Qirg‘izistonning “mustaqillik” kuni munosabati bilan

283
0

Qirg‘izistonning “mustaqillik” kuni munosabati bilan

 1991-yildan buyon 31-avgust Qirg‘izistonning mustaqillikka erishgan kuni sifatida nishonlab kelinadi. Aslida Qirg‘iziston haqiqatdan ham mustaqilmi? Mazkur savolga tarixiy hujjatlar  va ta’riflarga murojaat qilish orqali javob izlaymiz.

 Dastavval, mavzuga taalluqliligi jihatidan “mustaqillikning” 20-asrdagi tarixiga nazar tashlaymiz. Ikkinchi jahon urushidan beri “mustaqillik” (independence) atamasi mustamlakachilikdan qutulish ma’nosini anglata boshladi. Bu uning tashqi ma’nosi xolos. Aslida uning muallifi AQSh bo‘lib, boshqa mustamlakachi davlatlar mustamlakasini tortib olishga imkon beradi. “Atlantika xartiyasi” bu jarayonning dastlabki qadami hisoblanadi.

 Atlantika xartiyasi – aksilgitler ittifoqning asosiy dasturiy hujjataridan biri. Atlantika konferentsiyasida Britaniya bosh vaziri va AQSh prezidenti tomonidan qabul qilinib, 1941-yil 14-avgustda e’lon qilingan. 24-sentyabrda unga SSSR qo‘shildi. Ushbu xartiya ittifoqchilar 2-jahon urushida g‘olib chiqqanidan keyingi olamiy tartibni aniqlash uchun chiqarilgan. Biroq, bu vaqtda AQSh urushga kirmagan edi. Shundan so‘ng, aksilgitler koalitsiya sinonimi sifatida “Birlashgan Millatlar” (United Nations) atamasi ham qo‘llanilib, keyinchalik “Birlashgan Millatlar Tashkiloti” uchun asos bo‘ldi.

 Mazkur konferentsiyada AQSh ittifoqdoshlar tomonida urushga kirishi evaziga boshqa davlatlarning mustamlakasiga kirib borish yo‘llarini ochb qo‘yishni talab qildi. Bular rasmiy ravishda xartiya ustav hujjati boblarida belgilab qo‘yilgan. Masalan, ulardan ayrimlari quyidagilar:

 – Suveren huquqlari va o‘zini-o‘zi boshqarishi kuch bilan tortib olingan xalqlarning ushbu huquqlarini tiklash.  (Bu AQShning mustamlaka ostidagi mamlakatlarni “mustaqillik” shiori ostida eski mustamlakachiga qarshi qo‘zg‘atish va ularni qayta o‘zi mustamlaka qilib olishiga imkon yaratish demakdir).

 – Davlatning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan jahon savdosi va xom ashyolardan foydalanishda barcha davlatlarning erkin ishtiroki. (Bu boshqa davlatlarning mustamlakalaridan xom ashyolarini savdo nomi ostida tortib olishga yo‘l ochishni anglatadi).

 – Global iqtisodiy hamkorlik. ( Bu boshqa davlatlarning mustamlakasiga mustamlakachilikning iqtisodiy uslublari bilan kirib borishni bildiradi).

 Xartiyadagi ushbu maqsadlar urushdan keyin amalga oshirila boshlandi. Bu jarayonlar “dekolonizatsiya” deb nomlanadi. Dekolonizatsiya Hindistondan boshlandi deb aytish mumkin. U 1947-yili “mustaqillikka” erishdi. Aslida esa, AQSh bu o‘lkada “mustaqillik” qo‘zg‘olonlarini ko‘tara boshlaganda Britaniya Hindiston va Pokistonga sun’iy mustaqillik berdi, ammo ularni o‘z changalida ushlab qoldi. Bunday ko‘rinishlar keyinchalik ajralib chiqqan mamlakatlarda ham takrorlandi. (Hindistondagi AQSh-Britaniya kurashi bugungi kunga qadar davom etmoqda. Mamlakatdagi etakchi partiyalardan “Hindiston milliy kongressi” Britaniyaga, “Hindiston xalq partiyasi” esa Amerikaga malay. Pokistonni AQSh butunlay tortib olgan). 60-yillarga qadar dekolonizatsiya jarayoni asosan Osiyo davlatlarida sodir bo‘ldi.

