Rohinga qochqinlar lageridagi katta yong‘inlar Hasina hukumatining e’tiborsizligi va omadsizligini ochib berdi

285
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Rohinga qochqinlar lageridagi katta yong‘inlar Hasina hukumatining e’tiborsizligi va omadsizligini ochib berdi

Hizb ut – Tahrir markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti chiqargan bayonotda bunday deyiladi:

«So‘nggi paytlarda Bangladeshdagi rohinga qochqinlari yashaydigan lagerlarda birin-ketin yong‘inlar kelib chiqmoqda. Bu halokatli oqibatlar va og‘riqli sahnalardan Hasina hukumatining rohinga musulmonlariga yordam berish, ularga g‘amxo‘rlik va real himoya ko‘rsatishdan qasddan bo‘yin tovlayotgani yana bir bor isbotlandi. Holbuki, bu bechoralar Arakan viloyatidagi armiya va butparast jangarilarning shafqatsiz repressiya va jinoyatlaridan qochib kelgan edilar. Shuncha repressiyaga Robbimiz Alloh, deyishdan o‘zga «ayb»lari bo‘lmagani sababli yo‘liqqandilar. Demakki, yomg‘irdan qochib, do‘lga yo‘liqdilar».

Bayonotda yana bunday deyiladi:

«Islom va musulmonlarning dushmanlarini do‘st tutgan boshqa rejimlar kabi, Hindistonga o‘xshagan kofir davlatlar bilan shartnoma va bitimlar imzolab kelayotgan Hasina hukumatining Rohinga musulmonlariga yordam berishdan qasddan bo‘yin tovlashi ajablanarli hol emas. Shu bois, Xuddi Erdogan Turkiyasi Suriya va Iroqda qilgani kabi hamda Saudiya rejimi Yamanda qilgani kabi, biz Hasina hukumatining ham o‘z armiyalarini kofirlar buyrug‘i bilan ularning mustamlakachilik urushlarida ishtirok etishga safarbar qilayotganiga, biroq ularni bechora musulmonlarga nusrat-yordam berishga harakatlantirmayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Biz bu hukumatlarning o‘z chegalarini dushman samolyotlariga, harbiy bazalariga lang ochib berayotganini, musulmonlar boyliklari talanishi uchun ajnabiy kompaniyalarni kiritayotganini, biroq musulmon qochqinlarga esa, taqa-taq yopib tashlashganini, mabodo ochgan taqdirlarida ham, qochqinlarni o‘lim lagerlari, deb atalgan erlarga tiqib qo‘yayotganini ko‘ryapmiz».

Bayonot so‘nggida bunday deyildi:

«Bas, bunday malay jinoyatchi rejimlarni ildizi bilan qo‘porib, ularning taxtlari xarobalari uzra Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etmoq vaqti keldi. Ushbu davlatimiz Allohning shariati bilan hukm yuritib, adolat o‘rnatadi, mazlumlarga yordam berib, zolimlardan qasos oladi.

Roya gazetasining 2021 yil 7 aprel chorshanba kungi 333-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.