Falastin – Ummatning taqdiriy masalasi!

403
0

Falastin – Ummatning taqdiriy masalasi!

 Muborak Ramazon oyida yahudlar Al-Aqso masjidiga amalga oshirgan bosqinchilik tufayli dunyoning turli erlarida musulmonlar aktsiya uyushtirishdi. Bu aktsiyalarda «Armiyalar Aqsoga» shiorlari yangrab, yahud vujudi harakatlariga qarshi fikrlar aytilmoqda. Ushbu xodisalar tufayli Falastin masalasining tarixiy va siyosiy jihatlarini aniqlashtirish zarurati tug‘ildi.

 Yaqin Sharq, shu jumladan, Falastin insoniyat tarixida muhim ahamiyatga ega mintaqalardan biri bo‘lgan. Forslar (milloddan avvalgi) 538-yilda Quddusda Vavilonliklar ustidan g‘alabaga erishdi. Keyin m.a. 332-yilda Aleksandr Makedonskiy bostirib keldi. Undan so‘ng Quddusni m.a.gi 63-yili Rim egallab oldi. Vizantiyaliklar davrida Xiraql podshoxligi vaqtida fors podshoxi Kisro qo‘shinlari g‘arb tomondan bostirib kelib Suriya va Falastinni ishg‘ol qildi. 614-yilda fors qo‘shini Quddusni egalladi. Ammo Xiraql qaytib kelib o‘z kuchlarini to‘pladi va 623-yili forslarni engdi. Mana shu davrda Madinada Islom davlati tiklandi va Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning maktubi Xiraqlga etib bordi. 636-yili Umar roziyallohu anhu davrida Quddus fath qilindi. Shu davrdan boshlab Quddusning yangi tarixi boshlandi.

 Quddusning tarixi quyidagicha:

 سُبْحَانَ الَّذِي أَسْرَى بِعَبْدِهِ لَيْلاً مِنَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ إِلَى الْمَسْجِدِ الْأَقْصَى الَّذِي بَارَكْنَا حَوْلَهُ لِنُرِيَهُ مِنْ آيَاتِنَا إِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ

(Alloh) bir kecha, O‘z bandasi (Muhammad)ni – unga oyat-mo‘’jizalarimizdan ko‘rsatish uchun (Makkadagi) Masjidul-haromdan (Quddusdagi) Biz atrofini barakotli qilib qo‘ygan Masjidul-Aqsoga sayr qildirgan (barcha aybu nuqsondan) pok Zotdir. Darhaqiqat, U eshitguvchi, ko‘rguvchi Zotdir”. [Isro 1]

 636-milodiy yili Abu Ubayda roziyallohu anhu boshchiligidagi qo‘shin Quddusni fath qilganida Umar ibn Hattob roziyallohu anhu patriax Safroniyusdan Quddus kalitini qabul qilib oldi.

 Quddus muqaddasligining yana bir dalili, u Kaba qibla bo‘lib o‘zgargunga qadar 16 oy mobaynida musulmonlar namozda yuzlanadigan qibla bo‘lganligidir.

 Umar r.a Quddus kalitlarini qabul qilib olgan vaqtda quddusliklarga omonlik va ibodatxonalarni himoya qilish to‘g‘risida hujjat berdi. Shuningdek, ulardan jizyaning o‘rniga Quddusda birorta ham yahudiy ular bilan birga yashamasligini shart qilib, ahdnoma oldi. Ushbu ahdnoma hozirga qadar bor, u hozirgi kungacha patriarxlar tomonidan saqlab kelinmoqda.

 Shu vaqtdan boshlab Quddus dorul-Islomga aylandi va Islom hukmlari tatbiq qilina boshlandi. Uning xavfsizligi musulmonlarning himoyasiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Aholisi Islom fuqaroligiga ega bo‘ldi. Shunday qilib, Quddus himoya qilinadigan Islom dioriga aylandi. Shu sababli qiyomat kunigacha uni himoya qilish va saqlash, shuningdek, unga dushman hujum qilsa yoki biror bosqinchi egallab olsa uni qaytarib olish barcha musulmonlar uchun vojibdir.

