بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Inson huquqlari degan narsa asl mohiyatdan chalg‘ituvchi chiroyli gap xolos
Xartumdagi «Salom» mehmonxonasida Sudan inson huquqlari bo‘yicha milliy komissiya Sudan suveren kengashi ishtirokida birinchi turdagi o‘quv kursini o‘tkazdi. «Inson huquqlari tizimini o‘rnatish», deb nomlangan bu kurs uch kun davom etdi.
Bu haqda Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati ayollar qanoti matbuot bayonoti chiqarib, quyidagilarni ta’kidladi:
«Bugungi kunda musulmon yurtlarida inson huquqlari, degan narsaning o‘rni o‘tmay qoldi. Chunki uning yolg‘onligi ochilib bo‘ldi. Bu narsa navbatdagi bir mustamlakachilik ekanini, islomiy yurtlarga aralashish, boyliklarini talab, xalqlarini qul qilish uchun bahona ekanini insonlar anglaydigan bo‘lib qoldilar».
Bayonotda quyidagilarga diqqat qaratildi:
«Musulmon yurtlaridagi hukmdorlar va ularga qarashli axborot vositalari «inson huquqlari» borasida juda muhim rol o‘ynashyapti. Ular masalaning asl mohiyatidan chalg‘itgan holda, ya’ni, insonning qotilini uning himoyachisiga, o‘ldirilgan insonni esa inson huquqlarini buzgan terrorchiga aylantirish bilan «inson huquqlari» atamasini zo‘r berib tiqishtirishyapti. Bosib olingan barcha islomiy yurtlarda shunday qilinyapti».
Bayonotda yana bunday deyilgan:
«Shom zaminida minglab shahidlar qoni to‘kilib, ko‘plariga jarohat etkazildi yoki qamaldi. Millionlabi uy-joysiz va muhojirga aylantirildi. Biroq, «inson huquqlari», deya og‘iz ko‘pirtiruvchi butun dunyo bunga jim qarab turibdi. Hatto qonxo‘r Asadni qayta saylashib ham olishdi. G‘arbning «inson huquqlari» haqidagi gaplarini Amerikaning hech qanday javobgarlik va nazoratsiz insonlar boshiga bombalar yog‘dirishi fosh qildi. Anavi Guantanamo esa, inson huquqlari deya tinmay og‘iz ko‘pirtirayotgan G‘arbdagi mustamlakachi kofirlar yuziga tortilgan bir tarsakidir.
Xullas, bu inson huquqlari, degan narsa asl mohiyatdan chalg‘ituvchi yaltiroq soxta gap, xolos. Uning mohiyati va ortida kimlar turgani fosh bo‘lib bo‘ldi. Ummat G‘arb hamda haqiqatlarni soxtalashtirayotgan uning tarafdorlaridan iborat barcha dushmanlarini tanib oldi. U Allohning izni ila yaqinda barpo bo‘ladigan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida albatta qayta tiklanajak o‘zining ulug‘ligiga intilmoqda.
Roya gazetasining 2021 yil 7 iyul chorshanba kungi 346-sonidan