Ibn Salmon Rosululloh ﷺning sunnatlarini bekor qilib, Qazzofiyning «sunnat»ini jonlantirmoqda

127
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ibn Salmon Rosululloh ﷺning sunnatlarini bekor qilib, Qazzofiyning «sunnat»ini jonlantirmoqda

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi Saudiya Arabistoni valiahdi Muhammad ibn Salmon maqtanayotgan «2030 yil uchun Saudiya qarashlari» loyihasini qoraladi. Shu haqda nashr qilgan matbuot bayonotida quyidagilarni ta’kidladi:

«Ushbu kapitalistik iqtisodiy qarash jar yoqasiga qurilgan bo‘lib, Ibn Salmon ayni loyiha orqali o‘z hukmronligini mustahkamlashni ko‘zlamoqda. Zero, kapitalistik iqtisodda neftь Ummatning mulki hisoblanmaydi. Bu iqtisod harom soliqlar solishga hamda «mulozimlarni saudlashtirish», shiori ostida saudiyalik bo‘lmaganlardan voz kechishga asoslangan. Unda albatta, Ummatni tilka-pora etgan Sayks-Piko nazariyasi ulug‘lanadi. Ushbu «2030 yil uchun Saudiya qarashlari» ikki Harami Sharif yurtini va Arab jazirasini kofirlar sayohati uchun lang ochib bermoqda, vaholanki, buni Rosululloh ﷺ harom qilganlar».

Bayonotda yana bunday deyildi:

«Ibn Salmon mo‘’tadillik, degan narsani dastaklab, nafaqat kofirlarga mos qonunlar chiqarmoqda, balki, shu bilan birga, ilgari yashirincha amalga oshirib kelingan ilmoniylikni jamiyatda ochiqdan-ochiq mustahkamlash ustida ishlayapti. Mana, yaqinda u qat’iy ochiq mutavotir nusus (Qur’on matni) bo‘lmaguncha davlat tomonidan jazo qo‘llanmasligini ochiq gapirdi. Bu esa, Rosululloh ﷺning sunnatlarini bekor qilish va Qazzofiyning «sunnat»ini tiqishtirishning boshlanishidir. Chunki Qazzofiy Rosululloh ﷺning sunnatlarini bekor qilishga uringan.

Ibn Salmon mazkur loyihani amalga oshirishga zamin tayyorladi. Ya’ni, mashoyix va ulamolardan iborat musulmon da’vat ahliga qarshi kurashib, ularni qamoqqa tiqdi. Buni o‘zi rozi qilishga o‘lib-tirilib urinayotgan xo‘jayini Amerika uchun qildi».

Bayonot so‘nggida musulmon Hijoz ahliga murojaat qilib, bunday deyildi:

«Alloh Taolo sizlarning yurtingizni ikki Harami Sharif tufayli hamda risolalar ichida butun insoniyatga nozil qilgan oxirgi risolasi sababli musharraf qildi. Bas, harakatga kelib, bunday munkardan qaytaring hamda bundan razil ishlarni oldini oling, aks holda, barcha razolat va fasod har biringizning xonadoningizga kirib boradi va unda kech bo‘ladi. Shuningdek, Robbingiz rozi bo‘luvchi ma’rufga buyurib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni qayta barpo etish bilan o‘z izzat va ulug‘ligingizni qayta tiklang.

Roya gazetasining 2021 yil 2 iyun chorshanba kungi 341-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.