Bugungi kunda musulmonlar yashayotgan voqe’lik

504
0

Bugungi kunda musulmonlar yashayotgan voqe’lik

Narsa yoki xatti-harakat bo‘lishidan qat’iy nazar, har qanday voqe’ning shar’iy hukmini bilish, dastlab, o‘sha voqe’ni o‘ta teran anglab etishni talab etadi. Bu hukmning manotini aniqlab olish – deyiladi. So‘ngra ushbu voqe’ga aloqador shar’iy nasslarni bilishni, hamda ushbu voqe’ga mos shar’iy hukmni istinbot qilish uchun o‘sha nasslarning lafzlari dalolat qilgan madlulotlarni bilishni talab etadi. Ya’ni, o‘sha nasslarning lafzlari anglatayotgan ma’nolarni yaxshilab tushinib olishni taqazo etadi. Shunga ko‘ra, Islomiy hayotni qayta boshlash Tariqatiga aloqador shar’iy ahkomlarni bilishdan avval hozirda musulmonlar yashayotgan va bizlar uni Islomiy hayotga aylantirmoqchi bo‘lgan bugungi hayotni, ya’ni, hukm manotini aniqlab olish lozim.

Musulmon faqihlari aholisi islomiy hayot kechiradigan  yurtni Dorul islom – deb ataganlar. Ularga ko‘ra, Dorul islom aqiyda va hayot nizomi sifatida fe’lan mavjud bo‘lgan yurtdir. Bu yurtning maydoni Madinai-Munavvara kabi kichkina bo‘lishi yoki Usmoniylar davridagi kabi bepoyon bo‘lishi ahamiyatga molik emas. Dorul islom degan bu yurtda hayotning barcha sohalarida, ichki va tashqi ishlarning barchasida Islom ahkomlari ra’iyatga to‘la tatbiq etilgandagina Islom amalda namoyon bo‘ladi. Shunda insonlarning bir-birlari bilan bo‘lgan aloqalari – insonni Robbisiga, o‘ziga va o‘zidan boshqalarga bo‘lgan aloqasini tartiblagan Islom nizomi bilan yuritiladi. Islomni ham ichkarida va ham tashqarida, ya’ni ichki va tashqi siyosatda Islomni to‘la tatbiq etish bo‘lgan bu ish, shu yurtning xavfsizligi ichkida ham, tashqarida ham musulmonlar qo‘l ostida bo‘lsagina amalga oshadi.

Ichki xavfsizlik – ra’iyatning har bir shaxsi dinining, molu-jonining va obro‘sining xavfsizliklariga musulmonlarning kuchi  va Xalifa boshchiligidagi kuch tizimlari soyasida kafolatlanishi – deganidir.  Tashqi xavfsizlik esa,  Dorul islom xududlari va undagi fuqarolar aynan musulmonlarning saltanati va kuchi bilan ximoya qilinishidir, boshqalar kuchi bilan emas. Aksincha, agar musulmonlarning qudrati va saltanati bo‘lmasa, davlat ichida Islomni tatbiq qilish va uni xorijga olib chiqishni qanday tasavvur qilish mumkin?!.  Shuning uchun Islom ummati o‘zining kuchi va saltanati bilan Xalifa saylaylab, Alloh nozil qilgan Kitob va Sunnat bilan hukm yuritishi asosida unga bay’at beradilar. Mana shu asosda uni muhosaba qiladi. Davlat kiyoniga-vujudiga va uning mabda’siga qarshi chiqqan isyonchilarga qarshi xalifa bilan bir safda turib kurashadi. Xalifa bilan birga Islomni boshqa xalq va ummatlarga etkazadilar. Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – aytdilar;

إنما الإمام جنة يقاتل من ورائه و يتقي به

“Albatta imom-xalifa bir qalqonki, shu qalqon ortida jihod qilinadi va shu qalqon bilan himoyalaniladi”. Buxoriy va Muslim rivoyati. Usmon – roziyallohu anhu – dan kelgan xabarda aytiladi; “Albatta Alloh Qur’on bilan tiymagan narsani Sulton bilan tiyadi”.

Shunga ko‘ra, Dor faqat ikki ish bilangina Dorul Islom bo‘ladi; birinchisi,  ushbu dor va undagi aholi ichki va tashqi siyosatda hayotning barcha sohalarida faqat  Islom ahkomlariga bo‘ysunishari lozim. Ikkinchisi, ushbu dor va undagi aholining ichki va tashqi xavfsizligi faqat musulmonlarning qo‘l ostida bo‘lishi lozim. Agar ushbu ikki shartning birortasi yo‘qotilsa, bu Dorul islom emas, balki aholisining xammasi musulmon bo‘lsalar ham Dorul kufr bo‘ladi.