 Hozirgi vaqtda olamda «vatan» tushunchasining aniq ta’rifi yo‘q. «Hozirgi Falastin yahudiylarga tegishli, u erda dastavval yahudlarning bobolari yashagan» deyishadi. Agar shu fikrdan kelib chiqsak, u holda AQSh hindularga tegishli bo‘lishi kerak edi. Mustamlakachi kofirlar bunday ta’riflardan faqat odamlarni chalg‘itish uchun foydalanishadi. Aslida Islomda dorul-Islom va baladul-Islom tushunchalari mavjud. Islom hukmlari bilan yashayotgan hudud dorul-Islom (Islom davlati) hisoblanadi. Agar Islom davlati hududlaridan bo‘lgan mamlakatlarni dushmanlar bosib olsa, u erlar dorul-Islom hukmidan chiqib ketsa-da, biroq, baladul-Islom (islomiy yurt)ligicha qolaveradi. Bu erlarni dorul-Islomga qaytarish uchun harakat qilish vojib bo‘ladi.

 Shunday qilib, Quddus Islom diyoriga aylanganidan so‘ng XI asrda evropaliklar Quddus shahriga bostirib kirishdi. Ular shahardagi barcha musulmonlarni o‘ldirishdi, so‘yishdi va o‘tda yoqib yo‘q qilishdi. U erdagi yahudiylarni ibodatxonaga to‘plab yoqib yuborishdi. Keyin Salohiddin Ayyubiy yurish qilib Quddusga kirdi. Ammo u nasroniylarni qilichdan o‘tkazmadi. Aksincha birorta ham ayol, yosh bola va qariyaga ozor bermay, barchasini shahardan chiqarib yubordi. 1517-yili (isroil) hududi Xalifa Selim I davrida Usmoniy davlatiga qaragan va 400 davomida shu davlat boshqaruvi ostida bo‘lgan. 1799-yili Falastinga Napoleon hujum qilib, G‘azo, Ramla, Ladom va Yaffa shaharlarini bosib oldi. Napoleon yahudiylarga Falastinni olib berishni va’da qilgan edi. Keyin Frantsiya malayi Ibroxim posho yahudlarga Falastinni olib berishni va’da qiladi va 1832-yili Falastin Ibroxim posho tomonidan ajratilib Damashq viloyatiga qo‘shiladi. Napoleon Falastinda mag‘lubiyatga uchrab, Misrdan butunlay xaydab chiqarilgach, shuningdek 1840-yilda imzolangan London shartnomasiga muvofiq, Ibroxim posho mag‘lubiyatga uchrab Misrga qaytib kelgani sababli har ikki va’da ham bajarilmay qoldi.

 Usmoniylar davrida ham Quddus azizligicha saqlanib turdi. Keyin Abdulhamid rahimahulloh Quddusda sionistlarga er sotilishiga qarshi turdi va sionistlar rahbari Teodor Gertselga shunday javob qildi: “Doktor Gertselga etkazib qo‘yinglar u bundan keyin bu ishga hech qanday kuch sarflamasin. Sababi men bu yurtning bir qarich erini ham boshqalarga berishga rozi bo‘lmayman. Chunki, bu yurt mening shaxsiy mulkim emas, balki Ummatning mulkidir. Ummat bu yurt tuprog‘ini o‘z qoni bilan sug‘organ. Shuning uchun eng yaxshisi, yahudlar million-million oltinlarini o‘zlarida saqlab qo‘yishsin”.

