«Ular shaytonga hukm so‘rab borishni istaydilar»

232
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

يُرِيدُونَ أَنْ يَتَحَاكَمُوا إِلَى الطَّاغُوتِ وَقَدْ أُمِرُوا أَنْ يَكْفُرُوا بِهِ

«Ular shaytonga hukm so‘rab borishni istaydilar. Holbuki, ularga unga ishonmaslik buyurilgan edi»

Tunis prezidenti Qays Said 2021 yil 6 aprel seshanba kuni Habib Burqibaning qabrini ziyorat qildi. Ziyorati chog‘ida «men Tunis konstitutsiyasini hurmat qilishga Qur’on bilan qasam ichganman», dedi. Keyin Burqibani maqtab, uning hayotdagi barcha jabhalarda jamiyat va ongni erkinlikka olib chiqqanini iddao qildi. U jumladan bunday dedi: «Men musulmonman va Islomim bilan faxrlanaman. Har bir musulmon Islom maqsadlarini amalga oshirishni istaydi. Allohga imon keltirdim deb, so‘ngra to‘g‘ri bo‘l. Biroq ba’zilar tom ma’noda dinsizlikka qaytishni istayapti».

Buning muqobili o‘laroq, Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi nashr qilgan bayonotda bunday deyiladi:

«Islomni hayotdan chetlatgan g‘ayriilohiy konstitutsiyani hurmat qilishga qasam ichish Allohning dinida gunohdir. Prezident Said Islom bilan faxrlanishini aytdi va bir vaqtning o‘zida, Islomga qarshi kurashgan sobiq prezident Burqibani maqtadi. Bu esa, Islom bilan faxrlanishi to‘g‘risidagi gapga mutlaqo teskaridir…

Islom hayot uchun keng qamrovli tuzumdir. Shaxsga taalluqli ahkomlar ham emas, inson nafs-havosi bilan izohlaydigan maqsadlar ham emas».

Matbuot bayonoti quyidagi savol o‘rtaga tashlandi:

«Islom ahkomlari hayotda yo‘q bo‘lib, uning shariati dinsizlik qonunlariga almashtirilgan bo‘lsa-yu, qanday qilib «Allohga imon keltirdim deb, so‘ngra to‘g‘ri bo‘l», deyish mumkin?!».

Bayonot so‘nggida bunday deyildi:

«Tunis xalqi 2010 yil «xalq rejimni ag‘darishni istaydi», degan shiorni ko‘tarib chiqqan edi. Bundan yaqqol ko‘rinib turibdiki, ular o‘z aqidasidan balqib chiqadigan yangi boshqaruv foydasiga, g‘ayriislomiy boshqaruvdan, ya’ni, «xalq respublikasi» boshqaruvidan qutulishni istamoqdalar. Alloh Taolo bunday degan:

أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ يَزْعُمُونَ أَنَّهُمْ آمَنُوا بِمَا أُنْـزِلَ إِلَيْكَ وَمَا أُنْـزِلَ مِنْ قَبْلِكَ يُرِيدُونَ أَنْ يَتَحَاكَمُوا إِلَى الطَّاغُوتِ وَقَدْ أُمِرُوا أَنْ يَكْفُرُوا بِهِ وَيُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَنْ يُضِلَّهُمْ ضَلالا بَعِيداً

«(Ey Muhammad), o‘zlarini sizga nozil qilingan narsaga (Qur’onga) va sizdan ilgari nozil qilingan narsalarga imon keltirgan deb hisoblaydigan (ayrim) kimsalarning shaytonga hukm so‘rab borishni istayotganlarini ko‘rmadingizmi? Holbuki, ularga unga ishonmaslik buyurilgan edi. (Chunki) shayton ularni butunlay yo‘ldan ozdirishni istaydi» [Niso 60]

Roya gazetasining 2021 yil 21 aprel chorshanba kungi 335-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.