Falastin rejimi Fath harakatini odamlarga qarshi chiqib, rejim korruptsiyasi va jinoyatlarini himoya qilishga undamoqda

1241
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Falastin rejimi Fath harakatini odamlarga qarshi chiqib, rejim korruptsiyasi va jinoyatlarini himoya qilishga undamoqda

Falastin ahli rejimning muddati o‘tgan koronavirus vaktsinalari savdosidan tortib, Nizor Bannotga suiqasd qilish va buning ortidan namoyishchilarni bostirib, ularga hujum qilishgacha bo‘lgan to‘xtovsiz jinoyatlari sababli g‘azab o‘tidan yonmoqda. Mana shunday bir paytda, rejim Fath harakatini korruptsiyachi rejimga qarshi kurashdan odamlarga qarshi kurashish tomonga tortishga urinmoqda. Ayni jinoyatni amalga oshirish uchun rejimning dumlari turli tadbirlar uyushtirishdi, qator bayonotlar berishdi… Bundan rejim o‘z jinoyatlarini Fath harakati orqali pardalash va uni o‘zining pastkash himoyachisiga aylantirishni ko‘zladi. Ho‘lu quruqni ayamay jinoyatlari olovida yoqayotgan va Falastin masalasini zoe ketkazib, yahudiy vujudiga xizmat qilayotgan bu korruptsiyachi jinoyatkor rejim siyosiy kurashni xalq bilan o‘zi o‘rtasida emas, balki xalq bilan Fath harakati o‘rtasida bo‘layotgan qilib tasvirlashga urinmoqda.

Bu xususda Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi o‘zining saytida bayonot nashr qilib, quyidagilarni ta’kidladi:

Rejimning siyosat, ma’muriyat, moliya va sog‘liqni saqlash sohalaridagi korruptsiyasi har qanday aqliraso insonga kundek ravshan bo‘lib qoldi. Uning jinoyatlari alangasida shaxslar, tashkilotlar doxil barcha Falastin ahli kuymoqda, bunga hargiz sukut qilib bo‘lmaydi. Fath harakatidagi xolis farzandlarimiz insonlar bilan birgalikda hayqirib, ularning rejimdan hisob talab qilishlarini qo‘llab-quvvatlamoqlari lozim. Ildizigacha korruptsiya va xiyonatlar botqog‘iga botgan bu rejimning ularni odamlarga qarshi kurashga tortishlariga yo‘l qo‘ymasinlar. Shuningdek, rejimning o‘z jinoyatlarini ular orqali pardalash va ularni o‘zining zahriqotil mudofaachisiga aylantirishiga qo‘yib bermasinlar.

Roya gazetasining 2021 yil 21 iyul chorshanba kungi 348-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.