Yahudiylarning G‘azoga qilgan hujumi

155
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yahudiylarning G‘azoga qilgan hujumi

Musibat va yutuqlar

Shayx Isom Amira

Muborak Falastin zamini

Yaqinda G‘azo sektorini vayron qilgan hodisalar va bir vaqtning o‘zida, mahalliy va global miqyosdagi ommaviy axborot vositalarida shov-shuv bo‘lishi bizni bu haqda mulohaza qilib, obdan tadabbur qilishga undaydi.

Ma’lumki, bu safar alanga o‘chog‘i Masjidul Aqso bilan Shayx Jarroh rayoni bo‘ldi. Masjidul Aqsoga to‘xtaladigan bo‘lsak, uning o‘ziga xos xususiyati bor bo‘lib, u Falastin ahlining va barcha musulmonlarning qalbidan chuqur joy olgan. Bu dargohda sodir bo‘layotgan hodisalar sadosi butun musulmon yurtlaridan jaranglab qaytadi, barcha insonlar qalbiga ta’sir qilmay qolmaydi. Bundan tashqari, Masjidul Aqso musulmon yurtlaridagi zobitlar va askarlarda uni ozod etish, u erda namoz o‘qish, hatto butun Falastin va bosib olingan boshqa zaminlarimizni ozod etish shavqini uyg‘otmoqda.

Ayni mana shunday mulohaza va tadabbur – garchi u erdagi insonlarning buyum va ashyolari vayron qilinishi, oziq-ovqat va dori-darmon taqchilligi, elektr uzilishi, uzoq va yaqindagi qo‘shni davlatlarning yordamsiz tashlab qo‘yishi kabi barcha azob-uqubatlar yuraklarimizni tilka pora qilib, yo‘qotilgan jonlar va og‘riyotgan jarohatlardan qalblarimiz qonayotgan bo‘lsa-da – bizga quyidagi ko‘p yutuqlarni ham ko‘rsatmoqda:

•      Bu yutuqlar butun musulmonlar, xususan, Falastin ahli ruhini ko‘tarib, Islom va musulmonlarga yordam berishga harakat qilayotgan insonlarga yangi umidlar baxsh etdi… Zero, bu umidlar musulmonlarni Allohning izni ila Islom dushmanlari ustidan haqiqiy nusrat kelguniga qadar Ummat uyg‘onishi yo‘lidagi harakatlarini davom ettirishga undaydi.

•      Bu yutuqlar turli jins, rang va  millatga mansub Falastin ahlini birlashtirdi. Natijada, falastinliklar, asosan buyuk G‘azo katibasi zolimlarning qamaliga qaramay, voqea-hodisalar davomida juda ko‘p qurbonliklar berdilar.

•      Bu yutuqlardan yana biri, Falastin masalasi o‘zining islomiy ko‘lamiga qaytdi. Chunki ushbu masalani bundan oldin arab davlatlari masalasiga va Falastinga xos masalaga, hatto ayrim falastinliklarga xos bachkana masalaga aylantirishgan edi.

•      Yutuqlardan yana biri, Falastin zamini bosqinchilarining naqadar zaifligi, armiyasi «mag‘lub bo‘lmas», degan bahoga mutlaqo loyiq emasligi ko‘rinib qoldi. Hatto yahudiylar armiyasi zaif emas kuchli bo‘lgan taqdirda ham, islomiy armiyalar uni mag‘lubiyatga uchratishga qodirligi namoyon bo‘ldi!

•      Yutuqlardan yana biri, yaqin atrofdagi qo‘shni davlatlardagi va uzoqdagi davlatlardagi musulmonlarning, shuningdek, AQSh va Evropadan iborat butun G‘arb davlatlarida yashovchi musulmonlarning tuyg‘usi junbishga keldi. Geografik joylashuvlariga qarab turlicha reaktsiya bildirdilar. Masalan, Falastinga yaqin musulmonlar Misr, Iordaniya, Iroq va Livan chegalari bo‘ylab bostirib keldilar. Falastinga uzoq davlatlardagi musulmonlar yirik norozilik namoyishlari va yurishlar o‘tkazib, shu orqali G‘azo va Aqsoga qilingan tajovuzni qoraladilar va intiqom olishga va’da berdilar… Bu reaktsiyalar Sayks-Pikoga amal qiluvchi ko‘r davlatlar chegaralarini ham, bayroqlarini ham er bilan yakson qildi.

•      Yutuqlardan yana biri, Pokiston, Turkiya va boshqa islomiy yurtlardagi zobit va askarlar qoni qaynadi. Ulardan ba’zilari samolyotlarini buyuk G‘azo osmoni bo‘ylab uchirish bilan hukmdorlarga tahdid mujdasini yubordi.

•      Yutuqlardan yana biri, siyosatchilar ham, odamlarning ummat majlisi (ya’ni parlament)dagi vakillari ham harakatga keldi. Ular minbarlardan turib, o‘z armiyalarini Aqso va G‘azoga nusrat berish yo‘lida harakatga kelmaslikda va harbiy kuch bilan tajovuzkorlarni qaytarmaslikda ayblamoqdalar. Shuningdek, o‘z hukmdorlariga xoinlik va qo‘rqoqlik tamg‘asini bosib, ularning Aqsoga bormoqchi bo‘lgan musulmonlarga to‘sqinlik qilish uchun ko‘rgan choralarini tanqid qilmoqdalar.

