Malay hokimlar Ummatning birlashishidagi asosiy to‘siqdir

388
0

Malay hokimlar Ummatning birlashishidagi asosiy to‘siqdir

Mo‘g‘ul imperatori Chingizxonning Buxoro shahriga qilgan yurishi muvafaqqiyatsiz bo‘lib, kuchi etmasligiga amin bo‘ladi. Shunda Chingizxon Buxoro ahliga maktub yo‘llab shunday deydi: “Kim bizning safimizga qo‘shilsa, uning xavfsizligiga kafil bo‘laman”. Natijada shahar aholisi mo‘g‘ullar taklifini qabul qilgan va qabul qilmaganlardan iborat bo‘lgan ikki guruhga bo‘lindi. Bundan xabar topgan Chingizxon yana xat yuborib: “Bizga qarshi chiqqanlarga qarshi biz bilan bir safda turib kurashganlarga shahar hokimligini beramiz”, deydi. Oqibatda mo‘g‘ullarga taslim bo‘lish tarafdorlari urush boshlab, g‘alaba qilishadi. Biroq, shaharni bosib olgan mo‘g‘ullar xoinlar qo‘lidan qurollarni yig‘ishtirib olib, ularni o‘ldirishga buyruq beradi. Shundan so‘ng Chingizxon ushbu mashxur so‘zini aytadi: “Agar ular o‘z rahbarlariga ishonishganida, dushmanlari bo‘lgan bizning foydamizga xoinlik qilishmas edilar”. (Ibn Asir, “Al-Komil fit tarix”).
Shubha yo‘qki, Islom tarixida Ummat boshiga tushgan xorliklar o‘z rahbarlariga ishonmay, bosqinchi kofirlar kuchiga ishonganliklari oqibatida sodir bo‘ldi. Afsuski, bugun Ummat boshiga tushayotgan kulfatlar ham bizning rahbarlar Ummatga emas, balki kofir mustamlakachilarning kuchiga tayanishi sababli bo‘lmoqda. Bunga Suriya inqirozi yorqin misol bo‘la oladi.

Yaqin Sharqdagi Ummat qo‘zg‘oloni o‘g‘irlanib, uni shavfqatsizlarcha bostirilishiga mustamlakachi AQSh, Evropa va Rossiya bilan birga mintaqadagi Eron, Saudiya va Turkiyaning xiyonatkor harakatlari katta rol o‘ynamoqda. Chunki, Amerika Shom qo‘zg‘oloni mintaqadagi boshqa qo‘zg‘olonlardan farq qilishini anglab etdi. Shu sababli mintaqadagi malay hokimlarga rol bo‘lib berdi. Masalan, Eronning “hizbulloh” tashkiloti Asad rejimini mustahkamlash uchun Islomni olib kelishga harakat qilayotganlarga qarshi urush olib bormoqda. Saudiya va Birlashgan Arab Amirliklari esa bir tomondan xalqaro koalitsiyaning chiqimlarini qoplash, ikkinchi tomondan kurdlarga qurol-yaroq va moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish rolini oldi. Bunday yordamlar dastlab jihodiy tashkilotlarga ham ochiq edi. Ammo keyinchalik ular AQSh manfaatlariga xizmat qiluvchi muzokaralar stoliga o‘tirishmagach, ular uchun bu eshiklar yopildi. Turkiya esa Asad rejimiga alternativ sifatida paydo bo‘lgan “Suriya ozodlik armiyasi” bilan birga “Islom davlati” tashkiloti va kurd kuchlariga qarshi kurash olib bormoqda. Shuningdek, kurdlar tomonidan “Suriya demokratik kuchlari” tashkil etilib, AQSh manfaatlariga muvofiq jihodiy tashkilotlarga qarshi kurashmoqda.

Bu hokimlarning vazifasi – zo‘ravonlik, qirg‘in va Shom xalqi uylarini vayron qilib, ularni qochqinga aylantirish bo‘ldi. Masalan, “RT” veb-sayti 10-yanvarda Eronning Suriyaga aralashuvi 500 ming inson o‘lmiga sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Bunga qo‘shimcha fuqarolarning yarmida ko‘pi o‘z uy-joylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Xalqning 90 foizining kunlik daromadi 2 dollardan ham kam. Qo‘zg‘olonchilarga “do‘st”dek ko‘ringan hokimlar Amerika malayi Bashar rejimini qulashdan saqlab qolish uchun qo‘zg‘olonchilarni maqsad va talablaridan chalg‘itish vazifasini ado etishmoqda. Ularning harakati bilan “Jeneva-1”dan boshlangan Vena, Riyoz, Moskva, Ostona va Sochi kabi muzokara stollari tashkil etildi.

