oqibatida kelib chiqdi. Shunga qaramay, ilmoniy rahbariyat hamon bu namoyishlarni jilovlashga, ulardan mustamlakachi kofirning rejalarini amalga oshirishda foydalanishga urinyapti. 2021 yil 19 sentyabrda «alwahdawi.net»da bunday deyildi: «Taiz viloyatida – xalqning fuqaroviy harakati sifatida – Taizni qutqarish uchun xalq harakati e’lon qilindi. U shaharning siyosatchilar, kasaba uyushmalari vakillari, inson huquqlari faollari, xotin-qizlar tashkiloti faollari va shahar xalq namoyondalarini o‘zi ichiga oldi. Yaman Sotsialistik partiyasining markaziy qo‘mitasi a’zosi doktor Abdurrahmon Arzaqiy ushbu harakatning bosh koordinatori va rasmiy notig‘i bo‘ldi». Bu voqea-hodisalar ilmoniy partiyalarning, hatto «Isloh» kabi o‘zini islomiyligini da’vo qilgan partiyalarning muvaffaqiyatsizligini ko‘rsatdi. Demak, odamlar bu ishlarning mohiyatini anglab etmoqlari va o‘z etakchiliklari uchun so‘zda ham, amalda ham Islomni yo‘l qilib olgan ongli yaroqli alьternativani qidirib topmoqlari darkor.

Bu kabi xalq harakatlari mudom tub echimga, ya’ni, Islomni tatbiq qiluvchi davlatni barpo etish echimiga ega xolis ongli etakchilikka ergashmas ekan, barchasi bo‘sh doira ichida harakat qilaveradi, biror muammoni hal qilmaydigan foydasiz faoliyatlar bilan odamlarni adashtirishda davom etaveradi. Hizb ut-Tahrir esa, davlat rahbarlarini ham, hayotning barcha sohasida Islom asosida echim bara oladigan davlat loyihasini ham tayyorlab qo‘ydi.

Ey Yamandagi ahlimiz!

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rosululloh ﷺ

«لاَ يُلْدَغُ الْمُؤْمِنُ مِنْ جُحْرٍ وَاحِدٍ مَرَّتَيْنِ»

«Mo‘min bitta teshikdan ikki marta chaqtirmaydi», deya marhamat qilganlar. (Ikki shayx rivoyati). Bas, sizga nima bo‘ldiki, bunday jinoyatchi va malay etakchilikka ergashaverish bilan ketma-ket chaqtirmoqdasiz, axir, ular o‘zlarini ham, yurtlarini ham, fuqarolarini ham birovlarning dunyosi evaziga sotib bo‘lishdi-ku?! Ular mustamlakachi kofirni rozi qilishdan boshqa hech narsa qilishmadi va aslo qilishmaydi ham!

Ey Yamandagi ahlimiz!

Alloh Subhanahu va Taolo bizga o‘zining Kitobi Karimida

إِنَّ لَكَ أَلاَّ تَجُوعَ فِيهَا وَلاَ تَعْرَى  وَأَنَّكَ لاَ تَظْمَأُ فِيهَا وَلاَ تَضْحَى

«Shubhasiz, sen u joyda och-yalang‘och qolmaysan. Va u joyda tashna ham bo‘lmaysan, issiqda ham qolmaysan» [Toha 118-119]

dedi. Ya’ni, bizning emoq-ichmoq, kiyim-kechak va uy-joysiz qolmasligimizga Allohning O‘zi kafil bo‘ldi. Ammo bugungi demokratik tuzumlar bor ekan, bu aslo amalga oshmaydi. Balki bu Alloh va’da qilgan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik tuzumidagina amalga oshadi. Alloh va’da qilgan ekan, bas, siz bilan va sizning orangizdagi faoliyat qilayotgan biz Hizb ut-Tahrirdagi birodarlaringiz bilan harakat qiling, birgalikda ushbu tuzumni barpo etaylik va Yamanni ushbu buyuk davlatning markaziga aylantiraylik.

وَاللَّهُ مَعَكُمْ وَلَن يَتِرَكُمْ أَعْمَالَكُمْ

«Alloh sizlar bilan birgadir va U hargiz qilgan amallaringizning (savob-mukofotini) kamaytirmas» [Muhammad 35]

Roya gazetasining 2021 yil 13 oktyabr chorshanba kungi 360-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.