Odamlar nima uchun vaktsinaga ishonmayapti

185
0

Odamlar nima uchun vaktsinaga ishonmayapti

 AQSh prezidenti Jo Bayden 16-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarni vaktsina bo‘yicha yolg‘on ma’lumotlar tarqatayotganda ayblab: “Ular odamlarni o‘ldirishmoqda. Pandemiya hozir faqat vaktsina olmaganlar orasida tarqalmoqda”, – dedi.

 Dunyo aholisining aksar qismi bu so‘zga ishongani yo‘q, aksincha, bu vaktsinaga qarshilikni kuchaytirdi. Biroq, dunyo bo‘ylab vaktsinatsiya bir maromda davom etmoqda…

 Ushbu ma’lumot dalolat qilganidek, hatto dunyodagi birinchi davlat Amerika chiqargan vaktsinalarga uning o‘z fuqarolari ham ishonishmayapti. Vaktsinatsiyaga ishonmaslik butun dunyoda Amerikaga qaraganda ancha yuqori. Bu ishonchsizlik qaerdan paydo bo‘ldi? 

 Gap shundaki, dunyo aholisi kapitalist-globalistlarning yolg‘onlaridan to‘yib bo‘ldi. Kapitalizmdagi o‘lchov faqat “foyda” bo‘lgani sababli kapitalistlar o‘z manfaatlari yo‘lida har qanday tuban ishlardan hazar qilishmaydi. Biroq, buni yopadigan bir yoki ming qavat pardasi bo‘ladi, keng jamoatchilik ularning bunday yomonliklarini anglab etmaydi. Keyin tushunganida esa kech bo‘ladi, aldanganini kech bilishadi. O‘z vaqtida sezganlar ham kapitalizmga alьternativ tuzumni bilmagani sababli bu “o‘rgamchak to‘rida” o‘ralashib yuraverishadi. Agar kapitalistlar biror insonparvar ish qilishmoqchi bo‘lsa, buning ortidan o‘zlariga foyda kelsagina qilishadi. Ammo shunda ham aldab, bu ishlarini gumanizm deb atashadi. Lekin odamlar bu yolg‘onlarni kech bo‘lsa ham anglab etib, oxir-oqibat ularning kapitalistlarga nisbatan biror ishonchi qolmadi.

 Bu kapitalistik derjavalarning o‘z fuqarolariga nisbatan shunday. Mustamlakasi ostidagi davlatlarda ushbu mustamlakachi kapitalistlarga faqat ularning malaylari ishonmasa, oddiy xalq hech qachon ishonmagan. Chunki ular qirg‘in qilib bosib olishadi, biroq, sizlarga farovon hayot olib keldik deyishadi. Boyliklarimizni talon-taroj, aholini qul qilayotib sizlari boqib kelyapmiz deyishadi…

 Mana shular sababli dunyo xalqining aksari bu kapitalistlar chiqargan vaktsinalarga ishonmayapti va vaktsinatsiyaga nisbatan ishonchsizlik, avvalgi ustma-ust qurilgan ishonchsizlik binosi ustiga qo‘shilgan yana bir qavat bo‘lmoqda. Chunki bu sohada hali ham odamlarni xavotirga soladigan ko‘plab savollar mavjud va odamlar hali ularga ishonchli javob olishganicha yo‘q.

 Masalan:

– Mustamlakachilar kovidga qarshi vaktsinalarni ishlab chiqib, ularni sotish bo‘yicha raqobatlashayotgan bir vaqtda, nima uchun kovidga qarshi dori topishda ilgarilash yo‘q?

– Kasal bo‘lib sog‘aygan odamlardagi antitanachalar yana kasallanishni oldini olishga qodir bo‘lmasa, vaktsinadan keyin paydo bo‘lgan antitanachalar qanday qilib kasallikni to‘sa oladi? Ba’zi tashviqotchilar bunga “vaktsina olgandan keyin kasallik engil o‘tadi, o‘lim holatlarini kamaytiradi” deyishmoqda. Biroq, bu borada yana qator savollar tug‘iladi: Qanday qilib, qonimizni so‘rayotgan kapitalist-mustamlakachilar bizning engil kasal bo‘lishimizni istab qolishdi ekan? Turli xil pardalar ostida dunyo bo‘ylab aholi sonini ozaytirishni ko‘zlayotgan bu kapitalist-globalistlar qanday qilib o‘limni ozaytirishni o‘ylab qolishdikin? Bu o‘rinda faqat bitta “yaxshi” gumon qilish mumkin: ushub kasallikning og‘ir oqibatlari kapitalistlarning o‘zlariga etib borishidan qo‘rqib, chindan ham unga qarshi kurashish zarurligini anglab etgan bo‘lishlari mumkin… Ammo ko‘pchilik bunga ishonmayapti.

