Alloh va’dasi haq bo‘lgan Zotdir

287
0

Alloh va’dasi haq bo‘lgan Zotdir

Allohning O‘z mo‘min bandalariga nusrat berish va g‘olib qilish haqidagi va’dasi qiyomat kuniga qadar mavjuddir:

وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنْكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُم فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمْ الَّذِي ارْتَضَى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُمْ مِنْ بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْنًا يَعْبُدُونَنِي لاَ يُشْرِكُونَ بِي شَيْئًا وَمَنْ كَفَرَ بَعْدَ ذَلِكَ فَأُوْلَئِكَ هُمْ الْفَاسِقُونَ

 “Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o‘tgan zotlarni (er yuziga) xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O‘zi rozi bo‘lgan (Islom) dinini g‘olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so‘ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo‘yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular fosiqlardir” [Nur 55].

 Islom Ummati o‘tgan yuz yil mobaynida o‘z azizligidan ayrilib, zulmu sitam, xoru zorlik iskanjasida kun kechirib kelmoqda. Kofirlar Islom dini va uningqadriyatlariga nisbatan ko‘ngillariga kelgan ishni qilishmoqda. Musulmonlarning qadriyatlar toptaldi, nomus va sharaf oyoq osti qilindi. Qisqasi musulmonlar ko‘rmagan zulm, qirg‘in va xorlik qolmadi. Bugun nafaqat musulmonlar, balki butun bashariyat kapitalizm deb atalmish eb to‘mas, ochofat tuzum olib kelgan balolar ichida to‘lg‘onmoqda, o‘z najotkorini kutmoqda. Butun dunyodagi ahvol va bashariyat boshiga tushayotgan zulmu sitamlar Islomsiz echilmaydi. Islom Ummatni uyg‘otib, bashariyatni qutqarishda o‘z rolini mabda sifatida ado eta olishi, insoniyatni zulmatdan nurga olib chiqishi uchun albatta davlat kerak. Chunki Xalifalik davlatigina Allohning hukmlari mukammal tatbiq etilishining kafolatidir.

 Ummat ichidagi taqvodor musulmonlar Alloh va’da qilgan nusrat va azizlikka zarracha shubha qilmay, Allohning hukmlarini er yuzida olish qiluvchi Xalifalik davlatini barpo etish yo‘lidagi harakatlarini biron lahza bo‘lsa ham to‘xtatishmadi. Ular Allohning va’dasi va payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning bashrotlariga ishongan holda o‘z ahdu-paymonlarida sabot bilan turib, maqsad sari dadil intilmoqdalar. Bu davlatning barpo etilishi esa vaqt masalasidir. Allohning izni bilan tez orada rabboniy va’da, nabaviy bashorat ro‘yobga chiqadigan , Islom qaytib keladi, uning davlati barpo etilib, Islom kuchli bo‘ladi.

Alloh Taolo ushbu kalomida va’da qilgandek, dinimiz er yuziga keng tarqaladi:

هُوَ الَّذِي أَرْسَلَ رَسُولَهُ بالهدى وَدِينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدِّينِ كُلِّهِ وَلَوْ كَرِهَ الْمُشْرِكُونَ

“U (Alloh) O‘z payg‘ambarini hidoyat va haq din bilan – garchi mushriklar xohlamasalar-da – barcha dinlar ustidan g‘olib qilish uchun yuborgan zotdir” [Tavba 33].

 Nusrat – Allohning solih bandalariga bergan va’dasi bo‘lib, bu hech bir shubhasiz amalga oshadigan va’dadir. Alloh nusrat bergan kuni musulmonlar oldida turishga qodir birorta ham kuch qolmaydi.

إِنْ يَنْصُرْكُمُ اللهُ فَلَا غَالِبَ لَكُمْ

“Agar Alloh sizlarga nusrat bersa, hech kim sizlardan g‘olib bo‘lolmas” [Oli Imron 160].

 Shuningdek,  Sayyidul anbiyo Rasuli akram sollallohu alayhi va sallam Allohning dini er yuzining barcha eriga tarqalishi haqidagi quyida marhamat qilgan bashoratlari ham ro‘yobga chiqadi:

لَيَبْلُغَنَّ هَذَا الْأَمْرُ مَا بَلَغَ اللَّيْلُ وَالنَّهَارُ, وَلاَ يَتْرُكُ اللَّهُ بَيْتَ مَدَرٍ وَلاَ وَبَرٍ إِلاَّ أَدْخَلَهُ اللَّهُ هَذَا الدِّينَ بِعِزِّ عَزِيزٍ أَوْ بِذُلِّ ذَلِيلٍ، عِزًّا يُعِزُّ اللَّهُ دِينَ الْإِسْلَامِ، وَذُلاًّ يُذِلُّ بِهِ الْكُفْرَ

 “Bu ish kecha va kunduz etib borgan joygacha etib boradi. Alloh bironta ham o‘trog‘u ko‘chmanchining uyini qoldirmasdan unga bu dinni azizning azizligi yoki xorning xorligi bilan kiritadi. Azizlikki, u bilan Alloh Islom dinini aziz qiladi. Xorlikki, u bilan Alloh kufrni xor qiladi”. (Imom Ahmad rivoyati).

 Rosululloh sollallahu alayhi va sallam yana bunday marhamat qildilar:

… ثُمَّ تَكُونُ جَبْرِيَّةً، فَتَكُونُ مَاُ شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ

“… So‘ng zolim-zo‘ravon podshohlik bo‘ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So‘ng Alloh O‘zi xohlaganda uni ko‘taradi. So‘ng payg‘ambarlik minhoji asosida Xalifalik bo‘ladi» (Imom Ahmad va Tovalisiy ishlab chiqqan).

 Nusrat kitobining sahifalari ado bo‘lmaydi, hikoyalari to‘xtamaydi. Uning har bir harf va so‘zlari imon, Allohga ishonch va chiroyli tavakkulda bo‘lish, ahd-vafo, yorqin e’tiqod, hozirlik, sabotdan iboratdir.

 Alloh Taolo marhamat qiladi:

وَنُرِيدُ أَن نَّمُنَّ عَلَى الَّذِينَ اسْتُضْعِفُوا فِي الْأَرْضِ وَنَجْعَلَهُمْ أَئِمَّةً وَنَجْعَلَهُمُ الْوَارِثِينَ

 “Biz er yuzida xorlangan kishilarga marhamat qilishni, ularni (xor-bechoralikdan chiqarib) barchaga peshvo zotlarga aylantirishni va ularni (Fir’avn mulkining) vorislari qilishni istaymiz”  [Qasos 5].

 Hech qachon unutmasligimiz kerak bo‘lgan haqiqat shuki, biz Allohning ushbu eng sharafli, eng pokdomon va eng yaxshi anbiyolari oltin zanjirining so‘nggi xalqasi bo‘lgan va ularga imon keltirib, go‘zal suratda ergashgan Islom Ummatimiz. Biz Qodir Allohdan ustimizdagi hijriy yilni yaxshilik ochqichi qilishini, ilohiy nur zulm va zulmat ustidan g‘olib bo‘lishini so‘rab qolamiz.

Allohning taqvoli qullariga nusrat berishi qiyomatgacha qonun bo‘lib qoladi:

وَعْدَ اللَّهِ لَا يُخْلِفُ اللَّهُ وَعْدَهُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

 “(Bu) Allohning va’dasidir, Alloh O‘z va’dasiga xilof qilmas, biroq ko‘p odamlar bilmaslar” [Rum 6]

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.