Xalqaro valyuta fondi mustamlakachilik qurolidir

357
0

Xalqaro valyuta fondi mustamlakachilik qurolidir

 Ikkinchi jahon urushi oxiriga kelib Amerika dunyodagi oltin zahirasining 70 foiziga ega bo‘lib oldi. Bunga urush maydonidagi davlatlarga qurol sotish, o‘zi to‘liq ishtirok etmagani natijasida erishdi. Bu holat Amerikaga dunyo etakchiligiga intilish imkonini berdi. Shunday qilib, xalqaro oltin pul nizomi o‘rniga dollar hukmronligini o‘rnatishga harakat qila boshladi. 1944-yili Amerikada “Bretton Vuds” konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferentsiya yakunida Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki tashkil etildi, shuningdek, bir qator qaror va bitimlar imzolandi.

 Xalqaro Valyuta Fondini tashkil etgan va unga rahbarlik qilgan davlat AQSh bo‘lgani sababli, u Fond kapitalini moliyalashtirish bo‘yicha kvota qoidasini qabul qilishni taklif qildi. Ushbu qoida loyihalarni qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan davlatlarni belgilashni o‘z ichiga olar edi. Unga ko‘ra, fond tomonidan qabul qilingan qarorlar 190ta a’zo bo‘lgan davlatlarning kavotasiga muvofiq amalga oshiriladi (AQSh – 16,51 %; Yaponiya – 6,15 %; Xitoy – 6,08 %; Germaniya – 5,32 %; Buyuk Britaniya – 4,03 %; Frantsiya – 4,03 %; Rossiya – 2,59 %; Saudiya Arabistoni – 2,01 %; EIga a’zo 27 mamlakat – 25,55 %). Qaror kvotalarning 85%dan kam bo‘lmagan ovoz bilan qabul qilinadi. Shuningdek, qarorga veto e’lon qilish uchun 15% ovoz etarli hisoblanadi. Amerika bu qoida orqali o‘zini eng katta xissador bo‘lishiga erishdi. Qabul qilinadigan qarorlar ham Amerika rozi bo‘lgan yo‘ldan chiqmaydigan bo‘ldi. Amerika moliyalash bilangina cheklanib qolmay, Xalqaro Valyuta Fondiga kadrlarni AQSh moliya vazirligi, Federal zahira yoki “City Bank of New York” kabi Amerikaning yirik banklarida yuqori lavozimlarda ishlagan odamlarni tayinlashga muvaffaq bo‘ldi. Shu tarzda Amerika Xalqaro Valyuta Fondini dunyoni boshqarish rejalaridan bir qadam ham chetga chiqmaydigan tashkilotga aylantirdi. Masalan, tashkilot tashkil etilgandan boshlab 1960-yilga qadar AQSh uchun bozor ochish va uning tashqi siyosatini kuchaytirishga qulay bo‘lgan davlatlarni qo‘llab-quvvatladi. Shu sababli Fond Evropa davlatlari va Yaponiyaga moliyaviy yordam ko‘rsatib keldi. Keyinchalik, AQSh byudjetidagi kamomad va valyutasining qadrsizlanishi sababli dollar va uning iqtisodiga nisbatan ishonch yo‘qolganda Frantsiya va Shveytsariya o‘zlarida mavjud dollarni oltinga almashtirishni talab qila boshlashdi. Nikson davrida Amerika oltin zahirasi kamayib ketishidan xavfsirab 1971-yili dollarni oltinga ayirboshlash majburiyatini bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqardi. AQSh 1975-1980-yillarda oltinni moliya bozorlaridagi rolini kamaytirishga harakat qildi. Amerika buni dollarga bo‘lgan ishonchni qayta tiklash va uni xalqaro savdoning asosiga aylantirish maqsadida qildi. Natijada, AQSh oltin narxini tushirish maqsadida jahon bozorlariga 412 tonna oltin chiqardi. Biroq, 1980-yil yanvarida oltin narxi keskin ko‘tarilib ketdi. Oltin zahiralarining bu kamomadini yopish uchun Xalqaro Valyuta Fondi AQShga oltin sotish bo‘yicha ish olib bordi. Ma’lumki, Fond dunyodagi oltinga ega tashkilotlarning eng yirigi hisoblanadi. Jahon oltin kengashi tomonidan e’lon qilingan so‘nggi statistik ma’lumotga ko‘ra, XVF 2800 tonna oltinga egalik qiladi.

