DXX: 2020 yilda 4 ta terrorchilik aktining oldi olindi

417
0

DXX: 2020 yilda 4 ta terrorchilik aktining oldi olindi

 O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati 5 aprelь – DXX kuni munosabati bilan e’lon qilgan rasmiy bayonotida 2020 yilda amalga oshirilgan qator tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

 Rasman bildirilishicha, 2020 yilda DXX tomonidan 4 ta terror aktining oldi olingan. “Ulardan 2 tasi O‘zbekistonda va 2 tasi MDH mamlakatlarida sodir etilishi rejalashtirilgan edi”,-deyiladi bayonotda.

 Ma’lum qilinishicha, ekstremistik va terroristik tashkilotlarning 67 ta yashirin guruhlari faoliyatiga chek qo‘yildi.

 “Ekstremizm va terrorizmga aloqadorlikda ayblanib, xorijda yashirinib yurgan 98 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatimizga olib kelindi hamda javobgarlikka tortildi”,-deyiladi bildiruvda.

 Izoh: Karimov boshqaruvi davrida keng huquq va imkoniyat berilgan, har bir narsada “milliy xavfsizlikka tajovvuz ko‘ra olgan” MXX 27 yil mobaynida turli ayblov va bo‘htonlar bilan o‘n minglab musulmonlarni qamoqqa tashladi, minglab musulmonlar tergov hibsxonalarida yoki qamoqxonalarda g‘oyiriinsoniy qiynoqlar ortida vafot etdi. Hukumat yo‘lga yurishni istamagan, buni o‘z e’tiqodiga zid deb bilgan ulamolar jismonan yo‘q qilindi, mamlakatdan qochib chiqib ketganlari ortidan esa yollanma qotillar jo‘natildi, ayrim ulamolar ular qo‘lida halok bo‘lgan bo‘lsa, ayrimlari tirik qolgan bo‘lsada mayib bo‘lib qoldi.

 Karimovdan keyin hokimiyat tepasiga kelgan Mirziyoev MXXni “hatto stolbani ham olib borib qamardi” deb, uni “isloh qilib” DXX qilib qayta nomlagan bo‘lsada bu tizimning ishlash uslubi hamon o‘zgargani yo‘q. Tizim xali ham o‘zini O‘zbekistonning asl xo‘jayinidek tutadi. O‘zbekistonda prezident almashdi, biroq, rejim o‘zgarmadi. Hozirga qadar rejim qamoqxonalarida  minglab musulmonlar nohaq ushlab turilipti, hozir ham turli to‘qima ayb va bo‘htonlar bilan musulmonlar qamoqqa olinmoqda va uzoq yillarga ozodlikdan mahrum etilmoqda. Hozir ham o‘zbek kuch organlari oddiy xalq ustidan ko‘ngillariga kelgan ishni qilib kelishmoqda. Hozirgacha aybsiz musulmonlar “aybiga iqror bo‘lmagani” yoki “jinoyatni bo‘yiniga olmagani” sababli kuch organlari tomonidan urib o‘ldirilmoqda.      

 Kuni kecha, ijtimoiy tarmoqlarda 31-mart kuni Farg‘ona viloyati Quva tumanida tibbiy niqob taqmasdan ko‘chada yurgani uchun 20 yoshli Ahror Anvarovning o‘z mahallasida ichki ishlar xodimlari bilan tortishib qolib, IIB binosiga olib kirib ketilgani va u erdan yigitning o‘ligi chiqqani haqida xabar tarqaldi. IIB tarqatgan rasmiy bayonotda bu yigit IIBdan chiqib ketganidan so‘ng tekkis yo‘lda qoqilib yiqilishi natijasida vafot etgani aytildi. 20 yoshli yigitda kasalliklarning butun boshli “guldastasi” borligi bildirildi.

 Oradan bir kun o‘tib, internetda joriy yilning 1 aprel kuni 41 yoshli A.B. Yunusobod tumani IIO FMB 3-sonli IIBga keltirilganidan so‘ng olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Odatdagidek, Toshkent shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, 1 aprel kuni soat 21:00larda muqaddam to‘rt marotaba sudlangan A.B. va yana ikki nafar fuqaro, muqaddam sudlanganlar, 1979 yilda tug‘ilgan D.L. va 1970 yilda tug‘ilgan A.L. bilan so‘rov olib borishlik uchun Yunusobod tumani 3-sonli IIBga keltirilgan. O‘rtacha hisobda 45 daqiqa davom etgan so‘rovdan so‘ng uchala shaxs qo‘yib yuborilgan. 2 aprel kuni ertalab soat 4:00-4:30larda 30-uyning oldida A.B.ning murdasi topilgan. O‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan va bu shaxs ham turli xil kasalliklar borligi aniqlangan…

 DXX kuni munosabati bilan e’lon qilingan rasmiy bayonot esa xalqni qo‘rquvda ushlab turish va kuch organlari, xususan, DXXni O‘zbekistondagi har sohaga, hatto insonlar shaxsiy hayotigacha bo‘lgan aralashuvini oqlash uchun berilgan hisobotdan boshqa narsa emas. O‘zbekistonda toki tuzum almashib, musulmon aholi e’tiqod qiluvchi Islom hukmlarini hayotga kelmas ekan kuch organlari tomoindan musulmonlar hayoti, dahlsizligi, sharafi va nomusilari oyoqosti qilinishi davom etaveradi.

 Abdurahmon Odilov 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.