Hizb ut-Tahrir to‘dadan tashqarida turib gapiradimi?!

146
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir to‘dadan tashqarida turib gapiradimi?!

O‘tgan chorshanba kuni Hizb ut-Tahrir «Ey musulmonlar qo‘shinlari, orangizda birorta aqli raso kishi yo‘qmi?! G‘azo, Quddus va butun Falastin yahudiylar olovida yonmoqda, sizlar esa jimsiz!» nomli sarlavha ostida varaqa nashr qildi. Unda islomiy yurtlar armiyalariga murojaat yo‘llab, ulardan tashabbusni o‘z qo‘llariga olishni va Aqso bilan G‘azoga yordam berish uchun harakatga kelishni, hatto yahudiy vujudini ildizi bilan qo‘porib tashlashni talab qildi. Varaqada shuningdek, musulmon yurtlardagi mavjud rejimlarning zaif pozitsiyasi haqida ham qisqacha to‘xtalib o‘tildi.

Hizb o‘z varaqasida butun musulmonlardan armiyalar safidagi farzandlari va aka-ukalarini o‘z burchlariga sodiq bo‘lishga, Rosululloh ﷺning Isro maskanlarini qutqarishga chaqirishlarini talab qildi.

Roya:

Hizb ut-Tahrir ushbu varaqada haqiqatdan ham to‘dadan tashqarida gapirdi, zotan, to‘dadan tashqarida gapirish Hizbning har doimgi odatidir.

Hizb ut-Tahrir musulmon yurtlardagi xoin hukmdorlar to‘dasidan tashqarida gapirdi, ularning jarchi va nog‘orachilari to‘dasidan tashqarida so‘zladi.

Ha, Hizb xalqaro hamjamiyat, xalqaro tizim va ularning barcha mustamlakachi tashkilotlari to‘dasidan tashqarida gapiradi. Nega ham shunday qilmasin, axir, muborak Falastin zaminida mana shu najas yahudiy vujudini joylashtirgan hamda uni barcha tiriklik vositalari bilan ta’minlab, siyosiy, iqtisodiy, harbiy, texnik, axborot sohalarida qo‘llab-quvvatlayotgan mana shu xalqaro hamjamiyat emasmi?! Aynan mana shu xalqaro hamjamiyat bu badbashara yahudiy vujudini muborak zaminga ekib, Islom Ummati ko‘ksiga xanjar kabi sanchib qo‘ydi-ku. Bundan esa, yahudiy vujudini oldingi liniyaga qo‘yib, Ummatning Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik soyasida birlashishini, muborak zaminni najas yahudiylardan tozalashini oldini olish yoki kechiktirish ko‘zlangan-ku… Aynan mana shu xalqaro hamjamiyat bosqinchi yahudiy vujudiga qonuniylik tusini berib, uning har bir jinoyatini oqlamadimi va bu jinoyatlarni «o‘zini o‘zi himoya qilish», deb baholab kelmadimi?!

Ha, Hizb ut-Tahrir to‘dadan tashqarida gapiradi. Chunki bu to‘da xoin va malay rejimlarning qo‘yniga kirib, muborak zaminga yordam berish va uni himoya qilish burchidan tongan to‘dadir.

Ha, Hizb ut-Tahrir to‘dadan tashqarida so‘zlaydi. Chunki bu to‘da Falastin ahlidan – go‘yo ular o‘zlarini himoya qilish bilan bir qatorda butun Falastinni ham ozod etishga qodirdek – Aqso masjidi, G‘azo sektori va G‘arbiy Sohilni bir o‘zlari ozod etishni talab qilayotgan to‘dadir.

Hizb to‘dadan tashqarida gapiradi, chunki u muborak Aqso masjidi va G‘azo sektoriga nusrat berishga qodir insonlardan xolis haqiqiy harakatga kelishni talab qilmoqda.

Hizb nega to‘dadan tashqarida xitob qiladi, chunki u masalani yahudiy vujudini butunlay supurib tashlashdan iborat deb aytmoqda. Shuningdek, butun Falastinni, ya’ni Quddus va uning Aqsosi, G‘arbiy Sohil, G‘azo, Hayfa, Yaffa, Akka, Nosira, Ummu Fahm, Tal-Robi’, Ummu Rashosh, Sabi’, Naqb… kabi Falastinni butunicha ozod etishdan iboratligini ochiq aytmoqda.

Ha, Hizb ut-Tahrir to‘dadan tashqarida so‘zlaydi, chunki u musulmonlarning qo‘shinlariga murojaat qilib, ularga qarata «Nahotki orangizda aqli raso kishi yo‘q bo‘lsa, nahotki Falastinni bosib olgan yahudiylar vujudini yo‘q qilish sizlarning chavandozligingiz ostidagi jang bilangina amalga oshishini biladigan inson qolmagan bo‘lsa? Hukmdorlarga itoat qilib, harakatga kelmay, ularning qo‘rqa-pisa yahudiylar hujumini qoralab qo‘yishi bilan kifoyalanishingiz, bu vujudni yo‘q qilishga kifoya qilmaydi», deya murojaat qilmoqda.

Hizb ut-Tahrir Falastinni ozod etish va uni Ummat bag‘riga qaytarish uchun avvalo Isro zaminiga qarshi til biriktirganlarni taxtlaridan ag‘darish lozimligini ochiq aytar ekan, albatta to‘dadan tashqarida gapirmoqda.

Bunga qo‘shimcha, Hizb Qatar singari milliy davlatga hamda arablar millatiga xos bo‘lgan davlatga da’vat qilayotgani yo‘q. Balki Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etishga da’vat qilmoqda. Chunki Xalifalik butun er yuziga Islom boshqaruvini qayta olib kelib, musulmonlarni birlashtiradi, ularning har bir qarich tuprog‘ini ozod etib, xalqaro sistemani o‘z egalari boshiga qulatadi, Islomni butun insoniyatga hidoyat va nur risolasi sifatida olib chiqadi.

Hizb ut-Tahrirning jamoasi mana shu. Bu jamoa safida Ummatning barcha xolis rostgo‘y farzandlari bor. Bas, bu qanday ham yaxshi jamoadir.

Roya gazetasining 2021 yil 19 may chorshanba kungi 339-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.