 Teodor Gertsel sionizm va yahud davlatining asoschisi hisoblanadi. U 1896-yili o‘zining “Yahud davlati” nomli kitobini nashr ettirdi. Keyingi yildan yahud kongressiga rahbarlik qilgan. Birinchi jahon urushi vaqtida Britaniya tashqi ishlar vaziri Artur Balьfur deklaratsiya qabul qilgan, unda Britaniya Falastindagi yahudiylar milliy kongressini qo‘llab-quvvatlashi bildirilgan. Ingliz zobiti Tomas Eduard Lourens ham Faysal qo‘shiniga qo‘mondonlik qila boshlagan. U Usmoniy qo‘shinni qo‘shimcha kuchlardan uzib qo‘yish uchun Hijoz temir yo‘lini buzishga kirishgan vaqtda  Britaniyaga bir telegramma jo‘natadi. Ushbu telegrammada: “Biz Usmoniy davlatga zarba berishimiz va uni qayta birlasha olmaydigan darajada bir nechta mayda bo‘laklarga bo‘lib tashlashimiz kerak”, deb yozilgandi. Bu unga ushbu va’dani bajarish uchun reja tuzishga imkon berdi. Britaniya Millatlar Ligasida ta’sir kuchiga ega bo‘lgani sababli Falastin ustidan mandat huquqiga ega bo‘lib oldi. Shundan so‘ng 1920-yildan 1925-yilgacha Falastinga oliy komissar qilib Gerbert Samuelni tayinladi, u yahudiy edi. Britaniya buni o‘zi va Frantsiya o‘rtasidagi Sayks Piko shartnomasini bajarganidan so‘ng amalga oshirdi. Britaniya va Frantsiya o‘rtasida “Sayks Piko” shartnomasi imzolanib, Yaqin Sharqdagi Suriya va Livan Frantsiya qo‘liga o‘tgan bo‘lsa, Iordaniya va Mesopotomiya Angliyaga o‘tdi. Falastin ushbu shartnomaga kiritilmagan edi. Sababi Falastin keyinchalik yahudlarga vatan bo‘lib qolishi uchun unga nisbatan alohida reja ishlab chiqilgandi. Britaniya Falastin masalasini hal qilish uchun ishga kirishdi va mintaqada siyosiy, iqtisodiy va ma’muriy sharoitlari himoyalangan “yahud oilasi” tashkil etildi. 1920-yili mustaqil bo‘lmagan Transiordaniya hududi tashkil etildi va bu erga yahudiylarni ko‘chib kelishiga ruxsat berildi. Britaniya shu tarzda Millatlar Ligasi tomonidan berilgan 25 yillik muddatga Falastin ustidan mandatni qo‘lga kiritdi. Uning bundan ko‘zlagan maqsadi Falastinni yahudiylarga vatan qilib tayyorlab berish, ya’ni Belьfur va’dasini bajarish edi. Mana shu tarzda bugungi kundagi qog‘ozdan yasalgan bo‘ri davlat – “Isroil” vujudga keldi.

 Britaniya Falastinda yahudiylar uchun siyosiy, ma’muriy va iqtisodiy sharoit yaratish bo‘yicha mandat oldi. Mandat hujjati 1922-yil 24-iyulda e’lon qilingan bo‘lsa, 1922-yil 10-avgustda Falastin hukumati konstitutsiyasi e’lon qilindi va birinchi, ikkinchi va uchinchi oq kitob ishlab chiqildi, shuningdek, bir qator tekshiruv komissiyalari keldi. Britaniya 1930-yilda “Oq kitob” shartnomasini e’lon qilib, yahudiylarni Falastinga ko‘chib kelishiga qarshi qarorni bekor qildi. 1947-yil 29-oktyabrda BMT assableyasi Falastinni bo‘lib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ushbu xatarli 181- qaror Falastinni bo‘lib tashlash jinoyati bilan birga yana boshqa bir jinoyat – Quddusga xalqaro maqom berish jinoyatini ham olib keldi. Aslida Quddusga xalqaro maqom berish taklifini Rim papasi ilgari surgan edi. Bu fikrdan maqsad kofir G‘arbni Quddus ishlariga aralashishi uchun yo‘l ochib berish edi. Ushbu qarordan keyin Britaniya BMT taklifi bilan Falastin ustidan mandati tugagani to‘g‘risida qaror qabul qildi. 1948-yili Britaniya mandati tugadi va u o‘z tank va qurol-yaroqlarini yahudlarga qoldirib, Falastindan chiqib ketdi.

