بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini ikkita yirik namoyish o‘tkazdi
Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini Xalil va Ramalloh shaharlarida g‘azabnok hayqiriqlar ostida ikkita yirik namoyish o‘tkazdi.
Bu namoyishlar siyosiy faol Nizor Banotning joniga qasd qilinishi va shubhali vaktsina bitimi jinoyatlari ortidan uyushtirildi. Namoyishlarda Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini a’zolaridan muhandis Mohir Solih va doktor Ibrohim Tamimiy nutq so‘zladilar.
Notiqlar Nizor Banotga qarshi sodir etilgan jinoyatga nisbatan Hizb pozitsiyasini yoritib, bu har bir musulmonning badanidan sovuq ter chiqaradigan darajada dahshatli jinoyat ekanligini ta’kidladilar.
Notiqlar shuningdek, Falastin ahlini rejim va uning tashkilotlariga hamda xalqaro hamjamiyat tashkilotlariga qarshi chiqishga da’vat qildilar. Ularning pozitsiyasi nopok bo‘libgina qolmay, hatto bu jinoyatga nisbatan sherik va til biriktiruvchi pozitsiya ekanini ochiqladilar. Ular jumladan bunday deyishdi:
Bunday tashkilotlarga murojaat qilishdan yoki ularning arqonini ushlashdan saqlanish lozim. Chunki ular mustamlakachilar va hukmdorlarning musulmon yurtlaridagi tayanch va qurollaridir. Shuningdek, mustamlakachilardan yordam so‘rashdan ham saqlanmoq darkor. Chunki ularning tillaridan Falastin ahliga asal tomsa-da, dillari Falastin, uning ahli va hurlariga nafrat bilan to‘la. Evropa Ittifoqi, BMT, Britaniya va AQSh konsulliklari, barchasi Falastin, uning ahli va musulmonlarni yomon ko‘rishda bir tanu bir jondirlar, faqat manfaatlarda ayricha, xolos.
Biz Falastin ahlini avvalo Alloh Subhanahu va Taologa suyanishga, so‘ng o‘zlariga, ovozlariga, haq so‘zlariga va rejimdan hisob so‘rab, uning barcha jinoyatlariga qarshi turishga qodir ekanliklariga ishonishga chaqiramiz. Chunki ular ushbu muborak zaminning tamal toshi, egalari va hal qiluvchi sohiblaridir.
Shunday ekan, Falastin ahli qo‘rqishdan yoki ortga chekinishdan saqlansinlar. Chunki rejim va uning ortidagilar aynan shuni istayapti. Zotan, Falastin ahli muborak zamindagi Allohning axyorlari bo‘lib, sabot va matonatlari bilan har qanday til biriktiruvni parchalaydilar. Ularga nusrat va yorug‘lik darvozalarini ochib beruvchi yagona narsa mustahkam turib, haqni aytish, zolim va xoinlar qarshisida mardlarcha turish hamda Allohdan so‘rashdir. Alloh Taolodan dinni barpo etadigan, zolimlarga qilmishlari oqibatini totdirib qo‘yadigan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini tezroq barpo etishga yordam berishini so‘rasinlar.
Roya gazetasining 2021 yil 30 iyun chorshanba kungi 345-sonidan