 Yigirma birinchi asr boshida XVFning roli pasayib, uning ovozi deyarli eshitilmay qoldi. Ayniqsa, u Amerika manfaatlariga xizmat qilgani sababli uni xalqaro tashkilotlarga ehtiyoji qolmadi. Biroq, ko‘plab moliyaviy tashkilotlarni xaonavayron qilgan 2008-yilgi ipoteka inqirozi ortidan Xalqar valyuta fondi qayta jonlandi va an’anaviy kredit siyosatini qo‘llashga o‘tdi. XVFning eng yirik xissadorlari o‘zlarining kredit berish layoqotini mustahkamlashga, harakat maydonlarini kengaytirishga kelishib oldilar. Ushbu kelishuv Katta yigirmatalik (G-20) davlatlarining Londondagi sammitida bo‘lib o‘tdi. Ular XVF kapitalini 750 milliard dollarga ko‘paytirish kelishishdi, Obama ma’muriyati 100 milliard dollar xissa qo‘shdi. Natijada qarz xizmatlari davlatlarning umumiy byudjetidan ko‘rasatiladigan bo‘ldi. Bundan ko‘zlangan maqsad, inqiroz natijasida zaiflashgan mamlakatlarning moliyaviy tashkilotlarga qaramligini oshirish edi.

 Xalqar valyuta fondi tomonidan qo‘yilgan holdan toydiruvchi shartlar mamlakatlarning muhim tarmoqlariga zarar etkazadi. Ular o‘z navbatida qarz olmoqchi bo‘lgan davlatning ahvolini chuqur tadqiq qilib, uning kuchli va zaif tomonlarni o‘z fuqarolaridan ko‘ra yaxshiroq o‘zlashtirishadi. Shuningdek, qarzni qaytarishni kafolatlash maqsadida shafqatsiz va qat’iy uslublardan foydalanishadi. Biroq, bu usullar va ayyorlik bilan ishlab chiqilgan shartlar qarz olgan davlatlarni qarz botqog‘iga botiradi, ularni to‘lash qobiliyatlarini susaytiradi va qarz miqdori ko‘payishigagina olib keladi. Natijada qarz olgan davlat olgan qarzini bir necha barobar ortiq qilib qaytarishga majbur bo‘ladi.

 Shuningdek, qarzdor davlatlarni o‘z fuqarolari oldidagi ba’zi ijtimoiy majburiyatlaridan voz kechishga undaydi. Boshqacha aytganda, mamlakatda non, oziq-ovqat, yoqilg‘i, elektr va dori-darmon kabi asosiy tovarlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga chaqiradi. Bu aholining aksar qismini tashkil etuvchi o‘rta va kambag‘allarga qattiq ta’sir ko‘rsatadi. Bunga qo‘shimcha, XVF ko‘rsatmalari mamlakatda soliq to‘lovlarni ko‘paytirish, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasiga sarflanadigan mablag‘ni qisqartirishga majbur qiladi. Mahalliy hukumat bu ishlarni byudjet balansini saqlash va qarzni to‘lash uchun mablag‘ to‘plash degan bahonalar bilan amalga oshiradi. Shuningdek, davlat sektori korxonalarni xususiylashtirish va XVFda etakchi bo‘lgan davlatlardan olib kelinuvchi tovarlarga nisbatan tariflar va cheklovlarni bekor qilish topshirig‘ini beradi. XVF bu ishlar yordamida yirik davlatlar korxonalarining tovarlari uchun mahalliy bozorlarni ochadi va shu korxonalar orqali mahalliy bozorlarni nazorat qila boshlaydi. Shunday qilib, qarzdor davlat bozorlari XVFda etakchi bo‘lgan davlatlarning doimiy xaridoriga aylanadi.

