Japarov va Putin Jeruy shahridagi oltinni qayta ishlash zavodining ochilishida ishtirok etishadi

354
0

Japarov va Putin Jeruy shahridagi oltinni qayta ishlash zavodining ochilishida ishtirok etishadi

 17 mart kuni Prezident Sadir Japarov Talas viloyatida joylashgan Jeruy konida oltinni qayta ishlash zavodining ochilishiga tashrif buyuradi.

 Davlat rahbarining matbuot kotibi Galina Bayterekning aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham telekonferentsiya shaklidagi ochilish marosimida ishtirok etadi.

 “Jeruy” Qirg‘izistondagi eng yirik oltin koni Qumtordan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Geologik qidiruv ishlarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra uning zaxirasi 84 tonna oltin va 10 tonnaga yaqin kumushni tashkil etadi.

 Izoh: Qirg‘iziston hukumati avvaliga mamlakatdagi eng yirik konlardan biri Jeruy konini o‘zlashtirish huquqini “Qirg‘izoltin” va Britaniyaning “Oksus gold” kompaniyalariga topshirgan edi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, hukumat oltin konini o‘zlashtirish talablari bajarilmayapti, degan bahona bilan “Oksus”ning litsenziyasini bekor qiladi. 2005 yili hukumat qarori bilan konni o‘zlashtirish huquqi Avstraliyaning “Global gold” xoldingiga beriladi. Ammo, Kurmanbek Bakiev farmoni bilan konni o‘zlashtirish huquqi yana Britaniya kompaniyasiga qaytariladi.

 Keyinchalik, “Jeruy” oltin konini “Jeruyoltin” yopiq aktsiyadorlik jamiyatining 60 foiz aktsiyasiga ega bo‘lgan Visor Holding kompaniyasi ishlatadi. Biroq, 2010 yili mamlakatda hukumat almashgach, o‘sha yilning noyabr oyida “belgilangan ish planlari” bajarilmayotganligi bois komapaniya litsenziyasini bekor qilnadi. Buning ortidan Visor Holding kompaniyasi Qirg‘iziston hukumati ustidan xalqaro arbitraj sudiga ariza topshiradi va sarmoya yotqizishga bog‘liq tortishuvlarni tartibga solish Xalqaro markazidan kompaniya foydasiga 400 milliondan ortiq dollar undirib berishlikni da’vo qilgan.

 2013-yili Qirg‘izistonning geologiya va mineral manbalari davlat agentligi “Jeruy” oltin konini ishlatishlik uchun konkurs e’lon qiladi. Litsenziyaga ega bo‘lish uchun boshlang‘ich narx – 300 mln dollar miqdorida belgilangan edi. 2015-yilda konni qazib olish huquqi uchun litsenziya kim oshdi savdosida Rossiyaning “Platinum” korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi “Vostok-Geoldobicha” kompaniyasiga 100 million dollarga sotilgan. Konni uning shuba kompaniyasi “Alьyans Oltin” o‘zlashtirmoqda. Mana shunday qo‘lma-qo‘l bo‘lib yurib, oxir oqibat kon Rossiya kompaniyasi qo‘liga o‘tib ketdi.

 Sanoat, energetika va er resurslari bo‘yicha mamlakat komiteti 2019-yil oxirida e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, Qirg‘izistonda konlarni izlab topish va kavlab olish uchun hammasi bo‘lib 2415 litsenziya berilgan. Litsenziyalarning 471tasi oltin qazish uchun, 102tasi uran va boshqa metallar uchun, 337 litsenziya ko‘mirga, 1039 litsenziya qurilish materiallari uchun berilgan va bu litsenziyalarning aksari chet el kompaniyalariga berilgan.

 471 litsenziyaning aksari xususiy korxonalarga berilgan. Undan ham ko‘proq qismi chet el korxonalariga tegishli. Lekin bu korxonalarning qirg‘iz korxonalariga tegishlisi ham chet el korxonalari bilan hamkorlikda ishlatiladi yoki ularga ijaraga berilgan. Chunki Qirg‘iziston o‘zi va fuqarolari manfaatlari uchun oltin qazib olish uskunalarini ishlab chiqaruvchi og‘ir sanoatga ega emas. Shu sababli ham yangi kelgan har qanday prezident Qirg‘iziston konlari hech qachon xorijiy davlatlarga berilmaydi, deb va’da berishlariga qaramay, er osti boyliklarini horijiy kompaniyalarga berishga majbur. 

 Bundan tashqari xalqaro tashkilotlar qirg‘izistonlik tadbirkorlarini emas, balki xalqaro investorlar manfaatidan kelib chiqib, ya’ni ularning manfaati asosida xalqaro qonunlar ishlab chiqadi. Xalqaro qonunlar Qirg‘iziston o‘z boyliklarini o‘zi qayta ishlay olmaydigan va uni chet el kompaniyalari va investorlariga tobe qilish asosida ishlab chiqiladi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.