بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Abdulmalik Badriddin Husiyga: Xalifa qilish Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik demakdir
Abdulmalik Badriddin Husiy har yilgi odatiga ko‘ra, Ro‘za oyida har kuni ma’ruza bilan chiqish qildi. Ramazonning yigirmanchi kuni yigirmanchi ma’ruzasida Allohning insonni er yuziga xalifa qilishi haqida gapirdi.
Abdulmalik Husiy Dovud, Sulaymon, Nuh va Ibrohim alayhissalomlarning xalifa qilinishi haqida gapirar ekan, biz da’vat qilayotgan Xalifalik, ya’ni, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik haqida churq etmadi, vaholanki, bunga Qur’onda ham, sunnatda ham dalillar mavjud.
Bunga nisbatan, Hizb ut-Tahrir – Yaman viloyati matbuot bo‘limi bayonot chiqarib, quyidagilarni ta’kidladi:
«Xalifalik ag‘darilib, Islom bilan hukm yuritish er yuzida yo‘q qilinib, musulmonlar tugul, hatto g‘arbliklarni ham baxtli qila olmagan boshqaruv musulmonlarga zo‘rlab o‘tkazildi… Shundan so‘ng, 1953 yil Quddusda Hizb ut-Tahrir asoschisi ulug‘ olim Taqiyyuddin Nabahoniy rohimahullohning qo‘li bilan musulmonlarni er yuziga g‘olib qilish harakati boshlandi. Bu harakatdagi maqsad Rosululloh ﷺning ilk Islom davlatini barpo etishda yurgan minhojlari asosida Xalifalikni barpo etish bo‘ldi.
San’oda Ommaviy Xalq Kongressi partiyasi bilan hokimiyatni bo‘lishib olgan Husiylar jamoasi raisi Abdulmalik Husiy butun Ramazon oyi mobaynida faqat o‘z jamoasiga murojaat qiluvchi voiz sifatida chiqish qildi, boshqaruv va siyosat ishlarida etakchilik qiluvchi hukmdor-rahbar sifatida emas! Yamanda kimda-kim butun dunyodagi birodarlari bilan birgalikda er yuzida Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo qilish ishida qatnashayotgan bo‘lsa, u xalifa qilish to‘g‘risida va’z o‘qigan mana shu Abdulmalik Husiy va uning gumashtalarining ta’qibi, oylab va yillab muddatga qamoqqa tashlashi qurboni bo‘lmay qolmayapti. Hozirda ulardan ko‘pchiligi Taaz shahridagi Solih qamoqxonasida hamda San’odagi Hibra qamoqxonasida yotibdi… Yurtda qo‘llanayotgan afvlar ularga nisbatan istisno qilinmoqda.
Musulmonlarning ikki dunyo saodatiga erishishlari uchun Xalifalikdan o‘zga yo‘l yo‘q. Chunki Alloh Taolo Islom bilan hukm yuritish, musulmon yurtlarini birlashtirish va Islomni butun dunyoga olib chiqish uchun Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etmoqni musulmonlarga farz qildi. O‘z ahlini aslo aldamaydigan etakchi Hizb ut-Tahrir Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etmoqqa eng shimardi. Bunga Hizb Allohning xalifa qilish haqidagi va’dasini va Rosuli ﷺning bashoratlarini ro‘yobga chiqarish uchun harakat qilmoqda. Zero, Rosululloh ﷺ
وَمَا يَنطِقُ عَنِ الْهَوَى * إِنْ هُوَ إِلَّا وَحْيٌ يُوحَى
«Va u (sizlarga keltirayotgan Qur’onni) o‘z havoyi-xohishi bilan so‘zlamas. U (Qur’on) faqat (Alloh tomonidan payg‘ambarga) vahiy qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir» [Najm 3-4]
Roya gazetasining 2021 yil 12 may chorshanba kungi 338-sonidan