 Ko‘rinib turganidek, XVF tashqi ko‘rinishidan moliyaviy tashkilot bo‘lsa-da, uning qilayotgan ishlari siyosiy maqsadlarni ko‘zlaydi. Uning kambag‘al mamlakatlarga qarz va imtiyozlar berishi ortida siyosiy nopok niyatlari yashiringan. Masalan, XVFning Qirg‘izistondagi vakolatxonasi o‘tgan yilgi hisobotida hukumatni soliq imtiyozlari, davlat sektorida yuqori ish haqi, energetika tarmog‘idagi subsidiyalarni qisqartirish va davlat moliya boshqaruvini kuchaytirish takliflarini kiritgan. Shuningdek, hukumat davlat byudjeti kamomadini hisoblashda zarar ko‘rgan davlat korxonalarni qayta moliyalashtirish masalasini ko‘rib chiqishi kerakligi aytilgan. Mana shunday “takliflar” bilan davlatga bosim o‘tkaziladi. Ushbu takliflarning eng muhimi energetika tarmog‘idagi subsidiyalarni olib tashlab bo‘ldi. Bu taklifga muvofiq subsidiyalar olib tashlanganidan keyin, elektr energiyasi narxini oshirish taklif qilinadi. Odamlar narxlardan qiynalgan vaqtda, hukumat bu tarmoqni investorlarga berish masalasini ko‘taradi. Bu ish amalga oshsa, davlatdagi strategik muhim ahamiyatga ega va eng  daromadli soha xorijiy investor-mustamlakachiga berib yuboriladi. Agar investor daromadidan bizga ulush ajratilgan taqdirda ham u XVF kabi mustamlakachi tashkilotlardan bo‘lgan qarzlarimizni to‘lashga sarflanadi. Agar bunday “islohotlar” amalga oshirilmasa ajratiladigan qarzlar ortga qaytariladi. Masalan, oldinroq Jahon banki Qirg‘iziston elektr energiyasi narxlarini oshirish bo‘yicha shartlarni bajarmagani sababli 96,8 million som miqdorida qarz berishdan bosh tortgan edi.

 Mana shunday, davlatlar qarzlari ustiga foizini berish bilan birga ularning talablarini bajarishga ham majbur bo‘lishadi. Ayniqsa, Qirg‘iziston kabi iqtisodi nochor mamlakatlar pandemiya bahonasi bilan ushbu tashkilotlardan imkon qadar ko‘proq qarz olish harakatiga tushib qolishdi. 2020-yil 31-yanvar holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonning davlat qarzi 4 milliard 928,67 million dollarga etdi. Qirg‘iz hukumati shu vaqtga qadar koronavirusga qarshi kurash bahonasida deyarli barcha xalqaro tashkilotlardan qarz so‘rab chiqdi. Rasmiy hukumat rejalashtirgan 500 million dollarlik qarzning 243 million dollarini oldi. Bungacha hukumat mamlakatda favqulotda holat e’lon qilib, karantin talablarini kuchaytirdi. Biroq, hukumat vakillari olinayotgan qarzlar qaysi sohaga va qanday maqsadda sarflanayotgani bo‘yicha hisobot berishga tizim yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qilish orqali mamlakatda korruptsiya chuqur ildiz otganini tan olishmoqda.

 Belorus prezidenti Aleksandr Lukashenko esa XVF karantin, izolatsiya va favqulotda holat joriy etish evaziga avvalgiga qaraganda o‘n barobar ko‘p yordam ko‘rsatishni taklif qilganini, ammo bunday shartga rozi bo‘lmaganini ma’lum qildi. Chunki, vaqti kelganda bu qarzlarni foizi bilan qaytarish kerak bo‘ladi. Mana shunda ular avvalgi qarzlarni to‘lash uchun yana yangi qarz olishga majbur bo‘lishadi.

