AQSh Senati o‘z elchixonalarini Quddusda qoldirishni ko‘pchilik ovoz bilan ma’qulladi

291
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

AQSh Senati o‘z elchixonalarini Quddusda qoldirishni ko‘pchilik ovoz bilan ma’qulladi

Rossiyaning «RT» telekanali veb-saytida (hijriy 1442 yil 23 jumodussoniy, milodiy 2021 yil 5 fevral juma kuni) tarqatilgan xabarda bunday deyiladi:

«Kecha payshanba kuni kechki payt, «The Jerusalem Post» gazetasi xabariga ko‘ra, Senat AQSh elchixonasini Quddusda qoldirishni aksar ovoz bilan ma’qulladi.

Oklaxoma shtatidan Respublikachilar partiyasi a’zosi Jim Inxof «Ushbu tuzatish hech kimda kelishmovchilik paydo qilmasligi kerak. Chunki Quddus «Isroil»ning poytaxti bo‘lishi va elchixonamiz Quddusda joylashishi kerak. Bizning Qo‘shma Shtatlardagi pozitsiyamiz 25 yildan beri shunday bo‘lib kelmoqda», dedi.

Eslatib o‘tish joizki, Bayden Senat a’zosi bo‘lgan paytda Kongressning AQSh elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirish nazarda tutilgan 1995 yilgi qonunini qo‘llab-quvvatlagan edi».

Roya:

Ushbu tadbirdan yaqqol ko‘rinib turibdiki, birin-ketin kelayotgan AQSh ma’muriyati va kengashlari, garchi ularga raislik qiluvchi partiyalarning fikrlari farqli bo‘lsa-da, biroq ularning barchasi Amerikaning mustamlakachilik manfaatlarini ijro etishda bir xil fikrdalar. Yahudiylarni va yahudiy vujudini himoya qilish hamda muborak Falastin zamini masalasini yo‘q qilish AQSh manfaatlarining asosiylaridan hisoblanadi. Falastindagi va musulmon o‘lkalardagi tobe va malaylarning bu boradagi fikrlarining ixtilofliligi ham soxta ixtilofdir, bu Amerikaning ayni masalani hal etishga oid qarashlarini o‘zgartirolmaydi. Demakki, kufr millat tanlamaydi, kim ularga suyansa, u yo nodon-ahmoq yoki ular bilan tili birdir.

Roya gazetasining 2021 yil 10 fevral chorshanba kungi 325-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.