G‘arb Islomning tobora ko‘tarilishini jilovlashda muvaffaqiyatsizlikka uchradi (Birinchi qism)

88
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

G‘arb Islomning tobora ko‘tarilishini jilovlashda muvaffaqiyatsizlikka uchradi (Birinchi qism)

Ustoz Hamd Tobib – Baytul Maqdis

Shu kunlarda G‘arb miyasini ko‘proq band qilayotgan narsa Islomning ko‘tarilib borayotganini jilovlash hamda ufurayotgan to‘lqinini omonlik qirg‘og‘iga etishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun reja va uslublar ishlab chiqish bo‘lib qoldi. Bu xuddi G‘arbning o‘n to‘qqizinchi va yigirmanchi asr boshlaridagi holatiga o‘xshaydi. O‘shanda G‘arbning fikru yodini yomonlik davlatlari orqali, asosan Evropa davlatlari va Rossiya hamda o‘zining eski Millatlar Ligasidan boshlab, yangi BMT boshchiligidagi xalqaro tashkilot va hay’atlari orqali Xalifalik davlatini ag‘darish va uning siyosiy merosini bo‘lishib olish band qilgan edi.

Darhaqiqat, G‘arb Ummatning hokimiyatga etish hamda Alloh nozil qilgan ahkomlarni tatbiq o‘rniga qaytarish orqali Islomning ag‘darilgan qo‘rg‘onini qayta barpo etish yo‘lidagi intilishlari va oliy g‘oyalari oldiga to‘siq va mashaqqatlar qo‘yish uchun turli-tuman uslublarni ishga soldi. Biroq, Ummatning o‘z dini yo‘lidagi harakati va otilib chiqayotgan his-tuyg‘ulari kofirlar aldoviga aldanmadi, adashtiruvchi siyosatlariga yurmadi. Mustamlakachilar hamda ularning adashgan va adashtiradigan malaylarining qirg‘in, tahdid, qamoq, tazyiq va boshqa turli uslublar yordamida qo‘ygan to‘siqlari har qancha shafqatsiz, og‘ir va ko‘p bo‘lmasin, Ummatning diniga bo‘lgan muhabbati va intilishini to‘xtatolmadi.

Ha, kishandan ozod bo‘lish va qutulish sari harakatlangan islomiy o‘sishni jilovlashda mustamlakachi kofirning omadi chopmadi. U bundan oldin ham harbiy jihatdan islomiy yurtlarni bosib olib, Ummatni «tarbiyalamoqchi» bo‘lgan paytda ham ayanchli muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. Millatchilik va vatanparvarlik harakatlari yordamida afkori ommani adashtirishda omadi chopmagan.

AQSh va Evropa boshchiligidagi kofir umidsizlikka tushmadi, balki buyuk maqsad sari o‘sayotgan islomiy ko‘tarinkilikni to‘xtatish uchun yoki to‘g‘ri maqsadga olib bormaydigan boshqa yo‘llar va nomlar bilan adashtirish yo‘lida turli uslub-vositalar ixtiro qildi. Natijada, bu makr va tuzoqlari ikki uslubni keltirib chiqardi:

Birinchi: ba’zi islomiy jamoalarni fikriy va siyosiy jihatdan nazorat ostiga olib, ularni hokimiyatga olib kelish.

Ikkinchi: Ma’lum islomiy jamoalarni muayyan tavsiyalar, o‘lchovlar va shartlar bilan malay hukumatlarga jalb qilish.

Xo‘sh, G‘arb ushbu ikki uslubi yordamida Ummatni yo‘ldan urishda real muvaffaqiyat qozona oldimi yoki o‘zining muvaffaqiyatsizlik ro‘yxatiga yana muvaffaqiyatsizlik qo‘shdi, xolosmi?!

Haqiqat shuki, G‘arb ushbu ikki uslubda juda katta aldov va adashtirish bilan shug‘ullanib, ayrim musulmon farzandlarni aldashga, yo‘llaridan adashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin, butun Ummatni aldashga muvaffaq bo‘lolmadi. Natijada, Ummat kofirlar makrini avvalgidan ham ongliroq ravishda anglaydigan bo‘ldi. Hokimiyatda malaylar orqali ishtirok etish ham, G‘arbning shartlari bilan hokimiyatga chiqish ham hech kimga foyda bermasligiga, aksincha bu odamlar ahvolini avvalgidan ham yomonlashtirib, halokatga etaklaydigan shartlar ekaniga aniq ishonadigan Ummatga aylandi.