Bunga qo‘shimcha, Islomni yomon ko‘ruvchi va Shom qo‘zg‘oloni g‘alab qozonishidan qo‘rqqan xorijiy razvedka josuslari Turkiyada yig‘ilib, qo‘zg‘olonchilarga qarshi makr-xiyla qilishni rejalashtirishdi, jangovor guruhlar etakchilari va ta’sirli kishilarni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirish uchun ularni iflos pullar bilan sotib olish ustida ish olib borishdi. Ular Shom qo‘zg‘olonini ham Misr, Tunis, Liviya va Yamandagi holatga solishmoqchi. Bu davlatlarda rejim saqlab qolindi, ba’zi siyosatchilargina o‘zgartirildi, buni barchamiz yaxshi bilamiz. Shu sababli o‘n yildan beri AQSh, Evropa, Turkiya, Rossiya va Eron Suriyaning kelajagi “siyosiy echimda” deb kelishmoqda! Ammo bu echimni harbiy yo‘l bilan majburlab tiqishtirishmoqda samolyotlar, zambaraklar, raketalar, rus salibchilari va Asad nusayriylarining hujumlari bilan amalga oshirilmoqda. Turk rejimi siyosiy makr ishlatib, jangovor guruhlarning qurol-yaroqlarini nazoratga olmoqda… Guruhlar etakchilari esa “qo‘llab-quvvatlovchi” davlatlar bilan aloqa qilib, ularning buyruqlariga itoat qilishmoqda!

Shunday qilib, hozir Suriya maydonining 63,38 foizni Asad rejimi, 25,65 foizini “Suriya ozodlik armiyasi, 10,32 foizi Turkiya nazorati ostida, qolgan mayda hududlar jihodiy tashkilotlar tomonidan nazorat qilinmoqda.

Xulosa qilib aytganda, Suriya qo‘zg‘oloni 10 yildan beri to‘xtamay davom etib kelayotganini yagona sababi, AQShning arab bahoriga nisbatan qo‘llagan uslubi barbod bo‘lganidadir. Aniqrog‘i, AQSh boshqa qo‘zg‘olonlarda boshqaruvdagi malay hokimlarni almashtirish yoki harbiy to‘ntarish orqali rejimni almashtirish yo‘li bilan xalqni chalg‘itib keldi. Suriya masalasida ummat AQShning bu ikki strategiyasiga aldanmadi. Asadning o‘rniga, uning rejimi o‘rniga taklif qilingan hech bir rejim xalq tomonidan qabul qilinmadi. Natijada AQSh boshchiligidagi kuchlar Asad rejimini himoya qilishga majbur bo‘lishmoqda. Unga qarshi tarafni esa shafqatsizlarcha bostirishga harakat qilishmoqda. Biroq, mafkuraga qarshi harbiy kuch bilan kurashish usuli tarixda hech qachon muvaffaqiyatli bo‘lgan emas! Aksincha, Shomda bo‘layotgan bu qirg‘in, xiyonat va zulmlar iymoniy muhitni, mabdaiy tushunchalarni va mafkuraviy harakatlarni kuchaytirmoqda. Albatta, kufr olami bu haqiqatni biladi. Ammo ularning vaziyatni vaqtincha bo‘lsa ham harbiy harakatlar bilan bostirib, yashirib turishdan boshqa chorasi qolmadi.

Afsuski, musulmon mamlakatlar hukmdorlari hech uyalmay Ummatga xiyonat qilishni davom ettirmoqdalar. Ularga haqiqat bayon qilingani sari, o‘z xojalarini yanada ko‘proq rozi qilish va mansablarini saqlab qolish ilinjida bu haqiqatdan yanada uzoqlashishmoqda. Ular o‘zlaridan avvalgi malay hokimlar taqdiri qanday yakun topganiga nazar solishmadi, u malaylarning davri butganidan so‘ng xo‘jayinlari tupirib tashlashgan edi. Bunga Saddam Xusayin, Muammar Qazzofiy, Xusni Muborak va boshqa malay hokimlarning taqdiri yorqin misoldir.

Ummat himoya qiladigan qalqonisiz qolgani sababli bunday xorlik 100 yildan beri davom etib kelmoqda. Demak, bu holatdan chiqishning haqiqiy yo‘li mana shu buyuk davlatni qayta barpo etishdadir. Albatta, Allohning nusrati yaqin…

“Albatta, Alloh O‘ziga (diniga) yordam berganlarga yordam beradi. Albatta Alloh kuchli va g‘olibdir” [22:40]
Mumtoz Movarounnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.