Vaktsinatsiya: qat’iy nazorat

526
0

Vaktsinatsiya: qat’iy nazorat

 Ochko‘z mustamlakachi-kapitalistlar pendemiyadan ham o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib qolishga harakat qilishmoqda. Bu manfaatlardan biri – dunyo xalqlari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, ya’ni har bir odamning bosgan har bir qadamidan xabardor bo‘lib turishdan iborat. Bu kapitalistlar dunyo boyliklariga ega bo‘lishgach olamiy boshqaruvni ham bosib olishdi. Endi ularning bu tuzumiga qarshi chiqqan har bir qadamni nazorat qilib turish uchun har xil uslublardan foydalanishmoqda. Biometrik pasport, “xavfsiz shahar” kabi loyihalar mana shu uslublar jumlasiga kiradi (bu o‘rinda ularning ikkinchi darajali qulayliklariga emas, balki asosiy maqsadlariga e’tibor qaratilmoqda).

 Kovidga qarshi emlash boshlangan vaqtda antiglobalistlar “vaktsinaga chip qo‘shib yuboriladi” deb chiqishdi. Biroq, ularning bu so‘zi haqiqatdan uzoqroq bo‘lgani sababli globalistlar ularni yolg‘onchiga chiqarishdi. Ammo shu bilan bir vaqtda, globalistlar chip vazifasini o‘tay oladigan boshqa bir usulni qo‘llashmoqda. Aksar odamlar esa bundan bexabar qolishmoqda. Ushbu uslub hozirgi vaktsinaga bog‘liq joriy qilinayotgan “QR kod”idir.

 Hozir Frantsiyada mazkur uslub qonuniylashtirilib, joriy qilina boshlandi. U “yashil ruxsatnoma” deb nomlanadi. Unga muvofiq, bunday pasporti yo‘qlar savdo tarmoqlari, oshxona,  kinoteatrlar, transport va boshqa jamoat joylariga kira olmaydi. Kirish uchun fuqarolarning android telefonlarida emlanganligi to‘g‘risida QR kod ilovasi bo‘lishi shart. Frantsiyada yuz minglab odamlarning norozilik aktsiyalariga qaramay bu qonun qabul qilindi. Ma’lumki, pandemiyadan oldin ham bu mamlakat aholisida kapitalizmdan nafratlanish kuchli edi. Minglab “sariq nimchaliklar” har hafta norozilik namoyishiga chiqishardi. Ular pandemiya cheklovlari orqali to‘xtatildi. Endilikda bu kabi noroziliklar vaktsina kodi orqali nazorat qilinib, ularning oldini olishmoqchi. Rossiyada esa hozir QR kod usuli vaqtinchalik to‘xtatildi. Chunki, kuzda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Xalqni norozi qilmay turish kerak. Ma’lumki, Rossiyada ham xalq noroziligi muholifatni qo‘llab-quvvatlash sari bormoqda. Saylovdan keyin hukumat bu ishga jon-jahdi bilan kirishadi.

 Mustamlakachi davlatlar o‘z mustamlakasi ostidagi davlatlar aholisi ustidan nazoratni ham xuddi shu usul bilan kuchaytirmoqchi. Masalan, Rossiyada kovid kodidan oldin ham mehnat muhojirlari uchun migratsion QR kodini joriy etish to‘g‘risida qonun taklif qilingan edi. Endi vaktsinaniki “o‘lganni ustiga tepgan”dek bo‘ladi. Shuningdek, faqat Islom tuzumigina dunyodagi kapitalistik tuzumni qulatishga qodirligi aniq bo‘lib qoldi. Shu sababli kofir kapitalistlarga musulmonlar ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish zarur bo‘lmoqda. Bu ekstremizm va terrorizm bahonasi bilan amalga oshirilmoqda. Endilikda ular QR kodi orqali har bir “ekstremist” yoki “terrorist”ning biror bir qadami e’tibordan chetda qolmasligiga umid qilishmoqda. Kim qaysi masjidga nechi marta bordi, da’vat qilyaptimi, kimlarga…

 Shuning uchun ham Rossiya o‘z davlatidan tashqari EOII hududida “kovidsiz sayohat” dasturini joriy qilishni ko‘zlamoqda.

 Bu nazorat qanday amalga oshiriladi? Siz telefonizga vaktsina olganlik to‘g‘risida QR kod ilovasini yuklaysiz. Magazinga borsangiz ham, masjidga kirsangiz ham, kafega borsangiz ham – barcha erda kodni aniqlovchi moslama bo‘ladi. Shunday qilib, sizni qaerda ekanligingiz ma’lum bo‘lib turadi. Masalan, metroga kirishda kod bilan kirasiz, avtobusga chiqsangiz ham kod bilan chiqasiz…  Chalg‘itish uchun telefonni almashtirishingiz ham sizga foyda bermaydi. Chunki, yagona elektron axborot tizimi siz qaysi telefonda kodni tekshirganingizni ko‘rsatadi va yangi telefonni ham kuzatish boshlanadi. Ma’lumki, agar telefon aniqlangan bo‘lsa, zarurat bo‘lgan vaqtda ayg‘oqchilar telefonni sim kartasiz ham tinglashi, kamerasi orqali videoga olishi ham mumkin. Qisqasi, hech bir harakatingiz mahfiy qolmaydi. Demak, bu chipning vazifasini bajaradi.

 Ushbu mustamlakachilarning mintaqadagi malaylari ham xo‘jayinlariga qadamma qadam ergashishadi. Ular ham o‘z mamlakatlaridagi raqiblarini nazorat qilishga va Islomga qarshi kurash doirasida musulmonlarning harakatlarini to‘liq nazorat qilishga harakat qilishadi.

 Hozir Qirg‘izistonda joriy qilingan “Den sooluk” ilovasini ishga tushirilishi yuqorida aytib o‘tilgan nazorat o‘rnatish yo‘lidagi dastlabki qadamdir.

 Albatta, QR kod usuli mustamlakachilar tomonidan g‘amxo‘rlik, insonparvarlik kabi chiroyli so‘zlar bilan bezatilgan. Ularning mahalliy malaylari esa bilib-bilmay bu so‘zlarni to‘tiqush kabi qaytarishmoqda yoki qaytarishga majburlanishmoqda. Masalan, bizdagi hokimiyat vakillari avval akonit bilan davolanish haqida aytishgan bo‘lsa, endi esa og‘zilaridan vaktsina tushmay qoldi…

 Oxir-oqibat, bu usul ham zaif odamlarning bir hiylasi bo‘lib chiqadi va bu uning mualliflarining o‘z boshlariga musht bo‘lib tegadi, in sha Alloh.

 Bor kuch-quvvat yolg‘iz Allohga xos va Unga teng keladigan kuch yo‘qdir

 Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.