Ola-Buqada askarlar “AstraZeneca”dan zararlanishganidan keyin ham shu vaktsinani qo‘llash davom etmoqda

516
0

Ola-Buqada askarlar “AstraZeneca”dan zararlanishganidan keyin ham shu vaktsinani qo‘llash davom etmoqda 

 5-avgust kuni kechga yaqin Ola-Buqa tuman shifoxonasiga 58 nafar askar tana harorati ko‘tarilgani sababli yotqizilgan.

 Harbiy bo‘linmada 90dan oshiq xizmatchi COVID-19ga qarshi “AstraZeneca” vaktsinasi bilan emlangan, ulardan 58 nafari kasalxonaga tushgan.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vazirligi esa askarlarning bu holatini inson organizmini vaktsinaga reaktsiyasi sifatida baholadi. Bunga askarlarning qo‘rqqani ham sabab bo‘lganini bildirdi.

 Ayni vaqtda respublikaning barcha hududlarida “Sputnik-V”, “Sinopharm” va “AstraZeneca” bilan emlash davom etmoqda. Avvalroq, vaktsina olganidan so‘ng vafot etgan fuqaroning qizi  qilgan murojaat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan edi.

 Ma’lumki, vaktsina olamiy kapitalistlar uchun yana bir daromad manbaiga aylanib qoldi. Chunki, biz yashayotgan kapitalistik tuzumning o‘lchovi foydaga asoslangan. Shu sababli, dunyo liderlaridan tortib mahalliy hukumatlarga qadar barchasi emlash jarayonini reklama qilib, ommaviy axborot vositalarini ishga solishmoqda. Aslida, ushbu vaktsinalar koronavirusning 2019-yilgi shtammiga qarshi ishlab chiqarilgan. Hozir butun dunyo bo‘ylab tarqalayotgan viruslar esa mutatsiyaga uchragandan keyingisi, ya’ni bu vaktsinalar mutatsiyaga uchragan virusni aniqlay olmaydi. Shunga qaramay ochko‘z kapitalistlar dunyo aholisini o‘z vaktsinalari bozoriga aylantirib oldilar. Masalan, dastlab Qirg‘iziston vaktsinani Rossiyadan sotib olishni boshladi. Ammo Qirg‘izistonning xarid imkoniyati zaifroq bo‘lgani sababli Qirg‘iziston “xalq bozorini” Xitoy vaktsinalari egallay boshladi. Hozir Qirg‘iziston hukumati Xitoydan olgan 2,5 million doza vaktsinadan foydalanmoqda. Shu sababli prezidentning o‘zi ham Xitoy vaktsinasi bilan emlanib, reklama qilib berdi. Xitoy esa Qirg‘iziston bilan muomilalar to‘liq yo‘lga qo‘yilishi uchun aholining 70% emlanishini talab qilmoqda.

 Koronavirus bahonasida xitoylik kapitalistlar ham ulkan foydaga ega bo‘lishmoqda. Masalan, “The People’s Vaccine Alliance” harakati hisobotida keltirilishicha, koronavirusga qarshi vaktsina ishlab chiqargan farmatsevtika kompaniyalar daromadi sababli dunyoda to‘qqizta yangi milliarder paydo bo‘lgan. Ushbu yangi millarderlar safida Xitoyning “CanSino Biologics” kompaniyasining uch nafar ta’sischisi, Amerikaning “Moderna” kompaniyasining to‘rt vakili, “BioNTech” kompaniyasi rahbari va ispaniyalik “Rovi” farmatsevtika kompaniyasining bosh direktori kirtilgan. Bu milliarderlarning umumiy boyligi 19,3 milliard dollarga etgan.

 Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda Qirg‘izistonga kabi zaif mamlakatlar Xitoy, Rossiya va AQSh mustamlakachilarining sinov maydoniga, daromad keltiruvchi bozoriga aylanib qoldi. Hatto, ular pandemiya bahonasida daromad olish uchun ushbu bozorlarni talashuvchisi ham bo‘lib qolishdi.

Mumtoz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.