Hizb ut-Tahrirning yangi kitobi

147
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrirning yangi kitobi

Hizb ut-Tahrir «نقض الفكر الغربي الرأسمالي مبدأ وحضارة وثقافة» «Kapitalistik G‘arb mafkurasining buzuqligi… Mabda, hazorat va saqofat) nomli kitob nashr qildi. Kitobda uning hijriy 1443 yil safar, milodiy 2021 yil sentyabr oyida bosmaxonaga berilgani va Hizb ut-Tahrir nashralaridan hisoblanishi qayd etilgan. Kitobning boshlanishida kapitalistik G‘arb mafkurasining paydo bo‘lishi, mohiyati va buzuqligi haqida so‘z yuritiladi. So‘ng g‘arbcha fikrlash uslubining nosozligiga va kapitalistik G‘arb aqidasining buzuqligiga to‘xtalib o‘tilgan. Ya’ni, ilmoniylikning aqida, fikriy baza, fikriy etakchilik sifatida buzuqligi aytib o‘tilgan. Bundan tashqari, kitob G‘arbning kapitalistik mabdani tarqatish uslubi haqida so‘z yuritib, bu uslubning Islom nuqtai nazaridan buzuqligini, shuningdek, kapitalistik iqtisod nizomining mulk erkinligi (xususiy erkinlik) va ishlab chiqarish tushunchasi jihatidan buzuqligini bayon qilgan. Shundan so‘ng, Islomdagi iqtisod nizomiga taalluqli islomiy nuqtai nazar yoritib berilgan. Kitobda shuningdek, kapitalistik tuzumdagi iqtisodiy muammolar haqida so‘z yuritilib, G‘arb hazoratining eng muhim tushunchalari, masalan, individuallik g‘oyasi va erkinlik tushunchasining buzuqligi ochib berilgan.

Aziz o‘quvchilar ushbu kitobni quyidagi link orqali yuklab olishingiz mumkin:

https://www.hizb-ut-tahrir.info/ar/index.php/resources/hizb-resources/78050

Roya gazetasining 2021 yil 13 oktyabr chorshanba kungi 360-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.