Dorning bu sifati shar’iy dalillardan olingan. Alloh Taolo aytadi; 

وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَىٰ لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّن بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْنًا

Alloh taolo sizlardan iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kishilarni o‘zlaridan oldingilarni xalifa qilgani kabi, albatta er yuzida xalifa etajagiga va ular uchun O‘zi rozi bo‘lgan dinlariga imkon yaratib berishga hamda ularning ahvollarini xavf-xatarlaridan keyin albatta, tinchlik-osoyishtalikka almashtirajagini va’da berdi”. [Nur surasi 55]. Ushbu oyati karimadagi “dinlariga imkon yaratib berish  va xavf xatarlaridan keyingi tinchlik osoyishtalik”  iborasi “erda xalifa qilish” iborasiga atf qilingandir.  Bu xosni ommga atf qilish(umumiy aytilgan narsani ba’zi asosiy bo‘laklarini ham qo‘shib aytish) bobiga kiradi. Zero, iymon keltirgan va solih amallar qilgan kishilarni er yuzida xalifa qilinganda, albatta, ular Islom bilan hukm yuritadilar. Tinchlik va osoyishtalik, ya’ni, xavfsizlikning mavjudligi, dinga imkon yaratib berish ya’ni,  dinni tatbiq etishning mavjudligi mana shu – er yuzida xalifa qilishning shartlaridandir.  Mana shu ikki ish -xavfsizlikning mavjudligi va dinni to‘la tatbiq etish – dorning Dorul islom bo‘lishi uchun lozim bo‘lgan shartlardandir. Bunga “ibn Hishomning siyratida kelgan “Vasiqa”dagi xabari dalil bo‘ladi; Unda Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – bir tomondan musulmonlar orasida, ikkinchi tomondan Madinaning atrofida yashovchi mushriklar va yahudiylar orasida amr qilgan ushbu Vasiqada aytiladi;

وأنه ما كان بين أهل هذه الصحيفة من حدث أو اشتجار يخاف فساده

فإن مرده إلى الله وإلى محمد رسول الله (صلى الله عليه وسلم

“Ushbu sahifa ahli orasida hadas (yangi ish)ning yoki fasodidan qo‘rqiladigan har qanday talashib tortishiladigan narsaning qaytar joyi Alloh taolo va Muhammad – sollallohu alayhi vasallam – dir”.  Demak, ushbu dorda hukm faqat Islomniki bo‘ladi. “Sahifa”da yana shunday so‘zlar keladi;

 “Quraysh va ularga yordam berganlar bilan tijorat qilinmaydi. Ushbu sahifa ahli orasida Madinaga hujum qilganlarga qarshi o‘zaro yordam beriladi”.

Yasrib-Madinaning xavfsizligi musulmonlarning va Islom hukmiga bo‘ysunganlarning qo‘l ostida bo‘ladi. Makhuldan rivoyat qilinadi,  u aytadi;

ما قسم رسول الله صلي الله عليه و سلم الغنائم إلا في دار الإسلام

“Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – g‘animat va o‘ljalarni faqat Dorul islomda taqsim qilardilar”. Ushbu rivoyatdan ham ma’lum bo‘ladiki, dor ikki hil bo‘ladi: dorul islom va dorul kufr. Muslim va Termiziy rivoyat qilgan yana boshqa hadisda shunday deyiladi;

…  ثمَّ ادعُهُم إلى التَّحوُّلِ من دارِهم إلى دارِ المُهاجرينَ وأخبِرهُم إن فعلوا ذلِكَ أنَّ لَهم ما للمُهاجرينَ وأنَّ عليهِم ما على المُهاجرينَ وإن أبوا فأخبِرهم أنَّهم يَكونونَ كأعرابِ المسلمينَ يجري عليهم حُكمُ اللَّهِ الَّذي يجري على المؤمنينَ ولا يَكونُ لَهم في الفَيءِ والغنيمةِ شيءٌ إلَّا أن يجاهدوا معَ المسلمينَ…

