بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Falastin tashqi ishlar vazirligi yahudiy vujudini qoralab, xorlik va xoinlikni hamda uni davlat sifatida qat’iy tan olishni ifodalagan bayonot chiqardi!
Falastin tashqi ishlar vazirligi yahudiy vujudining Falastin erlarini bosib olish, uy-joy va inshootlarni buzishda davom etayotganini qoraladi. Shuningdek, yahudiy vujudining yangi hukumati ham eski hukumatning davomchisi ekanini, yangi bosh vazirning ham ikki davlat echimi asosida tinchlikka erishish imkoniyatlarini yo‘qqa chiqarishda avvalgi bosh vazir yo‘lidan ketayotganini ta’kidladi.
Buning muqobili o‘laroq, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi matbuot izohi chiqarib, quyidagilarni ta’kidladi:
«Falastin rejimi tashqi ishlar vazirligining bu qoralovi rejimning xor va xoinligini ko‘rsatadi. Bu qoralovlar xalqaro siyosiy atamalar doirasida bo‘lmoqda! Bu atamalar mustamlakachilar tomonidan yahudiy vujudini himoya qilish uchun joriy qilingan. Shuningdek, bu atamalar yahudiy vujudining yurtimizdagi bosqinchiligini ta’minlash va tayanchlarini mustahkamlash uchun xalqaro qonunlarda ruxsat berilgan chegarada belgilangan.
Rejimning ikki davlat echimiga chaqirishi va yahudiylarning G‘arbiy sohilda uy-joy qurishlariga qarshi chiqishi faqat bitta ma’noni, ya’ni Falastinning boshqa erlarini ham qo‘sh qo‘llab topshirishni anglatadi. Tashqi ishlar vazirligining bu bayonoti tiz cho‘kib yalinish, rasvolarcha xorlanish va ta’riflab bo‘lmaydigan darajada xiyonat qilishni anglatadi! Zotan, muborak Falastin zamini masalasi Islom Ummatining ko‘hna masalasidir. Zero, Ummat bu zaminni salibchilar urushi zamonida ham, mo‘g‘ullar bosqini zamonida ham ozod etgan. Shunday ekan, Allohning izni ila, uni yana ozod etajak albatta».
Izoh so‘nggida bunday deyildi:
«Har bir xolis va qodir musulmon uchun Allohning amrini qabul qilgan holda ushbu muborak zaminni ozod etish sari harakatga kelib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali Ummatni sobiq azizligiga va ulug‘ligiga qaytarmog‘i vaqti keldi. Ushbu davlatning qomusida yurtlarimizdagi bosqinchi va mustamlakachilarga nisbatan «qoralash», degan narsa bo‘lmaydi. Balki Xalifalik davlati bosqinchi va mustamlakachilarni supurib tashlash sari armiyalarni harakatga keltirish, nusrat quchish va Ummat energiyasini safarbar qilishdan boshqa narsani qo‘llamaydi.
Roya gazetasining 2021 yil 11 avgust chorshanba kungi 351-sonidan