بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Yahudiy vujudi G‘azoga qarshi shafqatsiz urushida 902ta oilani butunlay yo‘q qildi
G‘azodagi hukumat matbuot byurosi 2024 yil 2 oktyabrda bergan bayonotda ma’lum qilinishicha, bosqinchi armiya tomonidan Amerikaning to‘liq homiyligi ostida amalga oshirilgan genotsid jinoyati davom etishi doirasida, G‘azo sektorida bir yil ichida 902ta falastinlik oila qirib tashlandi va ularning barcha a’zolari o‘ldirilib, fuqarolik ro‘yxatidan o‘chirib tashlandi. Bayonotda qo‘shimcha qilinishicha, har bir oiladan bittadan a’zosi qolgan oilalar 1364taga, ikkitadan a’zosi qolgan oilalar 3472taga yetgan.
Roya: G‘azo sektorida yahudiylar tomonidan sodir etilib, odamlar va hatto dov-daraxtni omon qo‘ymagan genotsidga bir yil to‘ldi. Bir yil ichida o‘n minglab odam shahid bo‘ldi va yaralandi, yuzlab oilalar yo‘q qilindi. Infratuzilma vayron bo‘ldi, uylar, maktablar, universitetlar va masjidlar vayron qilindi. Kasalxonalar, sog‘liqni saqlash markazlari hujumga uchradi va hatto ularning ba’zilari xizmat ko‘rsata olmaydigan ahvolga keldi. Butunlay yo‘q qilingan bu oilalar yahudiy vujudining jinoyati va shafqatsizligiga guvoh bo‘ldilar. Ular bugun Qudratli Podshoh huzurida turib, musulmon hukmdorlar xiyonatidan Unga shikoyat qilmoqdalar. Chunki ayni shu hukmdorlar yahudiy vujudi xavfsizligini himoya qilib, Ummat va armiyalarning G‘azo ahliga yordam ko‘rsatishga qaratilgan har qanday harakatini bostirishdi. G‘azo ahli va ularning bolalari ochlik, sovuq, kasallik va qochqinlikdan, shuningdek, shafqatsiz jinoyat va qirg‘inlardan azob chekayotgan bir paytda, bu hukmdorlar yahudiy vujudiga sabzavot, meva-cheva, suv, kiyim-kechak va yoqilg‘i yetkazib berishdi. Ular Allohga Islom Ummatining bu hukmdorlar xiyonatiga nisbatan sukut saqlayotganidan va ularni qulatish uchun harakatga kelmayotganidan shikoyat qilmoqdalar. Ummat farzandlari va kuch egalari orasidagi yordam berishga qodir kishilarning ularga yordam berish uchun harakatga kelmayotganidan, qayta-qayta yordam so‘rab qilgan nolalariga javob bermayotganidan, shuningdek, xoin hukmdorlar changalidan chiqib, dinlari va Ummatlari safiga o‘tmayotganidan Allohga arz qilmoqdalar. Agar Ummat va kuch egalari birodarlariga yordam berish hamda Rosululloh ﷺning Isro maskanlarini ozod etish uchun harakatga kelmasa, Islom Ummati G‘azo, G‘arbiy sohil va Livanda bunday og‘ir to‘lovlarni to‘lashda qachongacha davom etadi?! Ey Parvardigor, bizlarni ham Rosululloh ﷺning ansorlari kabi ular tufayli din aziz bo‘ladigan va zaifhollarga yordam beriladigan ansorlar bilan siyla.
Roya gazetasining 2024 yil 9 oktyabr chorshanba kungi 516-sonidan