Ey Azhar shayxi! Kimga murojaat qilyapsiz?!

114
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey Azhar shayxi! Kimga murojaat qilyapsiz?!

Shar’iy ahkomlar qolib nimaga chaqiryapsiz?!

Ustoz Sa’d Fazl

Hizb ut-Tahrirning Misrdagi matbuot bo‘limi a’zosi

2021 yil 4 iyun juma kuni «Masrawy» veb-sayti BMTning butunjahon atrof-muhitni himoya qilishga bag‘ishlangan seminarida Azhar shayxi yo‘llagan murojaatni nashr qildi. Azhar shayxi o‘z murojaatida yaqinda paydo bo‘lgan xavfli hodisa haqida, ya’ni ayrim tabiiy resurslar mulkchiligi bilan bog‘liq «da’vo arizasi»ga va bu boyliklardan boshqa davlatlarga ziyon etkazadigan tarzda foydalanish natijasida yuzaga kelgan adolatsizlikka izoh berib o‘tdi. Shayx jumladan bunday dedi: «Ushbu din – unga imon keltirib, qonunlarini hurmat qiladiganlar nazdida – aniq hukmni bayon qilgan. Unga ko‘ra, insonlar hayoti uchun zarur bo‘lgan resurslar umumiy mulkka kiradi. Har qanday holat va vaziyatlarda ham bu resurslarni bir yoki bir necha shaxslarga mulk qilib berish yoxud ushbu umumiy mulklarni davlatlarning boshqa davlatlarni sherik qilmagan holda mutlaq foydalanishiga qo‘yib berish joiz emas».

Shayx bu ish er yuzida buzg‘unchilik qilish bilan bog‘liq eng yomon ish ekanini aytib, «bu illatning boshqa shunga o‘xshash muhit va sharoitlarga ham yuqishidan oldin, uni to‘xtatib qolishga elkama-elka birgalikda harakat qilish kerakligi»ni urg‘uladi. U yana bunday deya ta’kidladi: «Suv zaruriy resurslar orasida birinchi o‘rinda turadi. Suvning jamoiy mushtarak mulk ekanligi, shuningdek, bir yoki bir necha shaxslar yoxud biror bir davlat boshqa davlatlardan alohida suvni o‘z xohishi bo‘yicha tasarruf qilishi man qilingani barcha dinlar shariatida aniq ko‘rsatilgan. Suvga bunday taqiq yoki to‘siq qo‘yish yoxud bu borada boshqalarga tazyiq o‘tkazish Allohning haqlaridan birini tortib olish va o‘zi ega bo‘lmagan narsa borasida boshqaga monelik qilish hisoblanadi».

Azhar shayxi BMTning butunjahon atrof-muhitni himoya qilishga bag‘ishlangan seminarida qilgan o‘z murojaatida ba’zi shar’iy ahkomlarga chaqirgan bo‘ldi. Ammo ularni noto‘g‘ri talqin qilib, o‘zi ta’kidlagan muammo uchun biror shar’iy echim keltirmadi. Azhar shayxining kimligi nutqidan ko‘rinib turibdi. U o‘zining ilmoniy kimsa ekanini ularga go‘yo mana shu murojaati bilan ochiq ko‘rsatdi…  Shu orqali ilgari Vatikan papasi bilan birgalikda imzolagan hujjatga sodiq ekanini isbotlamoqchi bo‘lgandek. Bu kimsa samoviy din, vahi, diniy imon va ahkom haqida so‘z yuritdi-yu, biroq Islomga umuman ishora qilmadi… mana bu Islom ahkomlaridir, u Islom davlati tomonidan tatbiq etilmog‘i darkor, deb aytmadi. Holbuki, Islom davlatining shar’iy shaklini va uni barpo etmoq shar’an farz ekanini u yaxshi biladi.

Islom mulkni uch turga bo‘lgan: ulardan biri umumiy mulk bo‘lib, u Azhar shayxi ta’kidlagan suvlarni ham o‘z ichiga oladi. Shore umumiy mulkni musulmonlar jamoasining mulki qilib, barchalarini unga sherik qildi, shaxslarning o‘z mulki qilib olishlarini taqiqladi. Ushbu mulk nafaqat suvga, balki barcha doimiy va yarim doimiy resurslarga ham taalluqlidir. Masalan, neftь, gaz, oltin, temir va boshqalar kabi er ostidagi mineral boyliklar, elektr energiyasi, uning generatorlari va stantsiyalari kabi. Shu va shunga o‘xshaganlarning barchasi musulmonlarning umumiy-jamoatchilik mulkidir. Musulmonlar bu mulklarda o‘zaro sherikdirlar. Bu mulklar musulmonlarning Baytulmoli manbalaridan biri hisoblanadi. Davlat ularni musulmonlarga shar’iy ahkomlarga muvofiq taqsimlaydi. Xo‘sh, shuni aytingchi ey Azhar shayxi, Misr davlati shunday qilyaptimi?! Misr nefti, gazi va suvidan voz kechib yubordi-ku?!

