Kapitalizm mevalaridan: AstraZeneca vaktsinasi savdosi olti oyda milliard dollardan oshib ketdi

297
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kapitalizm mevalaridan: AstraZeneca vaktsinasi savdosi olti oyda milliard dollardan oshib ketdi

Anadolu axborot agentligi veb-sayti (hijriy 1442 yil 19 zul-hijja, milodiy 2021 yil 29 iyul payshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«AstraZeneca – Britan-Shved farmatsevtik kompaniyasining payshanba kuni qilgan ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida 1 milliard 169 million vaktsina sotilgan.

Kampaniya chiqargan bayonotda aytilishicha, u 2021 yilning birinchi olti oyida hammasi bo‘lib 15 milliard 540 million dollar daromad olgan va bu o‘tgan yilgiga nisbatan 23 foiz ko‘p.

«Koronavirus vaktsinasidan tashqari, daromad esa 2021 yilning birinchi yarmida 14 milliard 371 million dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu vaqtiga nisbatan 14 foizga ko‘p hisoblanadi», deyiladi bayonotda.

Kompaniyaning qo‘shimcha qilishicha, «yilning birinchi yarmida 319 million doza, shu jumladan, Evropa bozorlariga 572 million dollarlik, rivojlanayotgan bozorlarga 455 million dollarlik doza etkazib berilgan».

Bayonotda AstraZeneca kompaniyasi ijroiy raisi Paskalь Sorioning – biz ishlab chiqargan koronavirusga qarshi vaktsinamiz bilan katta yutuqlarga erishdik. Shu kungacha 170dan ziyod davlatga vaktsina etkazib berdik, degan so‘zlari keltirilgan.

Roya gazetasining 2021 yil 11 avgust chorshanba kungi 351-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.