 60-yillari “dekolonizatsiya” Birlashgan millatlar Tashkiloti tomonidan kuchli qo‘llab-quvvatlandi. BMT shu yili “mustamlaka ostidagi davlatlar va xalqlarga mustaqillik berish to‘g‘risida”gi deklaratsiyani qabul qildi. 1961- yili AQSh prezidenti va SSSR rahbari Xrushev Venada mustamlakalarni o‘zaro bo‘lishishga kelishib olishdi. Shundan so‘ng asosan Afrikada “mustaqillikka” erishishlar kuchayib ketdi.

 Yuqoridagilardan ma’lum bo‘lganidek, “ mustaqillik” kurashlari orqali AQSh va SSSR Britaniya va Frantsiyaning (boshqa kichikroq mustamlakachi davlatlarning ham) mustamlakalariga kirib borish uchun yo‘l ochib olishdi. O‘z navbatida eski mustamlakachilar koloniyalarida o‘z ta’sirlarini saqlab qolishga va yangi mustamlakachilarni kiritmaslikka harakat qildilar. Masalan, Britaniya o‘z mustamlakasi ostidagi mamlakatlarni “Millatlar hamkorligi” (Commonwealth of Nations) tashkiloti orqali ushlab qolishga harakat qildi (hozir AQSh bu davlatlarning ba’zilariga qisman kirib borgan bo‘lsa, ba’zilarini butunlay tortib olgan). Frantsiya esa “Frantsiya hamjamiyati” (Communauté française) tashkiloti vositasida harakat qildi. Shunday qilib ushbu mustamlakachilarning bunday mustamlaka talashishlari siyosiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy shartnomalar orqali amalga oshiriladigan bo‘lib qoldi. Bu ko‘rinish “neokolonializm” deb ataldi. Uning qurboniga aylangan davlatlar “rivojlanayotgan” yoki “uchinchi dunyo davlatlari” deb nomlandi.

 Shundan so‘ng AQSh va unga raqobatchi bo‘lgan SSSR o‘rtasida “sovuq urush” yoki “qonsiz urush” deb nomlangan kurash boshlandi. Bu kurashda SSSR mag‘lubiyatga uchradi va quladi. SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikalar sun’iy mustaqillikka erishdilar. Rossiya esa o‘z mustamlakalarini saqlab qolish uchun “Mustaqil davlatlar hamdo‘stiligi” (MDH) tashkilotini tuzdi. Biroq, bu bilan mustamlakalarini to‘lig‘icha o‘z changalida ushlab qola olmadi. Tobora ta’sir ko‘lami zaiflashib bordi. Shundan so‘ng harbiy jihatdan KXShT, iqtisodiy jihatdan EOII tashkilotlarin tashkil etdi. Uning mustamlakasi ostidagi respblikalar boshqa xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lishi va boshqa mustamlakachilarning kirib kelish yo‘llari ochilgani sababli uning ta’siri yanada kamaymoqda. 

 Boshqa ittifoqdosh respublikalar qatorida Qirg‘iziston ham sun’iy mustaqillik olgan va u hozir neokolonizatorlik yurishlari nishoniga aylandi Qirg‘izistonda eski mustamlakachi Rossiyaning ta’siri kuchli bo‘lgani bilan AQSh ichki ishlarimizga aralashishi mumkin bo‘lgan darajada kirib keldi. Uzongu-Kuushni olish orqali neokolonizatorlikni boshlagan Xitoy – bugunga kelib – eng asosiy qarz beruvchi, eng asosiy investor ko‘rinishida iqtisodiy ekspansiyasini kengaytirmoqda.

 Demak, 31-avgust Qirg‘iziston xalqi uchun mustaqillik kuni emas, balki neokolonizatorlik kunidir.

 Shu sababli, yuqoridagilarni esga solish orqali Qirg‘iziston xalqiga murojaat qilmoqdamiz:

 Ey Qirg‘iziston xalqi, biz musulmonlarmiz. Bizning mustamlakachilardan qutulish yo‘limiz – Islom dinimizda. Shuning uchun barchamiz birgalikda Islomni o‘rganaylik va unga amal qilishga shoshilaylik.

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.