G‘arb Islomning tobora ko‘tarilishini jilovlashda muvaffaqiyatsizlikka uchradi (Ikkinchi qism)

98
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

G‘arb Islomning tobora ko‘tarilishini jilovlashda muvaffaqiyatsizlikka uchradi (Ikkinchi qism)

Ustoz Hamd Tobib – Baytul Maqdis

Avvalgi maqolamizda G‘arbning islomiy ko‘tarilishini jilovlashdagi muvaffaqiyatsizligi haqida hamda ushbu ko‘tarilishning xalq orasida keng tarqalishini to‘xtatib qolishdagi omadsizligi haqida so‘z yuritgan edik.

Hozir esa, avvalgi maqolada aytilgan ikkinchi uslub haqida, ya’ni ma’lum islomiy jamoalarni muayyan tavsiyalar, o‘lchovlar va shartlar bilan malay hukumatlarga jalb qilish urinishlari hamda bundan makkor maqsad va g‘oyalar ko‘zlangani to‘g‘risida suhbatlashamiz.

G‘arb ba’zi islomiy jamoalarni malay hukumatlarga jalb qilishda muvaffaqiyat qozongan esa-da, biroq, bu ishdan ko‘zlagan maqsadiga, ya’ni, islomiy ko‘tarilishni to‘xtatib qolishga erisholmadi. Chunki ushbu ko‘tarilish Ummat ommasi orasida Islom asosida keng qamrovli tub o‘zgarish yasash sari tobora kuchayib bormoqda. Natija G‘arbning buni to‘xtatib qolish istagining aksi bo‘lib, Ummat ommasi uning o‘yinlari, tuzoqlari va makr-nayranglarini har qachongidan yaxshiroq anglaydigan bo‘lib qoldi.

Darhaqiqat, G‘arb ayrim islomiy jamoalarni hokimiyatga jalb qilish uchun katta sa’y-harakatlarini, yirik hajmda kapitalini ayamadi, ko‘p energiya va dasturlarni ishga soldi. Bu urinishlari, garchi ma’lum tomonlama mevasini bergan bo‘lsa-da, biroq asl ko‘zlagan maqsadini ro‘yobga chiqarishda ayanchli muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Biz beshta model – Misr, Sudan, Tunis, Marokash va Iordaniyadagi model haqida hamda ayni muvaffaqiyatsiz urinishlar natijalari to‘g‘risida qisqacha so‘z yuritamiz.

Kinona Misrida G‘arb o‘z malaylari qo‘li bilan ba’zi musulmonlarni parlament orqali boshqaruvga jalb qilish uchun oltmish yil (o‘n to‘qqizinchi asrning qirqinchi yillari boshidan boshlab, yigirma birinchi asrning boshlariga qadar) tinimsiz sa’y-harakat olib bordi. 1912 yilda bo‘lgani kabi, Musulmonlar Misr saylovlarida g‘alaba qozonganlaridan so‘ng ularga prezidentlik boshqaruvini topshirdi, boshqaruv uchun armiya qo‘mondonligi cheklov va shartlar qo‘yib berdi.

Sudanda ham shunday bo‘ldi. Ba’zi musulmonlar turli davrlarda parlamentga yoki vazirlikka jalb qilindi.

Tunisda G‘arbga malay hukumatlar qo‘zg‘olondan keyin Nahza harakatini parlament va hukumatlarga jalb qilishdi. Bu 2011 yilda va 2021 yilda, ya’ni, parlamentlik boshqaruvi nihoyasida bo‘ldi. 2021 yil Qays Said parlamentni tarqatib, deputatlardan diplomatik daxlsizlikni olib tashladi.

Marokashda ayrim musulmonlarning parlamentda ishlashlari to‘qsoninchi yillar oxirlaridan beri davom etdi. Adolat va Taraqqiyot partiyasi qo‘zg‘olonlar boshlangan 2011 yildan beri saylovlarda ko‘pchilik o‘rinni egallash bilan g‘alaba qozonib keldi. Biroq, 2021 yildagi saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Iordaniyada qirol Husayn ayrim musulmonlarning parlamentda ishlashlariga ruxsat berdi. Bu ayniqsa, mamlakatda davom etgan ichki va tashqi siyosiy-iqtisodiy bosimlar manzarasida, xususan Iordaniyaning yahudiy vujudi bilan Vodiy-Araba shartnomasi imzolangan davrda bo‘ldi.

Garchi musulmonlarning bir necha davlatdagi hukumatlarga jalb qilinishida holatlar va voqealar hamda til biriktiruvlar turli xil bo‘lgan esa-da, biroq, G‘arb bulardan ma’lum maqsadlarni ko‘zlagan. Jumladan:

1 – Musulmonlar ommasida tobora rivojlanib borayotgan islomiy o‘sishni jilovlashga harakat qilish. Xususan, mustamlakachilikning barcha musulmon yurtlaridan quvilishi ortidan hamda mustamlakachilikning malay hukmdorlariga qarshi bo‘lib o‘tgan yaqindagi qo‘zg‘olonlar va ularni ag‘darishga bo‘lgan urinishlardan so‘ng bu o‘sishni jilovlashga harakat qilish.

2 – Islomiy partiyalarni hukmdorlar sodir etayotgan va odamlarga qarshi har xil ko‘rinishda shug‘ullanishayotgan korruptsiyaga sherik qilish.

