Qirg‘iz-tojik chegarasida vaziyat yana keskinlashdi

205
0

Qirg‘iz-tojik chegarasida vaziyat yana keskinlashdi

 Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi vaziyat keskinligicha qolmoqda, Tojikiston tomonida texnika va harbiylar to‘planayotgani kuzatilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining chegara xizmati ma’lum qildi.

 Ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston vakillari 4 iyunga o‘tar kechasi chegaraning O‘sh viloyati Cho‘n-Oloy tumani Unju-Buloq hududidan o‘tuvchi aniqlanmagan qismida konteyner o‘rnatishni boshlagan va Qirg‘iziston ichkarisiga ming metrgacha kirgan.

 “Qirg‘iz-tojik chegarasida vaziyat keskin deya baholanmoqda. Tojikiston tomondan avtomobil va engil zirhli texnikada harbiylar to‘planayotgani kuzatilmoqda”, – deb ma’lum qilgan Qirg‘iziston chegara xizmati.

 Izoh: Yana chegara mojarosi, yana musulmon yurtlari hisoblangan ikki qo‘shni davlat o‘rtasida kelishmovchilik, yana rasmiy hukumatlari bir-birini ayblab, o‘zaro norozilik notalari bilan almashishi, yana chegara hududlarida yashovchi musulmonlar bir-biridan xavfsirab, qachon qurolli to‘qnashuvlar boshlanishini kutib yurak xovuchlab yashashi, yana va yana… Bu hol qachongacha davom etadi?

 Qirg‘iz hukumati tojik tomonini kelishilmagan hududda konteyner o‘rnatishda ayblayotgan bo‘lsa, tojik tomoni mazkur hudud delmitasiya qilinganini ma’lum qilmoqda. Bu xodisadagi muhim jihat tojik tomoni Unju-Buloq hududida konteyner o‘rnatishi arafasida Rossiyaning nufuzli “Argumentы i faktы” nashri qirg‘iz-tojik chegarasida yana bir qurolli to‘qnashuvdan qochish qiyin ekanligi haqda yozib chiqdi. Nashr “3 million qochqin kuting”. Qirg‘iz-tojik urushi Rossiyaga qanday tahdid soladi?” sarlavhasi ostida katta maqola e’lon qildi. Maqolada qirg‘iz-tojik chegarasidagi qurolli to‘qnashuvini uch qismga bo‘lib – “O‘rik urushi”, “Urishdik, tarqab ketdik” va “Biz ruslar bilan yashaymiz” aks ettirilgan. Maqolada chegarada yana to‘qnashuv bo‘lishi ta’kidlangan.

 …“Endi avvalgi munosabatlar tiklanmaydi. Qirg‘izlar tojiklarning uyiga yaqin bormaydi, qo‘shnilari bilan gaplashmaydi. Men katta urush oldidagi o‘q-dorilarning hidini sezyapman. “AiF”ning ushbu davlatlardan biridagi rossiyalik diplomatik manbasiga ko‘ra, har ikki tomondan og‘ir texnikalar asta-sekin tortib kelinmoqda, shu sababli og‘ir harbiy harakatlardan qochib bo‘lmaydigandek tuyilmoqda. Qirg‘iz hukumati ushbu xodisadan nomuslanib qoldi va “javob qaytarishga” chanqoq, tojik hukumati esa o‘z vaziyatini “kichik g‘alaba urushi” bilan yaxshilashga qarshi emas”, – deb yozilgan maqolada…

 Bugunga kelib, aprel oyi oxirida qirg‘iz-tojik chegarasida sodir bo‘lgan qurolli to‘qnashuvlar Rossiya ruxsati va nazorati ostida bo‘lgani hech kimga sir bo‘lmay qoldi.

 Rossiya uchun Markaziy Osiyoda o‘z ta’sirin saqlab qolishning yagona yo‘li – harbiy quvvatdan iborat bo‘lib qoldi. U o‘zini mintaqadagi “tinchlik garanti” sifatida namoyon qilishga jiddiy harakat qilmoqda. “Tinchlik garanti” bo‘lishi uchun esa mintaqada keskinlik va ziddiyatlar davomli bo‘lishi zarur. Rossiya bu keskinlikni Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida sun’iy paydo qilib kelmoqda. Mintaqadagi malay rahbarlar esa uning nog‘orasiga o‘ynab, ikki dindosh xalq o‘rtasida adovat paydo bo‘lishga hissa qo‘shishmoqda. Toki o‘rtamizda ayni shu mustamlakachi davlatlar tomonidan tortilgan sun’iy chegaralar va malay hokimlar turar ekan bu muammolardan qutula olmaymiz. Ular istagan vaqtda bu masaladan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib keskinlik va muammolarni keltirib chiqarishaveradi. Bizlar esa bir-birimizga qarshi adovatdan xalos bo‘lolmay, nafratimiz va kuchimizni asosiy dushmanga qarshi birlashtirish o‘rniga o‘zaro nizolashib yuraveramiz.

 Biz musulmonlar mustamlakachi kofir davlatlardan va ularning qo‘lidagi qo‘g‘irchoq, o‘z xalqi manfaati va kelajagini xojalarining rejasi uchun qurbon qilishga tayyor bo‘lgan ustimizdagi hukmdorlardan qutulmoqchi bo‘lsak o‘z aqidamiz, shu aqidadan balqib chiqadigan tuzumni hayotmizga tatbiq qiladigan Islom davlatini barpo etishimiz shart. Faqat Islom davlatigina mustamlakachi kofirlar tomonidan o‘rtalarimizga tortilgan sun’iy chegaralarni yo‘q qila oladi. Bizlarni islomiy robita asosida birlashtiradi va bir birimizdan doimiy xavotirda yashashimizga barham beradi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.