 14-mayda David Ben-Gurion yahud davlati mustaqilligini e’lon qildi. Uni darhol Amerika, Rossiya va Britaniya tan oldi. Shundan so‘ng Falastinni himoya qilish uchun etti arab mamlakatlaridan qo‘shin olib kirilgani e’lon qilindi. Ular kirganidan so‘ng qirg‘inlar boshlandi va urush kuchayib ketdi. Keyin tomonlar o‘rtasida to‘rt haftalik tinchlik kelishuvi o‘rnatildi. Bu o‘z navbatida yahudiylar katta miqdorda qurol-yaroq olib kirib olishiga imkon berdi. Shu bilan birga hududini kengaytira oldi. Amerika Britaniya bilan birga Falastinni bo‘lish to‘g‘risida qaror chiqarish uchun bu masalani o‘z zimmasiga oldi. Biroq, Amerikaning niyati Britaniyani mustamlakalaridan chiqarib yuborish va uning o‘rnini egallash bo‘lgani sababli hozirgi vaqtda Yaqin Sharq mintaqasini faqat o‘z ta’siri o‘tadigan mintaqa bo‘lishiga bor kuchi bilan harakat qila boshladi. Shuning uchun Falastin va arab mintaqasi masalasini shu doiraga kiritdi. Sababi u neft konlariga ega bo‘lishga bor kuchi bilan intiladi. Shuningdek, u Jo‘lon tepaligi va boshqa erlarda o‘z harbiy bazalarini qurish kabi Falastin va uning atrofidagi masalalar echimlari natijasida keladigan foydalarga ham ega bo‘lishni xohlaydi.

 1949-boshlarida Rodosto «Isroil» bilan Misr, Iordaniya va Saudiya o‘rtasida alohida-alohida muzokaralar boshlandi. Falastinning umumiy maydoni 24640 kvadrat kilometr edi. Yahudlar Rodos tinchlik shartnomasidan foydalanib undan 19000 kvadrat kilometr erni tortib oldi. Mandat davrida Falastinda shahar va qabilalardan tashqari 822 qishloq bor edi. Yahudlar 486 qishloqni egallab olishdi. Iordaniya hududida 316 va Misr hududida 10ta qishloq qoldi. Yahud davlati yangi hududlarda yahudiylar uchun uy-joy qurishni, mintaqadagi joylashuvini yanada mustahkamlay boshladi. Ushbu xoinona shartnomalar va bitimlarni imzolash va muzokaralarning barchasi yahudiylarni bo‘y ko‘rsatishlarini kuchaytirdi. Bosib olishlar esa umuman kamaymadi, aksincha Falastin erlari birin-ketin boy berildi. 

 1948-yil sentyabrida G‘azoda Falastin hukumati tayinlanib, rahbarlikka Abdulloh ibn Husayn keldi. Shundan so‘ng so‘ngi bosqich – arab davlatlari va Falastin ozodlik tashkilotining, bu tashkilot Falastin rejimiga aylanganidan so‘ng, tashkilotning yaudlar bilan shartnomalar imzolash marosimlari davri keldi. 1959-yilda Falastin hukumati Misr va Suriyaning birlashishi natijasida quladi. Keyinchalik, 1964-yili Falastin ozodlik tashkiloti tashkil etildi va boshqa tashkilotlar unga qo‘shildi.