Garchi ushbu jamoatchilik mulklarini idora qilish davlatning vazifasi esa-da, biroq, neftь, gaz, ma’danlar, daryo va dengizlar, buloqlar, maydonlar, o‘rmonlar, yaylovlar va masjidlarni davlat hech kimga, xoh shaxs, jamoa va kompaniya bo‘lsin, mulk qilib bermaydi, bu nojoizdir. Chunki bular musulmonlar ommasining mulkidir. Shunday ekan, Misr rejimi yurtdagi neftь, gaz va oltinni nima qilyapti?! Bu mulklarni kapitalistik G‘arb kompaniyalariga franchayzing, degan imkoniyatlar bilan mulk qilib bermadimi?! Hatto davlat bilan bu kompaniyalar o‘rtasida qanday bitimlar imzolanganini ham Misr ahli bilmaydi!

Ey Azhar shayxi!

Siz aytgan ahkomlar Islom shariatida bor bo‘lib, faqat Islom shariatidan o‘rganiladi. Boshqa dinlarda – hatto samoviy din bo‘lsa ham – bunday ahkomlar yo‘q. Chunki Alloh anbiyolarning so‘nggisiga boshqa dinu risolalardan ustun bo‘lgan so‘nggi dinni nozil qildi. Biz vahi, shariat va ahkomlarni tilga olganimizda ularni aynan mana shu so‘nggi dinga bog‘lamog‘imiz darkor. Bu so‘nggi din o‘z ahkomlari va vojib shariatiga ega Islom dini bo‘lib, ularni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida tatbiq qilish kerakligini siz boshqalardan yaxshiroq bilasiz.

Ey Azhar shayxi!

Misr rejimi va uning tepasidagi kimsa yurtning haq-huquqlaridan, asosan, Nil suvidan voz kechdi va buni o‘sha siz murojaat qilayotgan va «mahalliy, xalqaro javobgar tomonlar», deyayotgan xo‘jayinlarini rizosini olish uchun qildi. Misr haq-huquqlarining har biridan faqat o‘sha xo‘jayinlarining rahnamoligi ostida, hatto o‘shalarning buyrug‘i bilan voz kechilgan va hamon voz kechilmoqda. Yurtdagi boylik va resurslarning eng katta talonchi-o‘g‘rilari o‘shalar. Ularni Misr ahli zarracha tashvishlantirmaydi, balki ularning bor tashvishi Misr va boshqa yurtlarimizdan qancha bo‘lsa shuncha ko‘p miqdorda boyliklarni talab ketishdir.

Suv krizisining yagona echimi shariat ahkomlaridagina mavjud bo‘lib, bu ahkomlar barcha daryo manbalari davlat hokimiyati ostida bo‘lishini, ularni boshqaruvchisi ham, ularning ustidan hukmronlik va xo‘jayinlikka ega bo‘lgan ham faqat davlat ekanini, musulmonlarning non va suviga birortasining hukmronlik qilishiga yo‘l qo‘ymaslik yo‘lida kerak bo‘lsa urush e’lon qilish lozimligini buyurgan. Biroq, anavi malay hukmdorlar bu to‘g‘rida na o‘ylab va na fikrlab ko‘rishadi. Chunki ularning G‘arb manfaatlarini amalga oshirish va unga yurtimiz boyliklarini qo‘sh-qo‘llab topshirishdan o‘zga vazifa va burchlari yo‘q. Lekin bunday vazifa va burchni hokimiyati o‘z qo‘lida bo‘lgan, insonlar ishlarini Islom ahkomlariga muvofiq boshqarish loyihasiga ega bo‘lgan mabda asosidagi davlatgina amalga oshiradi.

Shu bois, so‘zimiz xulosasi sifatida shuni qat’iy ayta olamizki, suv krizisi va boshqa barcha muammolar Ummatga va uning taqdiriy masalasiga yuqtirilgan asl kasallikning simptomlaridir. Zero, asl kasallik Islom davlati bo‘lmish Xalifalikning yo‘qligida hamda Ummatni bo‘lib tashlab, uni yolg‘ondan «davlatlar», deya atashgan vujudlarga tarqatib yuborishganida o‘z aksini topadi. Vaholanki, aslida bu davlatchalarni bir molxona va qamoqxona, deyish mumkin. Chunki u erlarda ushlab turilgan Ummat farzandlari o‘zlarining Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatidagi islomiy hokimiyatni talab qilish huquqlaridan mahrumdirlar.

Shuning uchun biror echim taklif qilinsa-yu, ammo unda Ummatni hamda uning qudrati, birligi va qarorini yagona Islom davlatida birlashtirish farz ekanligi aytilmagan bo‘lsa, bu bema’nilikning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Chunki Ummat o‘z Robbisi shariatiga qaytsagina uning barcha muammo va krizislari echilib, insonlarning to‘q, farovon hayot kechirishlari ta’minlanadi. Siz Azhar shayxi va boshqa sizdek misrlik shayxu ulamolar ma’ruza va so‘zlaringizga faqat shuni asos qilgan holda gapirmog‘ingiz vojib edi… Musulmonlar uchun Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati barpo etilishi haqida so‘z yuritmog‘ingiz lozim edi.

Allohim, bizni tezroq ushbu davlatni barpo etishimizga yordam ber va Misrni ushbu davlatning markaziy yurtiga, bizni uning qo‘shinlari va shohidlariga aylantir.

Roya gazetasining 2021 yil 16 iyun chorshanba kungi 343-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.