بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Daniya hukumati suriyalik qochqinlarni o‘limga qaytishga majburlamoqda
Daniya suriyalik qochqinlarni o‘z yurtlariga qaytarishga tayyorgarlik ko‘rib, ulardan yashash huquqlarini bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu qarorini Damashqda «xavfsizlik vaziyatining yaxshilangan»ligi bilan dastakladi. Daniya immigratsiya vaziri Mattias Tesfayega ko‘ra, uning mamlakati ilgari suriyalik qochqinlarga yashash uchun ruxsat vaqtinchalik berilganini aytgan. Shunday qilib, Daniya suriyalik qochqinlarni yashash huquqidan mahrum qilgan birinchi Evropa davlatiga aylandi. Alhol Daniyada yashayotgan suriyalik qochqin Akram Bathish yashash huquqlari bekor qilingani haqidagi xabarni eshitishi ortidan to‘satdan yurak xurujidan jon taslim qildi.
Roya:
Bu xabardan Suriyada bo‘layotgan urush Islom va musulmonlarga qarshi xalqaro salibchilik urushi ekanligi yana bir bor isbotlandi. Chunki Ummatning Suriyadagi qo‘zg‘olonini bo‘g‘izlash va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati barpo etilishiga yo‘l qo‘ymaslik kurashida butun dunyo davlatlarining kattasiyu kichigi birlashdi. Ushbu jinoyatchilar olami kurashga o‘zlarining Eron va uning hizbi, Rossiya, Turkiya, Saudiya va boshqalar kabi xalqaro va mintaqaviy barcha vositalarini safarbar qilishmoqda, nopok pullarini jo‘natishmoqda. Mana, Daniya bugun Suriya qochqinlarini qonxo‘r rejimga topshirmoqchi, vaholanki, ular shu qonxo‘rning qirg‘inlaridan, qamoqlaridan, qiynoqlaridan va portlovchi bochkalaridan qochib kelganlar. Bu insoniyat ustidan masxaralab kuluvchi ko‘z-qarashning ayni o‘zidir. Bu ko‘z-qarash butun Evropa Ittifoqidagi qochqinlar siyosatini tavsiflaydi. Evropaning liberal madaniyati o‘nlab yillardan buyon insonparvarlik va inson huquqlari, degan narsani o‘ziga niqob qilib olgan. Ammo u hozirda yorilib-bo‘linib, uning axloqsizligi va irqchiligi hammaga ochilib qoldi.
Roya gazetasining 2021 yil 21 aprel chorshanba kungi 335-sonidan