 Falastin ozodlik tashkilotining qurolli kuchlari kirib keldi va musulmonlarni ta’qib qilish, yahudlarni himoyalab, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda falastinliklarni kuzatish uchun Falastin politsiyasiga aylandi. 1967-yilning 6-iyunida (isroil) armiyasi Misrning G‘azodagi qo‘shinini mag‘lub qilib Sinay yarim oroliga chekinishga majbur qildi. 1989-yil 30-mart kuni Tunisda bo‘lib o‘tgan 20-sessiyada Yosir Arafot Falastin prezidenti etib tayinlandi. 1990-yil 13-sentyabrda Vashingtonda bo‘lib o‘tgan konferentsiyada Yosir Arafot va (isroil) bosh vaziri Isxak Rabin o‘zini o‘zi boshqarish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolashdi. 10-12-oktyabrlarda esa Falastin milliy ma’muriyati tashkil etildi. 1995-yil 28-sentyabrda Vashingtonda FMM va (isroil) o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, unda Falastin parlamenti 82 deputatdan iborat bo‘lib, 5 yilga saylanadigan bo‘ldi. 1999-yil 3-sentyabrda Misrda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda 2000-yilning sentyabriga qadar chegara masalasi hal etiladigan bo‘ldi. Biroq, (isroil)ga yangi bosh vazir Ariel Sharon kelishi ortidan muzokaralar bekor qilindi. 2001-yil dekabrida (isroil) Arafot hukumatini terrorchilarga yordam berishda ayblab «Fath», «17-bo‘linma» va «Tanzim» harakatlarini terrorchi tashkilotlar deb atadi. 2005-yili A. Sharon hech qanday ikki tomonlama muzokaralarni qabul qilmasligini ma’lum qildi. G‘azo sektorida «Hamas» tashkilotining ta’siri kuchayib 2006-yilning fevralida bo‘lgan parlament saylovida 133 o‘rindan 73tasiga ega bo‘ldi. 2007-yil fevral oyida Fath-Hamas koalitsiya hukumati tuzildi. Biroq, ikki tomon murosa qila olmadi va 14-iyunda Fath rahbari Muhmud Abbos o‘zini Falastin prezidenti deb e’lon qildi. Hamas esa G‘azo sektorida hukumatini saqlab qoldi. 2008-yil 23-noyabrda M. Abbos takroran prezident bo‘lib saylandi. Falastin hukumati mas’ullari Falastin xalqini «Falastin davlati» deb atalgan, bo‘lmag‘ur narsa evaziga sotib yuborishdi. Yahudiylar Osloda ularning qo‘ynini «puch yong‘oqqa» to‘ldirib, bo‘lmag‘ur narsani «sotishgan» edi. Falastin hukumat rahbari o‘zining xorlarcha itoat etishi va voz kechishini «kuchlar muvozanati dushman foydasida» ekanligi bilan oqlashga uringan edi. Arab va musulmonlar rahbarlari ham xuddi shu sabab bilan o‘zlarini oqlashgandi.

 Ayni vaqtda Falastinni BMTga rasmiy a’zo bo‘lgan 134ta davlat tan oladi. Shunday bo‘lsa-da BMTning doimiy vakili bo‘lgan AQSh, Britaniya va Frantsiya tomonidan tan olinmagan. BMTga to‘laqonli a’zo hisoblanmaydi. Bunga sabab a’zolik ushbu doimiy a’zolarning ruxsati bilangina amalga oshadi.

  2011-yil 23-sentyabrda Mahmud Abbos BMT bosh kotibi Pan Gi Munga Flastinni BMTga to‘laqonli a’zo bo‘lib kirishin so‘rab murojaat qildi. (Isroil) esa 1949-yilning 11-mayda BMTga a’zo bo‘lgan.