 Bundan tashqari, XVF hukumat kursisida o‘tirganlar qarzlarning bir qismini o‘z cho‘ntaklariga solib olishlarni bilib tursada qarz beraveradi. Sababi, XVF uchun qarz foizi bilan qaytishidan ham ko‘ra, davlat qarzini to‘lay olmay, qayta-qayta qarz olib batamom zanjirband bo‘lib qolishi muhim ahamiyatga ega. Masalan, 2018-yili XVF yangi kredit dasturi doirasida Ukrainaga 3,9 milliard dollar ajratishni tasdiqladi. “Ukraina moliya vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatning umumiy qarzi 52 milliard dollardan oshadi”.  Parlamentning sobiq deputati Vadim Rabinovich 19-may kuni “112 Ukraina” telekanali ko‘rsatuvida XVFning bunday “yordamlari” Ukrainani inqirozga uchiratayotganini aytdi. Uning aytishicha, XVF iqtisodiyotga faqat chiqimlar olib keldi va mamlakatni qarz botqog‘iga botirdi. Kelgusi 5 yil ichida Ukraina XVFga 10 milliard dollar to‘lashi kerak. “Poroshenko davrida XVF Ukrainani dunyodagi eng korruptsiyalashgan mamlakat deb tan oldi. Agar sizlar ularning hammasini o‘g‘ri deb atab, keyin ularga milliardlab qarz berib kelmoqdasizlar, demak, siz ataylab bizning davlatimiz bo‘yniga sirtmoq solayotganlaringni bilgansizlar yoki sizlar ular bilan  ulushdasizlar”, – dedi Rabinovich.

 O‘g‘ri siyosatchilar odatda o‘g‘irlagan pullarini xorijga chiqarib ketib, kofir G‘arbning banklarida saqlashadi. Ular qachonki o‘z mamlakatlarida turli noroziliklar va xalq qo‘zg‘olonlari boshlanganda, G‘arb banklarining “Bank siri” va “Tasdiqlangan hisob” deb atalgan xizmatlar orqali o‘z boyliklari xavfsizligini kafolatlab olamiz deb o‘ylashadi. Arab davlatlaridan o‘g‘irlab chiqilgan pullarning katta qismi shveytsariyalik, amerikalik, britaniyalik va frantsiyalik banklarda saqlanadi. Deutsche Welle axborot agentligining ma’lum qilishicha, arad davlatlaridan noqonuniy olib chiqilgan va Shveytsariya banklarida maxfiy saqlanayotgan mablag‘ miqdori 200 milliard dollarni tashkil etsa, arab davlatlaridan chiqarib ketilgan mablag‘ning umumiy miqdori bir necha trillion dollarni tashkil etadi.

 Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, bu pullarning ko‘p qismi noqonuniy yo‘llar bilan boyigan munofiq siyosatchilar va biznesmenlarga tegishli. Natijada oddiy xalq siyosatchilar o‘g‘riligi va tashqi qarzdan qutulish degan ikki tosh o‘rtasida, tegirmonga tushga bug‘doy kabi ezilib yashamoqda. G‘arb bu vaziyatdan ikki jihatdan foyda ko‘radi. Birinchidan; ulardagi boyliklarga egalik qilish uchun o‘z tashkilotlari va kompaniyalariga yo‘l ochiladi. Shundan so‘ng ular yordamida zaif davlatlarni talon-taroj qilib, xo‘jayinlik qilishadi. Ikkinchidan; ummat ustidagi sotqin siyosatchilar tomonidan o‘g‘irlab chiqilgan pullarni o‘z banklarida saqlashadi va kerak vaqtda bu mablag‘lardan o‘z mamlakatlarining iqtisodiy tsiklida foydalanishadi.