3 – Korruptsiyachi hukmdorlarni hamda unga aloqador bo‘lgan boshqa siyosiy doiralarni qulatishga harakat qiluvchi mustaqil siyosiy islomiy harakatga zarba berish.

4 – Korruptsiyachilarning o‘z xalqlariga qarshi sodir etayotgan turli jinoyatlarini, siyosiy, harbiy, iqtisodiy muvaffaqiyatsizliklarini, ayniqsa, yahudiylar oldidagi mag‘lubiyatlarini yashirish.

5 – Mustamlakachilar va ularning malaylariga qarshi kurashga chaqiruvchi islomiy fikrdan adashtirish va uning o‘rniga murosasozlik, kengbag‘irlik, dushmanlik qilmaslik fikrini o‘rnatish.

Mustamlakachilar va ularning malay hukmdorlari ayrim islomiy partiyalarni «tarbiya»lashga urinishda turli davrlarni bosib o‘tishdi. Ushbu makr qilish va qasddan rejalashtirish davrlari taxminan uch davrdan iborat:

1 – Mustamlakachilarning harbiy kuchlariga qarshi qo‘zg‘olonlar yuz berib, ularni islomiy yurtlardan quvib chiqarilganidan keyingi davr.

2 – Yahudiy vujudi oldida, ayniqsa bu vujud Rosululloh ﷺning muborak Isro maskanlarini bosib olganidan so‘ng, harbiy muvaffaqiyatsizliklar bo‘lgan davr.

3 – 2010 yildan to bugungi kunimizga qadar bo‘lgan yangi qo‘zg‘olonlardan keyingi davr.

Mustamlakachilar va ularning malaylari ushbu uch bosqichda ko‘zlagan maqsadlarida ma’lum darajada muvaffaqiyatga erishishdi, ya’ni, ayrim islomiy jamoalarni hokimiyatda ishtirok ettirishdi. Biroq, bu muvaffaqiyatlari qisman bo‘ldi. Shu ayrim islomiy jamoalar va ularning tarafdorlaridan nariga o‘tmadi, boshqa tarafdorlarni hokimiyatda ishtirok ettirisha olmadi. Odamlar ommasi va turli siyosiy doiralar bunga rozi bo‘lmadilar. Oqibatda, ko‘pchilik insonlar maqsad ushbu hokimiyatda ishtirok etishga undash ekanini tushunib etganlaridan so‘ng bunga nisbatan kuchli xalq noroziligi kelib chiqdi. Shu bois, so‘nggi paytda ko‘pchilik – ayniqsa Marokash va Tunisda – saylovlarda qatnashishdan o‘zini olib qochadigan bo‘lib qolishdi.

Marokashdagi Adolat va Taraqqiyot partiyasi yo‘liqqan muvaffaqiyatsizlikni hamda Tunisdagi Nahza harakati tushgan ayanchli holatni ba’zilar noto‘g‘ri izohlamoqdalar. Ularga ko‘ra, islomiy harakatlar omma tomonidan mag‘lubiyatga uchragan emish. Bu ham xato, ham zahriqotil gap. Bunday gapdan umidsizlik urug‘ini sochib, odamlarda ilmoniy partiyalar omma tomonidan tobora qo‘llab-quvvatlanmoqda, degan fikrni paydo qilish ko‘zlangan! Aslida esa, ayrim islomiy jamoalarning parlament yoki hukumatlardagi muvaffaqiyatsizligiga sabab musulmonlarda parlament oyoqlari likillab qolgan kursidan boshqa narsaga olib bormaydi, u erga chiqishdan foyda yo‘q, degan ongli fikrning paydo bo‘lganidir.

Islomga nisbatan afkori omma barcha musulmon yurtlarda odamlar ommasida hanuz mavjud bo‘lib, mustamlakachilar va ularning malaylarining o‘yinlariga nisbatan odamlar ongi tobora o‘smoqda. Islomni to‘g‘ri tushunish kundan-kunga ortmoqda va bu Ummatdagi yaxshilikdan darak. Ayrim islomiy partiyalarning saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrayotganlariga yagona sabab, odamlarning ulardan beziganidir. Chunki ular ham malay hukmdorlar istaganidek, korruptsiya tizimining bir qismiga aylanishdi.

Biz shu kunlarda jamoatchilik tomonidan tobora qo‘llab-quvvatlanish bosqichida yashayapmiz, bu esa xalq ongi o‘sayotganidan darak beradi. Shuningdek, musulmonlarning o‘z elkalariga minib olgan zo‘ravon hukmdorlardan o‘z haqlari qaytarib olishlariga juda yaqin qolganini, chunki ular parlamentga ham, vazirliklarga ham, ularda qatnashishga ham norozi bo‘layotganini ko‘rsatadi. Zero, islomiy afkori omma ongli mafkura va to‘g‘ri uyg‘onish asosida tobora o‘smoqda. Mustamlakachi G‘arb va malaylarining Ummatni adashtirishdagi o‘yinlari ayanchli muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Uning shuncha sarflagan mehnatlari va mollari o‘ziga hasrat-nadomat bo‘lmoqda. Kelayotgan kunlar esa, ruvaybizalarning har birini ag‘darish va Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan boshqarish kunidan darak bermoqda. Biz Alloh Taolodan u kunni yaqin qilishini so‘raymiz.

Roya gazetasining 2021 yil 13 oktyabr chorshanba kungi 360-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.