“……  So‘ngra ularni o‘z dorlaridan muhojirlarning dorlariga o‘tishga chaqiring va ularga xabar beringki, ular agar shuni qilsalar, ular uchun muhojirlar uchun bo‘lgan haqlar hamda muhojirlar zimmasida bo‘lgan vojibotlar bo‘ladi. Agar Dorul islomga o‘tishdan bosh tortsalar,  ularga xabar beringki, ular musulmon a’robiylariga o‘xshagan bo‘ladi. Ularga mo‘’minlarga joriy bo‘ladigan  Allohning hukm joriy qilinadi. Ularga g‘anima va o‘ljalardan xech narsa berilmaydi. Magar,  musulmonlar bilan birgalikda jihod qilsalar, ularga ham g‘animadan beriladi”.  Bu degani, agar ular Dorul islomga o‘tishmasa, Dorul islomda musulmonlarga qo‘llaniladigan hukmdan va ularga beriladigan xavfsizlikdan ular mahrum bo‘ladilar. Ularga Islom tatbiq etilmaydi. Ularni ximoyasi uchun jangga kirilmaydi. Magar, agar ular musulmonlar bilan sulhda bo‘lmagan qandaydir bir qavmga qarshi davlatdan yordam so‘rasalar, davlat ularga yordam ko‘rsatishi mumkin.

Demak, dor o‘zining zoti va aholisining e’tibori bilan islomiy, deb sifatlanmaydi. Balki, dorning dor, deb sifatlanishi uchun uning hukm nizomi va xavfsizligi e’tiborga olinadi. Chunki, bu ikki asos: hukm va xavfsizlik Islomni hayot nizomi sifatida gavdalantiradi. Bu hol islomiy fathlarda yuz bergan. Fath qilingan shahar va uning aholisi Islom hukmiga va musulmonlarning xavfsizligiga bo‘ysunishlarining o‘zi ularning yurtlari, garchi o‘z dinlarida qolsalar ham Dorul islomning bir bo‘lagiga aylanganligiga ishorat qiladi. Xuddi shuning aksi o‘laroq, agar kofirlar Dorul islomdan biror shaharni bosib olsalar, garchi aholisi musulmonligicha qolsalar ham, ayrim Islom ahkomlarini mahkam ushlagan bo‘lsalar ha, bu yurtlardagi hukm va xavfsizlik musulmonlarning etakchiligidan ketib, kofirlarning qo‘l ostiga o‘tganligi uchun ularning yurtlari dorul kufrga aylanadi.

Dorning mana shu shar’iy sifatiga ko‘ra, bugungi kunda barcha musulmon yurtlarining voqe’si dorul kufrdir. Chunki bu yurtlardagi xavfsizlik zotiy emas, xorijiydir. Hamda bu yurtlar Islom bilan hukm yuritmaydilar. “Bizlar mustaqilmiz”, “Bizda Islom ahkomlarining ba’zilari tatbiq etiladi”, “Davlatimiz dini Islomdir” yoki “Islom qonunchiligimizning asosiy manbayidir”, degan so‘zlarning hech qanday e’tibori yo‘qdir. E’tibor xavfsizlik va hayotning barcha sohalarda Islomni hakam qilishdadir. Qachonki Islom aqiydasi davlatdagi barcha fikrlar, tushunchalar va nizomlar uchun yagona asos bo‘larkan, dor shundagina islomiy bo‘ladi. Shunda davlatdagi barcha narsa – xoh ichki siyosatda bo‘lsin, xoh tashqi siyosatda bo‘lsin – Islom aqiydasidan kelib chiqadi yoki Islom aqiydasi asosiga quriladi. Shuning uchun Dorul islomda hokim ya’ni davlat raxbari Islom aqiydasidan kelib chiqmaydigan, ya’ni Qur’on va Sunnatdan yoki Qur’on va Hadis yo‘llab qo‘ygan qiyos va ijmoi-sahobadan olingan shar’iy dalilga asoslanmagan xatto bir dona hukmni ham tabanniy qilishi yoki ijro qilishi mumkin emas. Negaki, Islom davlati Islom olib kelgan tushunchalar, miqyoslar va qanoatlar to‘plamini ijro qiluvchi organdir. Islom davlatidagi xamma narsa – xoh u hokim va ra’iyyat sulukini tartiblovchi tushunchalardan bo‘lsin, xoh halol-harom, chiroyli-xunuk, yaxshi-yomon kabi miqyoslar bo‘lsin yoki musulmonlar qanoat qilayotgan aqida masalalari bo‘lsin – bularning barchasi Islom aqiydasidan kelib chiqadi yoki Islom aqiydasi asosiga quriladi. Alloh taolo aytadi; 

وَأَنِ احْكُم بَيْنَهُم بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَاءَهُمْ

وَاحْذَرْهُمْ أَن يَفْتِنُوكَ عَن بَعْضِ مَا أَنزَلَ اللَّهُ إِلَيْكَ

“Ularning orasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuriting va ularning xohsh-havolariga ergashmang. Ularni Alloh sizga nozil qilgan narsalarning ayrimlaridan bo‘lsa ham sizni fitnalab, burib qo‘yishlaridan ularni ogohlantiring”. [Moida surasi. 49].