 Bunday ishonchsizliklarga nisbatan vaktsina ishlab chiqqan kapitalistlarning targ‘ibot mashinasi uzluksiz ishlamoqda. Ular o‘lim holatlari vaktsina olmaganlar orasida ko‘p bo‘lmoqda deb ayuhannos solishmoqda. Biroq, bunga jamoatchilikni ishontirib yuborish mumkin emas. Chunki, kapitalistlar axborot vositalari orqali aholini manipulyatsiya qilishini odamlar ham bilib bo‘lishgan. Masalan, hokimiyatni egallab olgan kapitalist siyosatchilar o‘lim statistikasini istaganda ko‘paytirib, istaganda kamaytirishi hech kimga sir emas. Agar koviddan o‘limni ko‘paytirishga kelishishsa boshqa kasallikdan o‘lganlar ham shu statistikaga qo‘shiladi, agar kamaytirigisi kelsa koviddan o‘lganlarni boshqa o‘lganlar hisobiga qo‘shib qo‘yishadi, chunki “ikki jilov, bir chilvir” ularning qo‘lida.

 Bu imperialist-kapitalistlar bizning ustimizga o‘zlariga so‘zsiz itoat qiladigan malaylarni hokim qilib qo‘yishadi. Bu malaylar boshqa barcha ishlarida malaylik qilganlari kabi vaktsina bo‘yicha ham astoydil malaylik qilishmoqda. Ular o‘z xojalaridan kelgan vaktsinalarni laboratoriyalarda tekshirib, foyda-ziyonnini aniqlash  borasida bosh qotirib, chora ko‘ra olishmaydi. Ularning vazifasi – xo‘jayinlarining vaktsinalarini sotib olish va aholini emlatish. Agar xalq qarshilik qilsa ularni majburlab emlash. Har bir fuqaro ihtiyorli degani bo‘lmagan gap. Masalan, Qirg‘iziston hukumati Xitoydan 1 million 100 ming vaktsina sotib oldi (e’tibor bering, bunda hech kim odamlar istagini hisobga olgani yo‘q). Agar odamlar olmaymiz desa uni tashlab yuboradimi. Xitoy esa Qirg‘iziston bilan munosabatlar to‘liq yo‘lga qo‘yilishi uchun aholining 70% emlanishini talab qilmoqda.

 Shunday qilib, odamlarda ishonchsizlik, hukumatlarda reklama kuchayib bormoqda. Bayden vaktsina olgani reklama qilinmoqda. Ammo, xalq bunga ham ishonmaydi. Masalan, Putin yoki Si Tszinьpin Qirg‘izistonga kelib, mamlakatga olib kelingan vaktsinalarni hammasini terib qo‘yib, oddiy odamlar orasidan bir kishi tanlagan vaktsinani olgani yo‘q. U ham huddi biz olayotgandek vaktsina olganini qaerdan bilamiz? Shuningdek, prezident yoki bosh vazirimiz qanday vaktsina olganini qayoqdan bilamiz? Aholida mana shunday shubha-gumonlar ustunlik qilmoqda.

 Mustamlakachilarga malay hokimlarimiz bizni oldab kelgani kundek ravshan. Hozir ham aldayotgani aniq ko‘rinib turipti. Masalan, ekspertlarning aytishicha, kovidlarni ro‘yxatga olish va o‘lim ko‘rsatkichlari Tojikistonda 100 barobar, O‘zbekistonda 30 barobar kamaytirib ko‘rsatilgan. Tojikiston hukumati koviddan odamlar qurbon bo‘layotganida bizda virus yo‘q degan edi. Endi bo‘lsa 18 yoshdan oshgan aholini vaktsina olishini majburiy qilib qo‘ydi.

 Aslida, vaktsina olish shariatda davolanish jumlasidan bo‘lib, uni olish muboh. Ya’ni, har kimning o‘z ihtiyorida. Biroq, ishonchdan chiqib qolgan imperialist-globalistlar ishlab chiqargan va ularning malaylari tiqishtirayotgan vaktsinalar odamlarda ko‘plab shubha-gumonlar paydo qilmoqda. Shuning uchun ularni olishga oshkora yoki mahfiy, kuch yoki aldov yo‘li bilan majburlash harom.

Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.