G‘arb birinchi aldov mafkurasini o‘tgan yillardan beri qo‘llab, bir necha davlatlarda hamon ishga solib kelmoqda. Bu mafkura G‘arbning manfaatiga xizmat qiluvchi o‘lchovlar, ko‘rsatma va shartlar doirasida musulmon jamoalarni hokimiyatga olib chiqishdan iborat. Masalan, Eronda Oyat Xumayniyni yurt ichkarisidagi shohga qarshi g‘arbparast jamoalar va ilmoniy harakatlar orqali hokimiyatga olib keldi. Sudanda ba’zi hukmdorlarni, Pokistonda Robitai Islomiya partiyasini hokimiyatga olib keldi. Erdoganni hokimiyat tepasiga chiqishiga ruxsat berib, NATOdagi harbiy tizim orqali u bilan siyosiy va iqtisodiy hamkorlik qildi. G‘arb bu harakatini siyosiy jamoalargagina cheklamadi, balki o‘zining shartlari va cheklovlari doirasida ba’zi jangovar jamoalarni ham hokimiyatga olib keldi. Masalan, Afg‘oniston Sovet Ittifoqi bosqinchiligidan ozod bo‘lgach, u erdagi ayrim afg‘on jamoalarining hokimiyatga chiqqani yoki Iroqda IShIDning Mosul hokimiyatiga chiqqani kabi. Shu kunlarda G‘arb Tolibon bilan ham o‘zining Arab Amirliklari, Turkiya va Pokistondagi malaylari orqali hamda BMT kabi xalqaro tashkiloti, hay’atlari, moliyaviy yordamlari va boshqalar orqali shunday qilishga urinyapti.

Bu yolg‘on mafkuraga aldangan Ummat ko‘plab sa’y-harakati, kuch-toqati, qoni va molini boy berdi. Misol uchun, Amerika Eronda uzoq yillar hukm surib, yurt ichkarisidagi turli siyosiy doiralarga o‘z ta’sirini singdirgan va Amerikaga osiylik qilgan shoh rejimini ag‘darishga muvaffaq bo‘ldi. Biz shohning samolyot bortida Eron bilan vidolashib, «Meni Amerika Erondan xuddi sichqonni qopqonidan chiqargani kabi chiqarib yubordi», deya hasrat ila aytgan so‘zlarini yaxshi eslaymiz.

Sudanda Amerika o‘zining mintaqadagi ittifoqchilari va ba’zi islomiy jamoalar yordamida Umar Bashir orqali siyosiy nufuzini mustahkamlashga, so‘ng shu Bashir va uning hukumati roziligi bilan Sudan janubini bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, Sudanning shimoli bilan janubi o‘rtasida uzoq yillar davom etgan urush bilan yurtning iqtisodiyotini parchaladi.

Amerika Pokistonda Robitai Islomiya partiyasi yordamida Evropa nufuzini hokimiyatdan chiqarib tashlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu holat Amerikaga Hindistondan va Hindistonda chuqur ildiz otgan Milliy Kongress partiyasidan Evropa nufuzini chiqarib tashlashda yordam berdi. Amerika Hindistondagi bu ishni Bxaratiya Janata partiyasi yordamida amalga oshirdi. U Pokistondagi hukmdorlardan va Robitai Islomiya partiyasidan Vaziriston mintaqasida yovuz urushlar keltirib chiqarishda foydalandi. Hatto Afg‘onistondagi bosqinchiligida ham shu partiyadan foydalandi.

Turkiyada Erdogan Amerikaning mintaqadagi ittifoqchilari bilan hamkorlikda Amerika siyosatiga xizmat qilmoqda. Uning bu xizmatlarini Turkiyadagi boshqa siyosiy doiralar ham, hatto ilmoniylar ham qila olmagan. Masalan, Shomdagi jangovar harakatlarni «tarbiya»lash bilan bu mustamlakachi davlatga juda katta xizmat qilib berdi. Haligacha Erdogan Bashar Asad rejimini mustahkamlash siyosatini amalga oshirish yo‘llarini izlamoqda. U Afg‘onistonni bosib olishda ham Amerikaga katta xizmatlar ko‘rsatdi. NATOning Afg‘onistondagi qo‘mondonlik missiyasini 2009 yilda Frantsiyadan qabul qilib olgan turk kuchlari ushbu musulmon yurtdagi urushda kofir kuchlar tarafida jang qildi. Bugungi kunda turk kuchlari Liviya kabi yurtlarda vahshiyona missiyalarni bajarish bilan mashg‘ul.

Roya gazetasining 2021 yil 13 oktyabr chorshanba kungi 360-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.