Yahudiy vujudining Marokashdagi diplomatik vakolatxonasida yuz bergan ishlar Ummat bilan bu bosqinchi davlat o‘rtasidagi tinchlik hargiz amalga oshmaydigan ertak ekanini ko‘rsatdi

209
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yahudiy vujudining Marokashdagi diplomatik vakolatxonasida yuz bergan ishlar Ummat bilan bu bosqinchi davlat o‘rtasidagi tinchlik hargiz amalga oshmaydigan ertak ekanini ko‘rsatdi

«alwatanvoice.com»da (hijriy 1442 yil 30 shavvol, milodiy 2021 yil 11 may juma kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

««Isroil»ning Gaarets gazetasiga ko‘ra, juma kuni «Isroil»ning Rabotdagi diplomatik vakolatxonasi o‘z ishini hamon poytaxt Rabotdagi mehmonxonada olib bormoqda. Bu – Marokash Qirolligining yahudiy diplomatik vakolatxonasi uchun kerakli ofis berishdan bosh tortishi ortidan bo‘lgan.

Olti oy muqaddam «Isroil»ning Marokashdagi elchisi qilib tayinlangan David Govrin o‘z missiyasi uchun Rabotdan vakolatxona ochishda qiyinchiliklarga uchramoqda, deyiladi Gaarets gazetasida.

Gazetaga ko‘ra, Marokash hukumati Govrinning diplomatik missiyasi uchun poytaxtdan uzoqroqdan bino bergan, ammo u bunga rozi bo‘lmagan. U yahudiylarning diplomatik missiyasi qarorgohi boshqa elchixonalar bilan bir kvartalda bo‘lishini istagan va bu bilan missiyaning to‘laqonli elchixonaga aylantirishga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirgan.

Marokashdagi ijtimoiy tarmoq faollari bir necha oydan beri «Isroil» diplomatik vakolatxonasining Rabotdan chiqarib yuborilishini talab qiluvchi kampaniya olib bormoqdalar. Faollarning aniqlashlaricha, Marokash poytaxti aholisidan o‘z binolarini ofis uchun ijaraga beruvchilar Govrinning yahudiyligini bilganlaridan so‘ng unga ijaraga berishdan bosh tortmoqdalar».

Roya gazetasining 2021 yil 16 iyun chorshanba kungi 343-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.