Asl haqiqat va axborot adashtiruvi

338
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

«Sudandagi demokratik o‘zgarishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Parij konferentsiyasi»

Asl haqiqat va axborot adashtiruvi

Ustoz Ibrohim Usmon Abu Xalil
Hizb ut-Tahrirning Sudandagi rasmiy notig‘i

2021 yil 17 may kuni Sudan masalasi bo‘yicha xalqaro konferentsiya bo‘ldi. «Sudandagi demokratik o‘zgarishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Parij konferentsiyasi», deb nomlangan va ikki kun davom etgan ushbu konferentsiyasi keng auditoriyada o‘tdi. Unda jumladan, o‘tish davri suveren kengashi raisi Burhon etakchiligidagi sudanlik qator rasmiylar, Vazirlar Mahkamasi raisi Abdulloh Hamduk, shuningdek, Misr prezidenti Sisiy, ayni loyiha muallifi Frantsiya prezidenti Makron, afrikalik, evropalik va arabistonlik rasmiylar kabi. Yig‘inda so‘zlangan rasmiy nutqlarda, asosan, Sudandagi o‘tish jarayonining siyosiy jihatlariga hamda ushbu jarayon muvaffaqiyati Sudanga donor davlatlar tomonidan beriladigan iqtisodiy yordamlarga bog‘liq ekaniga e’tibor qaratildi.

Xo‘sh, ushbu konferentsiyadan qanday oshkor va yashirin maqsadlar ko‘zlangan? Konferentsiya qanday yakuniy xulosa chiqardi, qanday foydaga erishdi va Sudan ahli undan qanday samara olishi mumkin?

Oshkor etilgan maqsadlardan biri Sudanning 60 milliard dollardan ziyod qarzlarini kechish bilan yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayonotlar bo‘ldi. Ammo natija, xoh Frantsiya tomonidan bo‘lsin, xoh boshqa davlatlar tomonidan bo‘lsin, faqat va’dalardan iborat bo‘ldi. Frans-Press axborot agentligi Makronning mavzuga aloqador «Biz Sudanning bizdan bo‘lgan 5 milliard dollarlik qarzini bekor etilishini qo‘llab-quvvatlaymiz», degan gapini xabar qildi. Biroq ommaviy axborot vositalari, ayniqsa Sudandagi axborot vositalari go‘yo Parij Sudanning o‘zidan bo‘lgan qarzlarini kechib yuborgandek xabar qilishdi. Shubhasiz, bu Sudan jamoatchiligi fikrini adashtirishdir. Shuningdek, 15 nafar Afrika, Evropa, Arab davlatlari rahbarlari va xalqaro tashkilotlar Sudandagi siyosiy o‘tish jarayonini qo‘llab-quvvatlashga hamda donor davlatlar uchun to‘lanishi kechiktirib yuborilgan qarzlarni qoplashi uchun Sudanga yana qarz berishga va’da qilindi. Ko‘rib turganingizdek, xuddi ilgari bo‘lganidek, bu xayoliy va’dalardan boshqa narsa emas. Ilgari ham Berlin, Saudiya va boshqa davlatlarda o‘tkazilgan konferentsiyalarda ham shu kabi va’dalar berilgan. Hatto ayni va’dalar voqeda amalga oshirilgan taqdirda ham Sudan bundan aslo foydalanolmaydi. Chunki berilgan yordamlar qarzga ketadi, ya’ni, qarzni qarzga almashtiriladi! Bu ilgari Amerikaning Jahon Banki orqali qilgan ishining aynan o‘zi bo‘lib, o‘shanda Amerika 1.15 milliard dollar qiymatida kredit bergan.

Frantsiya ham shunga o‘xshash va’da berdi. Uning moliya vaziri Bryuno Le Mer Parij konferentsiyasi oldidan – Frantsiya qarzlardan qiynalib qolgan va demokratik o‘tish jarayonini boshdan kechirayotgan Sudanga yordam berish uchun Xalqaro Valyuta Fondiga beradigan kechikkan qarzlarini to‘lashiga yordam bermoqchi, buning uchun Sudanga 1.5 milliard dollar kredit beradi, dedi.

Bularning barchasidan Sudanni xalqaro tashkilotlardan yanada ko‘proq kredit olishga loyiq davlatga aylantirish ko‘zlangan. Vaholanki, shundoq ham bu yurt xalqaro tashkilotlar ko‘rsatmalarini itoatgo‘ylik bilan bajarib keladi. Bu ko‘rsatmalar tovarlardan davlat qo‘llab-quvvatlovini to‘liq olib tashlashdir. Sudan hukumati bu ko‘rsatmani o‘zining majburiyati sifatida tatbiq qildi, oqibatda yonilg‘i mahsulotlari, elektr, gaz, non, suv va boshqa tovarlar narxi ko‘tarilib ketdi. Shuningdek, hukumat Sudan valyutasi-junayhning AQSh dollariga nisbatan kursini pastlatdi. Bu esa, odamlar hayotining jahannamga aylanishiga olib keldi. Chunki bu narsa Sudanning imkoniyatlarini sotishni yoki yurtning er osti va usti boyliklarini talon-toroj etishlari uchun ajnabiy kompaniyalar qo‘liga topshirishni keltirib chiqardi.

