JSST Qirg‘izistondagi emalash jarayonidan tashvishda

116
0

JSST Qirg‘izistondagi emalash jarayonidan tashvishda

 Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Bishkekdagi idorasi rahbari Nazira Artikova Qirg‘izistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoni sust ketayotganini ma’lum qildi.

 Shuningdek, u aprelda Qirg‘izistonda COVID-19 virusining alьfa, beta variantlari topilganini aytdi.

 “JSSTning maqsadi – sentyabr oyigacha dunyo aholisining 10%, yil oxirigacha 40%, kelasi yili 70%ni emlash. Biz pandemiyani faqat shu orqali engishimiz mumkin”, – dedi Artikova.

 Qirg‘izistonda COVID-19 virusiga qarshi emlash jarayoni mart oyida boshlangan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, emlanganlarning umumiy soni 900 mingdan oshdi. Hozir Qirg‘izistonda Xitoyning “Sinopharm”, Rossiyaning “Sputnik V” va “COVAX” dasturi doirasida kelgan Evropaning “AstraZeneca” vaktsinasi bilan emlash davom etmoqda.

 Izoh: Avval ham aytib o‘tganimizdek, koronavirus pandemiyasini mustamlakachi kapitalistlar bir tomondan qo‘shimcha daromad manbasi qilib olishgan bo‘lsa, boshqa tomondan odamlar ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish quroliga aylantirib olishdi. Shu pandemiya bahonasida ular o‘zlari da’vo qiladigan – insonlarni “erkin harakatlanish huquqi”ni paymol qilib, odamlar xohlamasalarda virusga qarshi vaktsina olishga majbur qilishmoqda. Ular asta sekinlk bilan virusga qarshi emalanishi istmaganlarni yoki vaktsina samaradorligiga shubha qilganlarni erkin harakatlanish va jamoat joylarida bo‘lishini cheklab borishmoqda. Mustamlakachi davlatlarning bu siyosatlarini amalga oshirishlarida bizdagi mahalliy hukumatlar astoydil “dastyorlik” qilib berishmoqda. Iyulda Checheniston hukumati koronavirusga qarshi emlanmagan odamlarning masjid va do‘konlarga borishi, shuningdek, jamoat transportidan foydalanishini taqiqlagan edi.

 O‘zbekiston hukumati 2021 yil 13 avgustdan e’tiboran, masjidlarning barcha ishchi va xodimlari koronavirusga qarshi vaktsinaning kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan masjidlarda juma namozini o‘tkazishga ruxsat berish va masjidlarga juma namozini o‘qish uchun koronavirusga qarshi vaktsina bilan emlangani to‘g‘risidagi QR-kodi yoki sertifikati mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shunday talablar orqali hukumatlar, garchi, odamlar ishonmasada ularga emlanishdan boshqa chora qoldirmayapti. QR-kodini joriy etish esa odamlarning har bir bosgan qadamini nazorat qilish imkonini beradi.

 Bizda emlash jarayoni sust ketayotganiga bir qancha odamlar emlanganidan so‘ng vafot etgani, Ola-Buqada vaktsina olgan harbiylarning yarmidan ko‘pi kasalxonaga tushib qolgani sabab bo‘lmoqda. Rasmiy hukumatlar esa fuqarolaridagi shubha va gumonlarni bartaraf etishga harakat qilish o‘rniga turli xil cheklovlar va taqiqlr orqali odamlarni vaktsina olishga majbur qilmoqda. Odamlardagi shubhalarni bartaraf etish uchun vaktsina tarkibini o‘rganib chiqish, uning tarkibida inson salomatligi yoki hayoti uchun xatarli qo‘shimchalar yo‘qligini aniqlash kerak bo‘ladi. Ammo bizda g‘arb davlatlari kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan vaktsinalarni tekshiruvdan o‘tkazadigan laboratoriyalar yo‘q, bo‘lgan taqdirda ham va ularni tekshirish huquqiga ega emasmiz. Qolaversa, JSST BMT orqali dunyoga hukmronlik qilayotgan mustamlakachi kofirlar qo‘lidagi qurol ekanligi uning xalq sog‘ligi uchun chinakam g‘amxo‘rligini savol ostida qoldiradi va uning harakatlariga shubha paydo qiladi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.