Iordaniya rejimi Hizb ut-Tahrir a’zolariga qarshi qamoqqa olish kampaniyasini olib bormoqda

314
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Iordaniya rejimi Hizb ut-Tahrir a’zolariga qarshi qamoqqa olish kampaniyasini olib bormoqda

O‘tgan kunlar mobaynida Iordaniyaning Irbid va Ammon shaharlarida hukumat xavfsizlik xizmati Hizb ut-Tahrirning bir guruh a’zolarini qamoqqa oldi. Ular ustoz Hamza Muhammadmujliy Banu Iso, ustoz Voil Abdulkarim Hofizqabiya, ustoz Muhammadnodiy va uning ikki o‘g‘lidir. Bu birodarlarimiz Hizb ut-Tahrirning o‘zi faoliyat olib borayotgan barcha mintaqalarda uyushtirgan «Xalifalik ag‘darilishining alamli yuz yillik xotirasi… Ey musulmonlar Xalifalikni barpo qilinglar» nomli xalqaro kampaniyasida ishtirok etganlari uchun qamoqqa olindilar.

Hizb ut-Tahrirning ishonchi komilki, Ummat uchun Allohning nusrati juda yaqin bo‘lib, U zotning O‘z dini va davlatini hamda Xalifalikni barpo etish uchun faoliyat qilayotganlarni g‘olib qilish to‘g‘risidagi va’dasi ham yaqin kunlarda ro‘yobga chiqajak, Hizbga bunday zaif tog‘ut rejimlarning ozorlari hargiz ziyon etkazolmaydi. Alloh Taolo aytadi:

إِنَّ الَّذِينَ يُحَادُّونَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ أُوْلَئِكَ فِي الأَذَلِّينَ * كَتَبَ اللَّهُ لَأَغْلِبَنَّ أَنَا وَرُسُلِي إِنَّ اللَّهَ قَوِيٌّ عَزِيزٌ

«Albatta Alloh va Rosuli chizgan chiziqdan chiqqan kimsalar – ana o‘shalar eng xor kimsalar qatoridadirlar! Alloh (Lavhul Mahfuzga) Men O‘z payg‘ambarlarim bilan birga albatta g‘olib bo‘lurman, deb yozib qo‘ygan. Albatta Alloh kuchli, qudratlidir» [Mujodala 20-21]

Roya gazetasining 2021 yil 10 mart chorshanba kungi 329-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.