Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati: zolim hukmron rejim ag‘darilmas ekan saylovlarning mutlaqo ahamiyati yo‘q

228
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati: zolim hukmron rejim ag‘darilmas ekan saylovlarning mutlaqo ahamiyati yo‘q

G‘arbiy Halabning Atarib shahrida Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati «Zolim hukmron rejim ag‘darilmas ekan, saylovlarning mutlaqo ahamiyati yo‘q, Bashar bilan Bashir o‘rtasida hech qanday farq yo‘q» nomli namoyish o‘tkazdi. Katta jome masjididan yo‘lga chiqqan namoyishda ishtirokchilar uqob bayrog‘ini ko‘tarib, rejim ag‘darilishini va uning soxta saylovlarining bekor qilinishini talab qilib hayqirdilar hamda qonxo‘r rejimga qarshi frontlarni ochishga chaqirdilar. Namoyishchilar ko‘targan plakatlarda «Bu saylov sahnasining pardasi xalqaro hamjamiyatdir, rejissyori esa Amerikadir», «Qo‘zg‘olon Bashar va uning qonuniyligini yo‘qqa chiqargan ekan, Basharning ortidan ergashayotganlarni ham yaqinda yo‘q qiladi», kabi so‘zlar ta’kidlandi. Yana bir plakatda xalqaro hamjamiyatdan echim so‘rayotganlarga Qarata «Biz Allohdan o‘zga hech kimdan yordam so‘ramaymiz va U rozi bo‘ladigan narsadan boshqasiga rozi bo‘lmaymiz», deyildi.

Shimoliy Idlibdagi «Tibatul imom» qochqinlar lagerida «Asadga ham, saylovlariga ham qonuniylik yo‘q» nomli shu kabi namoyish o‘tkazildi.

Kecha yurt janubidagi Dar’a shahrida o‘tkazilgan namoyish esa, rejim kuchlari tomonidan o‘qqa tutildi… Bular Bashirning Dar’al Mahatta rayonidagi Saraya binosi yaqinidagi harbiy postlarda joylashgan kuchlari edi… Oqibatda bir necha namoyishchi yaralandi. Faollar tomonidan tarqatilgan videoda Dar’a namoyishidagi yoshlarning shahar markaziga kirib borayotganlari, postdagi rejim qo‘shinlarning ularga qarata o‘t ochayotgani tasvirlangan. Ushbu hujumda to‘rt nafar namoyishchi yaralandi. «Ahrori Hivron» jurnalistlar uyushmasi xabariga ko‘ra, qonxo‘r Bashirning soxta saylovlarda g‘alaba qozongani e’lon etilishi ortidan, namoyishchilar Dar’a Mahattaga kirib borib, uning osig‘liq katta suratini parchalab tashladilar.

Roya gazetasining 2021 yil 2 iyun chorshanba kungi 341-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.