Konferentsiyaning asosiy maqsadiga, ya’ni, sir saqlangan maqsadiga kelsak, bu Sudanni ochiq-oshkora ilmoniylashtirishdir. Toki, Islom hokimiyat tepasiga chiqmasin. Bu maqsad borasida Evropa ham, Amerika ham – garchi bu yurtda ikkalasi nufuz borasida kurash olib borishayotganiga qaramay – sherikdirlar. «Erkinlik, tinchlik va adolat, bu uchalasi Sudan qo‘zg‘olon vakillari takrorlagan so‘zlardir», dedi konferentsiya boshlanishida Frantsiya prezidenti Makron. U o‘tish davri jarayonini maqtar ekan, bu jarayon siyosiy islom ustidan g‘alaba ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, Sudan bosh vaziri Hamduk ham Parij konferentsiyasiga ketishi oldidan undan ko‘zlangan asosiy maqsadni quyidagicha ochiqlab qo‘ygan edi: «Parij konferentsiyadan kutilayotgan narsa bu yurtni dunyoga namoyish qilish va haqiqiy o‘rniga qaytarishdir. Shuningdek, yurtni terrorizmni qoralovchi, tinchlik va xavfsizlikni olqishlovchi qilib hamda uning rivojlanishiga va xalqaro hamjamiyat bilan qorishishiga yordam beradigan har bir davlatga o‘z darvozalarini ochib beruvchi bag‘rikeng davlat qilib ko‘rsatishdir».

Xalqaro siyosatda terrorizm, deganda Islom nazarda tutiladi, bu ayon narsa. Hamduk terrorizmni qoralash, deganda Islomning qolgan ahkomlarini, ham yo‘q qilishni nazarda tutdi… masalan, ijtimoiy nizomni, ayrim jazo hadlarini butunlay tugatish va ta’lim dasturini o‘zgartirish, shu orqali xalqaro kufr qonunchiligiga muvofiqlashtirish kabi.

Ma’lumki, Sudandagi o‘tish davri hokimiyatini bir tomondan Amerika tortqilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan Evropa tortqilayapti. Konferentsiya rahnamosi Evropa (Frantsiya)dir. Shuning uchun konferentsiyada Amerikaning ta’siri bir muncha zaif ekanini ko‘ryapmiz. AQSh Milliy yordam Fondi raisasi Samanta Pauer konferentsiyada ishtirok etib, uning davlati «Sudanni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘lidan kelgancha harakat qilajagi»ni ta’kidladi. Bu siyosiy ilmoqli so‘z. Zotan, Jahon Banki bilan Xalqaro Valyuta Fondiga ham bevosita Amerika hukmron. Shu sababdan u o‘tish davri hukumatini muvaffaqiyatsizlikka uchratish uchun uning oldiga Hamduk etakchiligi orqali to‘siqlar qo‘yajak. Agar Amerika shu orqali hukumatni yiqita olsa, hokimiyatni o‘zining odamlari orqali boshqaradi. Buni hukumatning hamon bosimlardan boshi chiqmayotgani tasdiqlab turibdi. Moliya vaziri Jibril Ibrohimning 2021 yil 22 may kuni «Hadas» va «Arabiya» kanallariga bergan intervьyusidan ma’lum bo‘lishicha, hukumatga boshqa tovarlardan ham davlat qo‘llovini olib tashlash lozimligi to‘g‘risida yangi talab qo‘yilgan. «Biz tabiiy gaz va nondan qo‘llab-quvvatlovni hozirda olib tashlashga tayyor emasmiz, buni keyinroq amalga oshirishimiz mumkin», deya qo‘shimcha qildi u.

Parij konferentsiyasidan maqsad mana shu. Bu yig‘inning bevosita salbiy ta’sirini mahalliy valyutaning dollarga nisbatan kursining keskin tushib ketgani ham ko‘rsatib turibdi. Ya’ni, bir dollar 400 junayh edi, 450dan oshib ketdi. Bosim hamon davom etmoqda va oqibatda tovar va xizmatlar bahosi ortib ketdi va ortishda davom etadi ham. Zero, bu narxlar olovi Sudan ahlini ertayu kech kuydirmoqda.

Kattayu kichikka ochiq ma’lum bo‘lgan haqiqat shuki, Sudan er osti va usti boyliklari mo‘l davlat bo‘lib, butun dunyoning oziq-ovqat savati, deya baholanadi. Biroq shunga qaramay, u hukmdorlar siyosati sababli faqirdir. Hukmdorlar yurtni xarob, fuqaroni qashshoq qilib bo‘lsa ham mustamlakachi kofirning rozi qilishdan boshqa tashvishni bilishmaydi.

Tub echim albatta Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati soyasida Islom bilan boshqarishdan iborat. Xalifalik davlati mustamlakachi kofirning yurtga uzatilgan qo‘lini qirqib tashlaydi, sudxo‘rlikka asoslangan fondlar bilan aloqalarni uzadi hamda Ummatning energetika va boyliklaridan fuqarolar manfaati bo‘yicha keng miqyosda foydalanadi. Aynan shu yo‘l bilan nafaqat Sudan balki butun dunyo jirkanch ochko‘z kapitalizmdan qutuladi.

Roya gazetasining 2021 yil 26 may chorshanba kungi 340-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.