 2010-yil sentyabrida AQSh prezidenti B. Obama BMT sammitida arab-isroil mojarosi hal etilsa Falastin mustaqillik olishi mumkinligini bildirdi. Shunday qilib malay hokimlar muborak Falastin zaminini, suvdek oqqan musulmonlar qonini sohta mustaqillikka almashtirmoqchi bo‘lib, buni ham uddasidan chiqa olmay kelishmoqda. Amerikaga suyangan yahud vujudi har bir bosqinchiligidan ilhomlanib, zulmlarini tobora kuchaytirmoqda. Oxiri Tramp davriga kelib bu harakatlar Quddusni yahud vujudining poytaxti sifatida e’lon qilishgacha etib keldi. Shuningdek, Tramp G‘arbiy Sohil va Iordan daryosini «Isroil»ga qo‘shishni ma’qulladi.

 Hozir Falastin yahud vujudi ichidagi «davlat» bo‘lib, uni Iordaniyaga o‘tgan yo‘llarini yahud vujudi nazorat qiladi. Bu davlat portga ham, aeroportga ham ega emas. U port va aeroport qurishi imkoniga ega bo‘lsada, Asdud va Hayfadagi yahud vujudi portlaridan foydalanadi.

 Qurol-yaroq sohasida Falastin to‘liq qurolsizlantirilgan mamlakat bo‘lib, unga faqat ikki yo‘nalishda xavfsizlik choralariga ruxsat beriladi. Birinchisi, bu – ichki xavfsizlik (politsiya) masalalari. Ikkinchisi, shartli yo‘nalish bo‘lib, bu yahud vujudi xavfsizligini ta’minlash. Amerika rejasida aniq va qat’iy belgilanganidek, Amerika va yahud vujudi bu mamlakatni bo‘yniga olishi uchun u Hamas va Jihod harakati, shuningdek, boshqa qurolli tashkilotlarni to‘rt yil ichida to‘liq qurolsizlantirishi va bu jarayon tashqi kuzatuvchilar nazorati ostida amalga oshirilishi kerak. 

 Amerika rejasiga muvofiq, Aqso masjidi – Iordaniya maqomini saqlash sharti bilan – yahudiylar xavfsizlik kuchlari nazoratida bo‘lib, u erda barcha odamlarga ibodat qilishga ruxsat beriladi. Birinchi navbatda yahudiylar uni o‘z ibodatxonasiga aylantirashadi. Shuningdek, yahudiy vujudi musulmonlarning ma’lum bir guruhiga u erda namoz o‘qishga ruxsat berish majburiyatini oladi. Bu guruhdagi musulmonlar «tinchlik bilan kelgan musulmonlar» bo‘ladi. Yahud vujudi esa «tartib buzuvchilar» deb hisoblagan odamlar, masalan, da’vat qilgan va dars berganlar masjidga kiritilmaydi. Shunday qilib, Amerika rejasida taklif qilingan «kelajakdagi Falastin davlati» davlat emas, hatto u davlat tushunchasiga yaqin ham kelmaydi deb aytish mumkin.

 Bunga qarshi musulmon yurtlar rahbarlari odatdagidek quruq xayqiriqdan nariga o‘tishmaydi. Hatto Marokash, Sudan, Dubay kabi davlatlarning xoin hukmdorlari yahud vujudi bilan ochiq diplomatik aloqalar o‘rnatish karvonini e’lon qildilar. Qolganlari esa hozircha mahfiy aloqalarini mustahkamlamoqdalar.

 Erdogon ushbu aloqlar haqda: «Bizning Isroil razvedka xizmati bilan aloqalarimiz hech qachon uzilmagan, bugungi kungacha davom etmoqda. Bu erda ba’zi davlatlar singari eng yuqori darajadagi odamlar bilan ayrim muammolar mavjud. Agar eng yuqori darajada bunday muammolar bo‘lmaganida (Isroil) bilan munosabatlarimiz umuman boshqacha bo‘lar edi», deb fikr bildirdi.