Alloh taolo marhamat qiladi:

وَمَن يَبْتَغِ غَيْرَ الْإِسْلَامِ دِينًا فَلَن يُقْبَلَ مِنْهُ وَهُوَ فِي الْآخِرَةِ مِنَ الْخَاسِرِينَ

“Kimki Islomdan boshqani din deb xohlasa, undan bu ishi hargiz qabul qilinmas va Oxiratda ziyon ko‘rguvchilardan bo‘lur”. [Oli Imron surasi. 85]. Quyidagi oyatda:

وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْكَافِرُونَ

“Kim Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuritmasa, ana ular kofirdirlar”. [Moida surasi. 44]. Yana birida:

…فَأُولَٰئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ

“… ana ular zolimdirlar”. [Moida surasi. 45]. Uchunchisida:

…فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ

“…ana ular fosiqdirlar”. [Moida surasi. 47]. Demak, etakchilik Dorul islomda xalqniki yoki parlamentdagi ko‘pchilik ovozniki, hakamniki, oqilniki yoki vaz’iy nizomniki emas, u xoh xalqaro, xoh maxalliy bo‘lsin, odamlar xoh rozi bo‘lsin, xoh norozi bo‘lsin, faqat shari’atnikidir. Ushbu dorda bo‘ysunish faqat shari’atga bo‘ladi. Modomiki, hokim mana shu islomiy shari’atni ijro qilar ekan ra’iyat unga quloq osishi va itoat etishi vojib bo‘ladi. Aks holda, ra’iyat unga quloq ham solmaydi, itoat ham etmaydi. Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam aytadilar;

السمع والطاعة على المرء المسلم فيما أحب وكره، ما لم يؤمر بمعصية، فإذا أُمِر بمعصية فلا سمع ولا طاعة

 Musulmon kishi o‘zi yaxshi ko‘rgan narsada ham, yomon ko‘rgan narsada ham – modomiki ma’siyatga buyurilmasa – quloq osishi va itoat etishi vojib bo‘ladi. Agar ma’siyatga buyurilsa, unda quloq solish ham yo‘q, itoat etish ham yo‘q”. Buxoriy va Muslim rivoyati.

Har qanday dordagi hayot o‘sha dorga tobe’dir. Shuning uchun dorul kufrdagi hayot garchi ba’zi shaxslari Islom ahkomlarini maxkam ushlagan bo‘lsalar ham g‘ayri islomiy hayotdir. Chunki, islomiy hayot insonlar o‘zlariga, Robbilariga, va boshqa insonlarga bo‘lgan aloqalarini Islom nizomi bilan tartiblashtiradigan hayotdir.

Bunday hayotni ro‘yobga chiqarish faqatgina Dorul islomda amalga oshadi.  Xalifalik davlatini barpo etish orqali Islom hayotini qaytadan boshlashga xarakat qilayotgan da’vatchilar, musulmonlar yashayotgan bugungi voqe’ning dorul kufr ekanligini, ular yashayotgan hayot islomiy emasligini, aks holda ularga islom hayotini qaytadan boshlashga da’vat qilish ham, buning uchun xarakat qilish ham ularga vojib bo‘lmasligi anglab etishlari lozim. 

Demak, bizlar bugungi kunda yashayotgan voqe’ligimiz hayot darajasi sifatida ham, dorlik jihatidan ham Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – va sahobalar Makkada yashagan va Mus’ab ibn Umayr(r.a) Madinada topgan voqe’likdan shar’iy sifatda aslo farq qilmaydi. Negaki, Makka hijratdan oldin garchi unda Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – va sahobalar bo‘lsalar ham dorul kufr edi. Madina ham Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – unga hijrat qilgunlariga qadar garchi Makkadagidan ko‘p musulmonlari bo‘lsa ham, dorul kufr edi. Chunki bu xar ikki shaharda dorning dorul islom bo‘lishi uchun lozim bo‘lgan ikki sifat- Islom hukmi va musulmonlarning xavfsizligi yo‘q edi.

(davomi bor)

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.