Dushanbeda ShHT Xavfsizlik kengashi kotiblari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

382
0

Dushanbeda ShHT Xavfsizlik kengashi kotiblari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

 Tojikistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari xavfsizlik kengashi kotiblarining 16-an’anaviy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

 Uchrashuvda RF XK kotibi Nikolay Patrushev ishtiroki kutilmoqda.

 “ShHT Xavfsizlik kengashi kotiblari 22-23 iyun sanasiga rejalashtirilgan”, – deb aniqlik kiritgan RF XK.

 Uchrashuvda qanday mavzular muhokama etiladi va tashrifning qolgan tafsilotlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar yo‘q.

 ShHT – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston etakchilari tomonidan tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi hukumatlararo xalqaro tashkilotdir.

 Joriy yilda tashkilotning 20 yillik yubileyi nishonlandi. Hozirda ShHTga raislik vakolati Tojikistonga o‘tgan.

 Hozirda Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston ShHTda kuzatuvchi maqomiga, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka esa sherik-davlatlar maqomiga ega.

 Izoh: AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketishi oldidan mamlakatda Tolibon harakati birin-ketin hududlarni o‘z nazoratiga ola boshladi. Tolibon harakati O‘rta Osiyo davlatlari bilan chegara hududlariga tobora yaqinlashib, O‘zbekiston va Turkmaniston uchun “bufer zona” bo‘lgan etnik o‘zbek va turkmanlar yashaydigan hududlar ustidan ham nazorat o‘rnatdi. Ba’zi xabarlarga ko‘ra, etnik o‘zbeklar lideri Abdulrashid Do‘stum tolibonlar bilan jangda yaralanib Afg‘onistonni tark etgan. Bu xabar to‘g‘ri bo‘ladigan bo‘lsa, mintaqa davlatlari uchun qochqinlar muammosi paydo bo‘ladi. Afg‘ondagi etnik o‘zbek, turkman va tojiklar o‘z jonlarini saqlash uchun tarixiy vatanlariga qochishga majbur bo‘lishadi. Bu esa shundoq ham qashshoq bo‘lgan mintaqa davlatlari uchun qo‘shimcha muammo yaratadi. ShHT xavfsizlk kengashi kotiblari uchrashuvidagi asosiy mavzu – Afg‘oniston, kutilayotgan qochqinlar oqimi va AQSh harbiy bazasi masalasi bo‘ladi.

 Abdurahmon Odilov 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.