 Trampdan keyin kelgan Jo Bayden ma’muriyatining Falastinga nisbatan pozitsiyasi ham avvalgilaridan farq qilmaydi. Chunki, AQSh rahbarligiga kim kelishidan qat’iy nazar bu davlat yahudlarga do‘st, musulmonlarga dushman bo‘lgan davlatlar safining boshida turadi. Shu sababli ham biz bugun guvohi bo‘lib turgan qirg‘in davom etmoqda.

 Mustamlakachi kofir davlatlar qo‘llab-quvvatloviga suyangan yahudiylar o‘zlarini birlashtirgan milliy vatanga ega bo‘ldik deb o‘ylashmoqda. Biroq, ular buning ortida Allohning xohishi turganini anglashmaydi. Sababi, Alloh ularni butunlay yo‘q qilish uchun bir joyga jamlashni iroda qildi.

 Alloh taolo aytadi:

فَإِذَا جَآءَ وَعۡدُ ٱلۡأٓخِرَةِ لِيَسُۥٓـُٔواْ وُجُوهَكُمۡ وَلِيَدۡخُلُواْ ٱلۡمَسۡجِدَ كَمَا دَخَلُوهُ أَوَّلَ مَرَّةٖ وَلِيُتَبِّرُواْ مَا عَلَوۡاْ تَتۡبِيرًا

 “Bas, keyingi (buzg‘unchilikning) va’da vaqti kelganda, yuzingizni qora qilishlari uchun, masjidga avval kirganlaridek kirishlari uchun va egallagan narsalarini tamoman parchalashlari uchun (bandalarimizni yuboramiz)”. [17:7]

 Buxoriy Ibn Umardan rivoyat qilgan hadisda: Men Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini eshitdim:

«تُقَاتِلُكُمْ الْيَهُودُ فَتُسَلَّطُونَ عَلَيْهِمْ، ثُمَّ يَقُولُ الْحَجَرُ: يَا مُسْلِمُ هَذَا يَهُودِيٌّ وَرَائِي فَاقْتُلْهُ»

 “Sizlar yahudiylarga qarshi jang qilib, ularni o‘ldirasizlar. Hatto tosh ham: ey musulmon, mana yahudiy, kel uni o‘ldir deydi”. Bu Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning:

«ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

 “Keyin Payg‘ambarlik minhoji asosidagi xalifalik bo‘ladi”, deb va’da qilgan Xalifalik davrida bo‘ladi. Allohning izni bilan Xalifalik olamning sharqi-yu g‘arbiga qadar hukmronlik qilish orqali buyuk davlatga aylanadi, shuningdek, Aziz va HAmid Zotning to‘g‘ri yo‘liga da’vat qiladi. Muslim Savbondan rivoyat qilgan hadisda Savbon aytadi: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:

«إِنَّ اللَّهَ زَوَى لِي الأَرَضَ، فَرَأَيْتُ مَشَارِقَهَا وَمَغَارِبَهَا، وَإِنَّ مُلْكَ أُمَّتِي سَيَبْلُغُ مَا زُوِيَ لِي مِنْهَا»

 “Alloh erni menga yig‘ib ko‘rsatdi, shunda uning kun chiqishidan kun botishigacha barcha joylarini ko‘rdim. Aniqki, Ummatim mulki menga yig‘ib ko‘rsatilgan joylargacha etib boradi”. Biroq bizning maqsadimiz G‘arb kabi xalqlarni mustamlaka qilish, ularga zulm o‘tkazish, boyliklarini talon-taroj qilish emas. Aksincha, bizning vazifamiz odamlar to‘p-to‘p bo‘lib Islomga kirishi, kofirlarning so‘zi tuban, Allohning so‘zi oliy bo‘lishi hamda ularni odamlarga qullik qilish jaholatidan robboniy hidoyat nuriga olib chiqishdan iborat. bu Allohning va’dasidir. Ertangi kun kutayotgan odam uchun yaqindir.

 Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.