Yuz yil Xalifaliksiz o‘tdi! Ey musulmonlar, Xalifalikni qayta barpo qilinglar!

492
0

Yuz yil Xalifaliksiz o‘tdi!

Ey musulmonlar, Xalifalikni qayta barpo qilinglar!

Hizb ut-Tahrir joriy yil rajab oyida mustamlakachilar qo‘lida Xalifalik qulatilganining alamli yuz yilligini xotirlash uchun olamshumul kampaniya o‘tkazmoqda. Hijriy 1342 yil 28 rajab oyida Britaniya malayi Mustafo Kamol ilmoniy Turkiya davlatiga prezident bo‘lgach, Xalifalikni bekor qilgan edi.

Shu kundan boshlab, Islomiy Ummat o‘z etakchiligini yo‘qotdi va misli ko‘rilmagan tarzda bo‘linib ketdi. Aka-uka va opa-singillar mustamlakachilar va ularning malaylari tomonidan paydo qilingan alohida milliy davlatchalarda yashashga majbur bo‘ldilar. O‘shandan beri xorijiy mustamlaka kuchlarining xohishlariga javoban odamlarni o‘z boyliklari va suverenitetidan voz kechishga majburlash uchun bir qator prezidentlar, bosh vazirlar va qirollar tayinlandi.

Xalifalik – zaiflash va qulashdan oldin olamdagi birinchi davlat maqomida bo‘lgan. Zero, u islomiy da’vatni butun olamga olib chiqish, o‘z fuqarolarini dushmanlaridan himoya qilish va er yuzida odil Islomiy boshqaruvni o‘rnatishga qodir edi. So‘ngra millatchilik, ilmoniylik, sotsializm va kapitalizm kirib keldi. O‘shandan beri diktatorlik hamda qirollik, feodalizm va demokratik  rejimlardan azob chekmoqdamiz. O‘shandan beri Ummat misli ko‘rilmagan qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda.

Buzuq mustamlakachilar yuz yildan beri olam va uning xalqlarini vayron qilmoqda. Haq dushmanlari butun dunyoni yashash uchun yaroqsiz holga keltirishdi. Bugun hayotimizga hukmronlik qilayotgan ilmoniy mafkurada korruptsiya, yolg‘onchilik, qulchilik, ekspluatatsiya va qotillik o‘zini oqlamoqda. Ko‘rinib turibdiki, sayyoramizdagi deyarli barcha odamlar yashashdan aziyat chekmoqda. Mazlumlarning xavfsiz boshpana, yo‘l-yo‘riq va yordam so‘rab murojaat qiladigan joyi yo‘q.

Allohning izni bilan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik barpo etilgach, dunyo xalqlari  o‘z najotkorlariga ega bo‘ladilar. Buzuq kishilar jazolanib, zolimlar hisob-kitob qilinadi.

Hizb ut-Tahrir kechayu kunduz mana shu narsa uchun harakat qilmoqda. Biz Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni xohlaymiz va aytamizki, davlatsiz, Xalifaliksiz yuz yil yashaganimiz etar. Ey musulmonlar, Xalifalikni barpo qilinglar, Xalifalikni qayta barpo etishga faoliyat qilayotganlar bilan birga bo‘linglar.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُون

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar» [Anfol 24]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.