Tojikistonda 230 ming kishi ishtirokida mashg‘ulotlar boshlandi

314
0

Tojikistonda 230 ming kishi ishtirokida mashg‘ulotlar boshlandi

 Tojikistonda 22 iyulga o‘tar kechasi jangovar shaylikni tekshirish bo‘yicha “Chegara-2021” mashg‘ulotlari boshlandi. Ularda respublika qurolli kuchlarining barcha bo‘linmalari va kuch tuzilmalari ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlar mahalliy vaqt bilan soat 2:00da prezident Imomali Rahmon buyrug‘i bilan boshlangan.

 Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo prezidentga mashg‘ulotlarda qurolli kuchlar va kuch tuzilmalari shaxsiy tarkibining 100 ming xodimi va 130 ming zaxiradagi zobit va askarlar ishtirok etayotganini ma’lum qilgan.

 “Mashg‘ulotlar davomida belgilangan joylarga 1023ta zirhli texnika birligi, 3167ta maxsus avtomobil texnikasi, 447ta artilleriya qurilmasi, zambarak va minomyotlar, 254ta havo hujumiga qarshi mudofaa birligi, 45ta samolyot va jangovar vertolyot joylashtirilgan”, deb ma’lum qilingan mudofaa vazirligi xabarida.   

 30 iyulda Afg‘oniston bilan chegaradosh Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston va Rossiya harbiylari ishtirokida qo‘shma mashg‘ulotlar boshlanadi. Ularda 1,5 mingga yaqin harbiy ishtirok etishi kutilmoqda. 5 avgustda esa Tojikistonning Xatlon viloyatida Tojikiston, O‘zbekiston va Rossiya harbiylari ishtirokida yana bir mashg‘ulot o‘tkazish rejalashtirilgan.

 Izoh: Hozirgi internet zamonida amaliy yoki harbiy amaliyotlardan ko‘ra axborot hujumining o‘rni va ta’sir oshib ketdi. Mustamlakachi davlatlar biror mamlakatga tajovuj qilishdan oldin unga qarshi axborot urushi olib borishi, shu davlatga nisbatan jahon ofkori ommasida salbiy fikrni shakllantirib olishi ahamiyatli bo‘lib qoldi. Biror davlat qarshi salbiy fikr paydo qilib olinganidan so‘ng shu davlat bosib olingan taqdirda ham omma go‘yoki bosqinchi davlat to‘g‘ri ish qilgan va “mazlum” xalqni mustabid tuzumdan xalos etgan xaloskor kabi qabul qiladigan bo‘lib qoldi.

 Kofirlar bunday axborot hujumini o‘zlari istamagan islomiy harakat yoki siyosiy partiyalarga qarshi ham olib borishmoqda. Tolibon harakatiga qarshi olib borilayotgan axborot hujumi ham o‘z natijasani bermoqda. Axborot hujumi ortidanTolibon harakati tomonidan tinch aholiga qarshi biror tajovuz sodir etilmasdan turib undan qochgan qochqinlar oqimi paydo bo‘la boshladi. Harakat qo‘shni davlatlar dahlsizligi va ichki ishlariga aralashmasligini bir necha bor    rasmiy bayonotlarida ta’kidlagan bo‘lsada, Rossiya tomonidan Tolibon vahimasini bo‘rttrib ko‘rsatilishi O‘rta Osiyo diktatorlarining paytavasiga qurt tushirib qo‘ydi. O‘z navbatida tog‘utlar bu kabi vahimalardan o‘z rejimlarini yanada mustahkamlash yo‘lida foydalanib qolishga harakat qilishmoqda. Imomali Rahmon bu vahimadan hatto zaxiradigi harbiylarni ham jalb qilib, o‘z rejimi uchun uzoq yillardan beri muammo bo‘lib kelayotgan Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatiga qo‘shimcha harbiylar kiritgan bo‘lsa, O‘zbekistonda yana “xorijiy terrorchi guruhlar ta’siriga tushib qolgan” musulmonlarga qarshi ov boshlanib ketdi. Kuni kecha O‘zbekiston IIV Sirdaryo va Surxondaryo viloyatida yashirin guruhning 9 nafar a’zosi qo‘lga olinganini xabar qildi. Rossiya esa Tojikiston va Qirg‘izistondagi harbiy bazalarini yanada kuchaytirish, qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali o‘z harbiy ishtirokini mustahkamlash va O‘zbekistonni KXShTga qaytarish yo‘lida foydalanib qolishga intilmoqda.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.