3 iyun kuni O’zbekiston poytaxtida NATO mintaqaviy idorasining taqdimoti bo’lib o’tadi. Shimoliyatlantik alyansining Toshkentdagi vakolatxonasiga NATOning Markaziy Osiyodagi sherik mamlakatlari – Qozoqston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston bilan muloqotni hamda amaliy mushtaraklikni mustahkamlash vazifalari yuklangan bo’ladi. O’zbekiston rasmiy ommaviy axborot vositalarining horijiy manbalarga tayangan holda berayotgan ma’lumotlariga ko’ra, vakolatxona rahbarligiga NATO mamlakatlaridan birining fuqarosi tayinlanadi, uning yordamchisi lavozimiga esa o’zbekistonlik fuqarolar nomzodlari ko’rib chiqilmoqda.
Ommatan ovoza qilinmagan bu “kamtaringina” voqea, aslida sobiq Sovetlar Ittifoqining o’rtaosiyo respublikalari mintaqasida NATO ta’sirining yoyilishida hal qiluvchi bo’lib qolishi mumkin.
O’rta Osiyoning yuragi xisoblangan O’zbekiston NATOning bu mintaqadagi forpostiga (eng oldindagi istehkom) aylanib bormoqda va mamlakatning g’arbiy harbiylar bilan hamkorligi taboro o’smoqda. U o’zining qurolli kuchlari uchun NATO standartlarini deyarli to’liq qabul qildi va eng zamonaviy nato qurollari bilan ta’minlanish kafolatini qo’lga kiritdi. Shu bilan bir vaqtda u KXShT tarkibidan chiqdi. Shuning uchun ham aytsa bo’ladi: – NATO ta’siri chegarasining kengayishi nuqtasi va vaqti o’ta ustamonlik bilan tanlangan.