Islomiy hayotni qayta boshlash

268
0

Islomiy hayotni qayta boshlash

Shar’iy tariqat

وَلْتَكُن مِّنكُمْ أُمَّةٌ يَدْعُونَ إِلَى الْخَيْرِ وَيَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ وَأُوْلَـئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ ()وَلاَ تَكُونُواْ كَالَّذِينَ تَفَرَّقُواْ وَاخْتَلَفُواْ مِن بَعْدِ مَا جَاءهُمُ الْبَيِّنَاتُ وَأُوْلَـئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ

“Oralaringizdan yaxshilikka (Islomga) da’vat qiladigan, ibodat-itoatga buyuradigan va isyon-gunohdan qaytaradigan bir jamoat bo‘lsin. Ana o‘shalar najot topguvchilardir. Aniq hujjatlar kelganidan keyin bo‘linib ketgan va bir-birlari bilan ixtilof qilib, talashib-tortishgan kimsalar kabi bo‘lmangiz! Ana undaylar uchun ulug‘ azob bordir” (3-104-105)

So‘z boshi

Qur’oni Karimni taqvodor bandalari uchun hidoyat o‘laroq nozil kilgan va Muhammad s.a.v.ni insonlarni kufr zulmatlaridan iymon nuriga chiqarishlari uchun butun olamga rahmat etib yuborgan Alloh Ta’loga cheksiz hamdlar bo‘lsin. Musulmonlar 1924 yili kofirlar va ularning malaylari tomonidan Xilofatlari qulatilgandan boshlab hali hanuz tarqoqlik, iztirob, zaiflik va xoru-zorlikda umr o‘tkazmoqdalar. Musulmonlar bir paytlar olamning etakchilari edilar. Bugunga kelib esa, etalatma qullarga aylandilar. Ular butun insoniyat orasida ajralib turadigan yagona Ummat edilar. Bugun esa oralarin sun’iy, yasalma hududlar bo‘lib turadigan, ularga insonlar tomonidan chiqarilgan vaz’iy (insonlar ishlab chiqqan) nizomlar hukm yuritiladigan bir necha tarqoq davlatchalarga bo‘linib ketdilar. Ularning 50dan ortiq xo‘rlangan vujudlari – karton davlatchalari ularni hayotdan ortda qolgan eng qoloq olam, deb sanalishlari qarshisida hech qanday foyda bermadi. Musulmonlarning bugungi kundagi xo‘rlangan vujudlari Falastin kabi mo‘’minlarning muqaddas joylari kofirlar tomonidan bosib olinishi qarshisida hech qanday naf’ bermadi. Darhaqiqat, musulmonlarning bu uyqusidan uyg‘otish uchun, ularni bu g‘aflat botqog‘idan chiqarish uchun hamda ularni birlashtirish uchun har hil yo‘llarga kirib chiqildi, ular ustida har hil sharqiy-g‘arbiy fikrlar va vaz’iy nizomlar tajriban o‘tkazildi. Biroq, bu mustavradot (tashqaridan eksport qilingan narsa)lar dard ustiga chipqon, o‘lgandi ustiga tepkan bo‘ldi. Va nihoyat, musulmonlar o‘zlariga kelib, ularni etakchi qilgan o‘sha ko‘xna uluglik sababini hamda bugunga kelib kofirlarga tobe’ qilgan bugungi xorlik sababini, ildizini qidira boshladilar. Natijada, ularning azizlik va etaklik sababi – Islomni aqida va hayot nizomi sifatida mahkam ushlashliklari bo‘lib, etalatma va xoru-zorliklari sababi esa – Islomni hayot nizomi sifatida qo‘llanmay qo‘yganliklarida degan xulosaga kelishdi. Musulmonlar orasidan chiqqan, avval shaxslarda keyin esa, jamoatlarda qaror topgan bu ehsos boshqa musulmonlarning ham xissin uyg‘otdi. Natijada, bu borada o‘zlari etgan ijtihodlaridan foydalanib darhol Islomni hayotga qaytarishga, Islom hayotini qayta boshlashga da’vat eta boshladilar. Buning natijasida juda ko‘p musulmon yurtlarida huddi mana shu g‘oyaga da’vat etuvchi harakatlar, hizblar va shaxslar ko‘zga ko‘rina boshladi. Biroq, kofir davlatlar, g‘ayri musulmon boshqa xalqlar bu ishning o‘zlari uchun naqadar xatarli ekanligini darhol xis qildilar. Natijada, fikriy va moddiy yo‘llar bilan hamda turli hil vosita va uslublar bilan ushbu da’vatning oldin olishga kirishdilar. Shuning uchun kim Islomni hayotga siyosiy nizom sifatida qaytarishga chaqirsa uni “ekstremist”, “terrorist”, “vahhobiy”, deb qoralay boshladilar. “Dinlar va hazoratlararo hamkorlik, hamfikirlik”, shiori ostida har hil konferentsiya va debatlar uyushtira boshladilar. “Diniy ekstremizm va terrorchilikka barham berish”, bayrog‘i ostida bunga ancha katta mablag‘ va insoniy resurslarni jalb qildilar. Bularning