Qirgʻiz hukumatining kirdikorlari

855
0

Qirgʻiz hukumatining kirdikorlari

Qirgʻiziston hokimiyati mamlakatda kutilayotgan siyosiy inqiroz oldidan musulmonlarga qarshi chalgʻituvchi provakatsion harakatlar boshlamoqchi. Bakiyevning rejimi ham xuddi shu yoʻldan borib, shayx Muhammad Rafiq Kamolovni otib oʻldirgan edi

Turkiston:

Qirgʻizistonda Bakiyevlarning rejimi Atambayevnikidan ancha kuchli edi. Lekin shunga qaramay, u kutilmagan holda tez va qisqa muddat ichida qulatildi. Baʼzilar buni musulmonlarning, xossatan Rafiq qori Kamolovning qargʻishiga qolgani bilan izohlab, Allohning diniga osiylikning oqibati, deya baholashdi.

Eslatib oʻtamiz, 2006 yilning 8 avgust kuni Janish Bakiyev tomonidan uyushtirilgan maxsus amaliyot chogʻida, Qorasu rayon bosh imom xatibi shayx Rofiq Kamalov Oʻsh shahrida Oʻzbek va Qirgʻiz maxsus harbiylari tomonidan otib oʻldirilgan edi. Hukumat bu qotillik ortidan yuzlagan musulmonlarni ekstremist, terrorist deb qamay boshlagan edi. Yetakchi rejim vakillari har safar siyosiy inqirozga uchray boshlaganida, Islom va musulmonlarni mamlakat uchun qoʻrqinchli vahima qilib koʻrsatishga harakat qilib koʻrishadi.

Atambayev Qirgʻiz elitasini ikkiga boʻlib yubordi. Oʻzi bir chetga chiqib olib, bir elita vakillarining bir nechta boʻlaklarga boʻlingan qisimlari oʻrtasidagi kurash natijasini kutib turipti. Bu kurash borgan sari ular uchun hayot mamot kurashiga aylanib boryapti. Ular bir necha boʻlaklarga boʻlinib olishdi. Prezident tarafdorlari uchun Atambayev bir bayroq singari boʻlib qoldi. Uning quvvati va taʼsiri kun sayin zaiflashib boryapti. Prezident tarafdorlari esa, oʻzlariga qarshi taraflarning siyosiy quvvatlari oldida esankirab qolishyapti. Kuchli siyosiy va harbiy figuralar birin ketin muxolif kuchlar tarafiga oʻtib keta boshladi. Boshqa davlat arboblari ham bir chetda turib, rasmiy yetakchi guruh tomoniga bir qadam ham bosmay, ikkilanib turib qolishdi. Mavjud tajribasiz va siyosiy oʻta zaif hokimiyat vakillari bu jangda magʻlub boʻlishsa, ularni nimalar kutayotganini tasavvur qilishyapti.

Shuning uchun bu tajribasiz davlat yetakchilari Oʻzbekiston va Tojikiston singari bir necha oʻn yillar mobaynida tiklangan avtoritar rejimlar ham amalga oshira olmayotgan amaliyotlarni rejalay boshlashdi. Ular nomini sir tutgan bir IIMning 10 boʻlimida ishlayotgan organ xodimi tomonidan, 18 yoshgacha boʻlgan musulmonlarni masjidga kiritmaslik taklifi bilan chiqdi. Bu taklif hukumat tomonidan atayin koʻtarilgan provakatsiyaga chaqirish maqsadidagi populistik va chalgʻituvchi manyovr boʻldi, desak toʻgʻri boʻladi. Maqsadlari masjidlarni militsiya nazorati ostiga olish orqali musulmonlarning jigʻiga tegishdir. Ular musulmonlar tomonidan hukumatga qarshi biror bir moddiy harakat sodir boʻlishini kutishadi. Balki kattaroq keng miqyosda qarshilik aktsiyalarini provakatsiya qilishni umid qilishayotgan boʻlishi mumkin. Bu bilan mamlakatda IIM va harbiy kuchlar strukturalarining taʼsir quvvatlarini yanada kuchaytirib olishni koʻzlashmoqda.

Yaqinda, ichki ishlar vaziri Qashkar Junusaliyevning ishdan boʻshatishlarini soʻrab oʻz ixtiyori bilan ariza yozgani ham ularnin shunday maqsadlari borligiga dalolat qiladi. Vazir oʻz arizasining sababini, “mendan baʼzi bir fuqorolarni noqonuniy qamoqqa olishimni talab qilishayapti”, degan maʼnoda izohladi.

Ichki ishlar vazirligiga Suyun Omurzakovni olib kelishni rejalashtirishmoqda. Omurzakov hozir Atambayevchilar komandasining ishonchli vakilidir. U ilgari Bakiyevchilar bilan birga edi. Bakiyevning oxirgi kunlarigacha ular tarafda boʻlib, soʻng Moskva shahriga qochib ketgan edi. U yerdan oʻz yurtiga Melьs Mirzakmatov Oʻsh shahrini yetaklay boshlaganida qaytib keldi. Omurzakovning hozirgi holati ham avvalgi holatiga oʻxshab boryapti. U yana mavjud prezidentga bor budini tikib yubordi. Prezidentni va uning atrofidagilarni rozi qilish uchun oʻz taqdirini prezident taqdiriga bogʻlab oldi. Omurzakov uchun xuddi Ilmiyanov, Niyazov singari ortga yoʻl qolmadi. Prezidentning bu komandasi tajribasiz, xalqaro va hatto ichki siyosatda ham obruy va eʼtiborsiz boʻlishiga qaramay, oʻz jonlarini saqlab qolish uchun ham, tish tirnogʻi bilan yetakchilikni saqlab qolishga harakat qilishadi.

Oʻzlari shu holatda boʻla turib, Islom va musulmonlarga qarshi kurash ochishmoqchi. Bu uslub dunyo kufr sistemasining olamda mashhur uslubi ekanligi bois bular ham shu yoʻnalishni tanlashmoqchi. Organ xodimlarini mutlaq oʻz qoʻllariga olishyapti. Sud va prokurotura ham qisman tasirlari ostida. Demak, musulmonlarni jamiyatda vahima qilib koʻrsatish amaliyotini boshlashga tayyorlanishyapti.

Buning uchun ular mumkin qadar musulmonlarni jigʻiga tegadigan ishlarni boshlashadi. Soʻng musulmonlar bir oz jumbushga kelib, haq huquqlarini talab qila boshlaganda va organ xodimlari ularni masjiddan toʻsgan paytda qarshilik qila boshlaganda, oʻzlari yana qoʻporuv amaliyotlarini birin ketin davom ettira boshlashadi. Chunki musulmonlarni masjiddan toʻsish, Qirgʻizistonda keraksiz va amalga oshirib boʻlmaydigan manfaatsiz uslubdir. Bu uslub faqat provakatsiya maqsadida amalga oshirilishi mumkin.

Agar esi-hushini yigʻib olishsa, bu iflos maqsadlaridan voz kechishadi. Kufrning kreslolarini bizlarga keragi yoʻq. Oʻzlaring bir birlaring bilan kufr uslublari va qonunlariga muvofiq talashaveringlar. Yoʻq yerdan biz musulmonlarni oʻrtalaringga tiqishtirib, mamlakatni parokanda boʻlishiga sababchi boʻlmanglar. Hech boʻlmasa tarix va kelajak avlodlaring oldida obruylaringni saqlab qolinglar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.