Biz azob-uqubat barobarida erishilgan yutuqlarga ko‘proq to‘xtalsak, bu o‘rinda ularning hammasini sanab o‘tolmaymiz. Ammo ulardan asosiylariga e’tiborni qaratish bilan kifoyalanmoqchimiz: qo‘shinlarning qurshovdagi G‘azo katibasiga yordam berishlariga to‘sqinlik qilgan, zaif hol musulmonlarni, ayniqsa, Falastin ahlini yordamsiz qoldirgan bugungi kundagi Ummat safidagi badbaxt to‘da fosh bo‘ldi. Shuningdek, Usmoniy Xalifalik davlati qulatilgandan so‘ng musulmon yurtlari tepasiga mustamlakachi kofirlar tomonidan hukmdor va ayg‘oqchi sifatida o‘rnatib qo‘yilgan hamda Ummatning uyg‘onishi va rivojlanishiga to‘sqinlik qilish, rivojlanishini oldini olish va butun a’zosini falaj qilishlari uchun odamlar ustiga mindirib qo‘yilgan ushbu adashgan va adashtiruvchi to‘daning basharasi barcha kattayu kichikka fosh bo‘ldi. Bugunga kelib Ummat ayni mana shu to‘daning hokimiyatga kelgandan beri musulmonlarning qashshoqlik, savodsizlik va xorlikka yuz tutishlariga sababchi bo‘layotganini aniq his qildi. Shuning uchun ushbu yutuqlar qudrat va yordam ahlini Islom Ummati tanasidan mana shu yot jismni olib tashlash uchun kerakli jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga shoshiladigan tabiblarga aylantirib qo‘ydi. Buning uchun qudrat ahli anavi hukmdorlar taxtini vayron etib, ularning xarobalari uzra Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etishga da’vat qilayotgan va shunga jiddiy harakat qilayotgan kishilarga nusrat bermoqlari darkor.

Faqat shu yo‘l bilangina yuz yildan beri musulmonlarga og‘riq bo‘layotgan xorlik va xo‘rliklar sahifasini yopishimiz va yangi oppoq sahifani ochishimiz mumkin bo‘ladi. Ushbu sahifada Islom roshid Xalifalik soyasida tatbiq etilib, Xalifalik davlati dunyoning eng birinchi davlati maqomini egallash uchun shaxdam qadam tashlaydi. Allohning izni ila, Quddusni ozod etishga va kofirlar tortib olgan islomiy zaminlarni qaytarib olishga qodir bo‘ladi. Keyin hidoyat va g‘amxo‘rlik bayrog‘ini mumkin qadar baland-balandlarga ko‘targan holda, Rim va boshqa kufr davlatlarini fath etish sari yo‘lga otlanadi… Shu orqali Alloh Azza va Jallaning rizosiga intilib, Rosululloh ning ushbu so‘zlarini ro‘yobga chiqaradi:

«لَيَبْلُغَنَّ هَذَا الْأَمْرُ مَا بَلَغَ اللَّيْلُ وَالنَّهَارُ، وَلاَ يَتْرُكُ اللهُ بَيْتَ مَدَرٍ وَلاَ وَبَرٍ إِلاَّ أَدْخَلَهُ اللهُ هَذَا الدِّينَ بِعِزِّ عَزِيزٍ أَوْ بِذُلِّ ذَلِيلٍ، عِزًّا يُعِزُّ اللهُ دِينَ الْإِسْلَامِ، وَذُلاًّ يُذِلُّ بِهِ الْكُفْرَ»

«Bu ish kecha va kunduz etib borgan joygacha etib boradi. Alloh bironta ham o‘trog‘u ko‘chmanchining uyini qoldirmasdan unga bu dinni azizning azizligi yoki xorning xorligi bilan kiritadi. Azizlikki, u bilan Alloh Islom dinini aziz qiladi. Xorlikki, u bilan Alloh kufrni xor qiladi». Bu hadisni rivoyat qilgan Tamim Doriy aytadi: «Men buni o‘z xonadonim a’zolarida bildim, chunki ulardan Islomni qabul qilgan har bir a’zosi yaxshilik, sharaf va azizlikka noil bo‘ldi, kofirlikda qolganlari esa, xorlik, razillik va jizyaga duchor bo‘ldi». Bu hadis Alloh Taoloning ushbu kalomidan iqtibosan aytilgan:

هُوَ الَّذِي أَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدَى وَدِينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدِّينِ كُلِّهِ وَلَوْ كَرِهَ الْمُشْرِكُونَ

«U (Alloh) O‘z Rosulini hidoyat va haq din bilan – garchi mushriklar xohlamasalar-da – barcha dinlarga g‘olib qilish uchun yuborgan zotdir» [Tavba 33]

Alloh tomonidan va’da qilinib, Payg‘ambar alayhissalom tomonidan bashorat berilgan  roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali dinni aziz qilish uchun faoliyat qilayotganlar bilan birgalikda qadam tashlar ekanmiz, ayni shu lahzada Allohga duo qilib, G‘azo va boshqa yurtlarimiz shahidlarini rahmat va mag‘firat aylashini, jarohat olganlarga zarracha illat qoldirmay shifo berishini, Isro maskanimizni tez orada asirlikdan qutqarib, kishanlarni parchalashini so‘rab qolamiz. Hali ular: U kun qachon bo‘lur? – deb so‘raydilar, shoyadki yaqin bo‘lsa, deb ayting!

Roya gazetasining 2021 yil 16 iyun chorshanba kungi 343-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.