hammasi Islomni hayotga qaytib kelishiga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar edi. Kofirlar o‘zlarining bunday kabih garazlari yulida Islomini bilmagani uchun yoki molu-davlatga xirs qo‘yganliklari uchun Ummatdan ajralib qolgan ayrim musulmonlarni ham o‘zlari bilan bir safda turishga chaqirdilar. Ular bu bilan kifoyalanishmadi. Balki ular ayrim hizb, harakat va jamoatlarga kirib olib, ularni Xilofatni qayta tiklashga bo‘lgan shar’iy tariqatidan chalg‘itish maqsadida Islomga umuman zid bo‘lgan ayrim fikrlarni Islomdan, deb ziynatlab ko‘rsatdilar. Albatta, islomiy hayotni qayta boshlash tariqati faqatgina Islomdan olinishi lozim. Chunki Islom fikrat va tariqatga ega bo‘lgan shomil (har bir kattayu-kichik narsani o‘z ichiga oluvchi) mabda’dir. Balki, u tariqati fikratining jinsidan bo‘lgan fikrat va tariqatdir. Shuning uchun da’vat yo‘lida yurganlar Islom tariqatidan soch tolasi qadar ham chetlanishlari mumkin emas. Chunki bu tariqatni Alloh Ta’loning O‘zi farz qilgan. Rosululloh s.a.v. ham Madinai-Munavvarada keyinchalik kofirlar xonavayron qilgan, 13dan ortiq asrni gullatib yashnatgan Islom davlatini koim qilgunlariga qadar, aynan mana shu tariqat asosida yurganlar. Musulmonlar ibodat, muomala va jazo-choralari kabi har qanday shar’iy ahkomlar haqida minglab asarlar bitib, bu ahkomlarni ipidan-ignasigacha puxta o‘zlashtirib olganlari holda Xalifalik davlatlari ag‘darilgandan keyin uni qaytadan tiklash tariqati ahkomlariga kelganda oqsoqlik qilib qoldilar. Boshqa har qanday ahkomlar haqida bulbuli go‘yo bo‘lib sayrab turganlari holda Islom hayotini qayta boshlash tariqatiga kelganda tillari galdirab qoldi. Chunki, ular Xalifalik davlati soyasida islomiy hayot kechirishardi. Ular bu davlatlarini bir kun kelib qulatilishini hayollariga ham sig‘dirisha olishmasdi. “Fiqh” – musulmonlarning nazdida – “Amaliy shar’iy ahkomlarni bilish” degani ekan, modomiki, davlat qoim bo‘lib turgan ekan ular Xalifalik davlatini qayta tiklashning tariqati ahkomlariga ehtiyoj sezishmagan. Bugungi (2002m-1423x) mavjud ayanchli voqe’ ularda aslo yuz bermagan. Biroq, Xalifalik davlati qulatilgach, ular o‘zlari yashayotgan yangi voqe’likni xis qilishdi. Natijada ularga ushbu yangi voqe’lik qarshisida Islom ahkomlariga mos ravishda ish yuritishlari vojib bo‘lib qoldi. Shuning uchun ular islomiy hayotni qayta boshlash uchun payg‘ambarlik siyrati (siyrati nabaviya)dan shar’iy tariqat izlay boshladilar. Ularning ayrimlari ushbu tariqatni Xalifalikni qayta tiklash yo‘lida qarshi turganlarning hammasiga qarshi qurol ko‘tarish va ularni qatl etishda ko‘rdilar. Ayrimlari tasavvuf va Alloh yulida safar qilish, da’vatga chiqishda ko‘rdilar. Ayrimlar xoyriya va ahloqiy tashkilotlarni tashkil etishni ko‘tarib chiqdilar. Yana boshqalar esa, tafsir, hadis, fiqh kabi ko‘hna islomiy me’rosni ehyo qilishni tariqat deb ko‘rdilar. Yana ayrimlari esa siyosiy va fikriy faoliyatni tariqat deb bildilar. Ularning barchalari o‘z ray’larida Qur’on va hadisdan kelgan dalilga yoki shibhi dalilga suyandilar. Shuning uchun bizlar kirishmoqchi bo‘lgan mana bu bahs bizlar yashab turgan voqe’ligimizni yaxshilab o‘rganib chiqilgandan keyin Kitob va Sunnatdan olingan shar’iy tariqatni bayon qilish bo‘ladi, InshaAlloh. Allohdan so‘rab qolamanki, ushbu bahs sahih tarikatda yuruvchilarning o‘z hadaflarini ruyobga chiqarishlari yo‘lidagi sa’yi harakatlarini yanada kuchaytirishga undovchi bois bo‘lsin. Hamda bu bahs ayni paytda hamma musulmonlar dunyo azizligi va oxirat savobiga erishishlari maqsadida eng to‘g‘ri yo‘lda yurishlari uchun boshqalar ham tariqat ahkomlarini sinchiklab o‘rganishlariga undovchi omil bo‘lsin! Amin!

وَلِلَّهِ ٱلْعِزَّةُ وَلِرَسُولِهِ وَلِلْمُؤْمِنِينَ

Muhammad Husayn Abdulloh

2002 yil.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.