 Bunga qo‘shimcha, XVF kabi fondlar qo‘ygan shartlar va ko‘rsatmalar sababli iqtisodiyotning nochorlashi va boshqaruvchi qatlamning buzilishi natijasida hokimiyatga qarshi paydo qo‘zg‘olonlardan G‘arbning yirik davlatlari har doim o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib kelishadi. Xalqaro maydonda raqobatlashayotgan bu davlatlar “fuqarolik jamiyati” deb nomlanuvchi tashkilotlarni yangi siyosiy doiraga kiritishga harakat qilishadi. G‘arb bunday tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlab, moliyaviy jihatdan ta’minlab keladi. Bu yirik davlatlarning qarzdor mamlakatlardagi vaziyatni nazorat qilishga qaratilgan sa’y-harakatining yaqqol namunasidir. Shuningdek, qarzdor mamlakatlarning zaifligi tufayli, ba’zan yirik davlatlar ulardan ma’lum bir pozitsiyani ushlashni alab qilishadi. Masalan, BMTdagi qarorlarni qabul qilish vaqtida yirik davlatlar manfaatiga mos ovoz berish. Musulmon mamlakatlari rahbarlari Xitoyning Shinjondagi zulmini yoqlagani yoki AQShning (Isroil) siyosatini qo‘llab-quvvatlagani kabi. Shuningdek, mamlakatda harbiy bazalar qurish uchun yo‘l ochiladi. Shu orqali qarzdor mamlakatlar mustamlakachilarga qaram bo‘lib qoladi.

 Demak, XVF harakatlarini kuzatgan odam bu fond yaxshidik olib kelmasligini ko‘radi. U AQShning dunyoda hukmron bo‘lish qurollaridan biri bo‘lib, oldindan belgilab berilgan reja bo‘yicha qadam tashlaydi. Uning vazifasi – AQSh liderligini saqlash va boshqa raqobatchilarni paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.

 Xulosa qilib aytganda, kapitalizm tuzumi moliyaviy yoki odamlar ishini boshqarish masalasiga Yaratuvchi aralashmasligi zarur deydi. Mana shu asosiy mafkuradan qonunlar ishlab chiqiladi va shu qonunlardan moliyaviy institutlar tashkil etiladi. Bu institutlar insonni bee’tibor qoldirdi. Asosiy e’tibor molga, uni ko‘paytirishga qaratildi, boylar va kambag‘allar o‘rtasida ulkan farq vujudga keldi, talon-tarojliklar turli nomlar bilan qonunlashtirildi. Xalqaro Valyuta Fondi mana shu kapitalizm imorati bino etilishidagi ustunlardan biridir. Biroq, inqirozlar kuchayishi ortidan bu imorat poydevori va ustunlari darz ketdi. Hatto, ko‘plab iqtisodchilar bino poydevoriga bo‘lgan ishonchlarini yo‘qotishdi. Bu inqirozga kapitalizm, uning mafkurasi va tashkilotlari sababchi. Shu sababli bugun barcha Islomga ko‘z tikib turipti. Ular hayot yo‘nalishini to‘g‘rilash va tabiiy yo‘liga solishga faqat Islomgina qodir degan e’tibordalar. Ayniqsa, Islom fiqxiy va tarixiy merosga boy bo‘lgani sababli uning dunyoga etakchilik qilish shubhasiz. Tarixda Islom va uning beqiyos iqtisodiy qonunlari inson va jamiyat rivojiga mos din ekanligi tasdiqlangan. Bu qonunchilik to‘g‘ri kulliy mafkuradan olingan, unda inson, hayot va koinotga Allohning nuri bilan nazar solinadi. Natijada, dunyo o‘zining to‘g‘ri yo‘liga tushib, faravon hayot ta’minlanadi.

 Islomni hayotga olib kelish bilan nafaqat Islom Ummati, balki butun insoniyat mustaqillik, daxlsizlik va azizlikka erishadi. Shunday ekan, faqat Islom doirasida jamiyatni tubdan o‘zgartirish uchun bor imkoniyatmiz bilan harakat qilaylik!

 Mumtoz Movarounnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.