Munofiqlik va nodonlik siyosiy qaramlik talablaridandir

271
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Munofiqlik va nodonlik siyosiy qaramlik talablaridandir

Ustoz Abu Hamza Xutvoniy qalamiga mansub

Siyosiy qaramlikning o‘ziga xos xususiyat va tarkibiy qismlari bilan bir qatorda talablari va qo‘shimchalari ham bor. Bularning barchasi hukmron elitada va uning ittifoqchi siyosiy doiralarida yig‘ilgan. Agar chet elliklarga sadoqatli bo‘lish, yirik davlatlarga malaylik qilish, xalqqa xiyonat qilish, hokimiyatni sevish kabi ishlarni siyosiy qaramlikning xususiyat va tarkibiy qismlari, deb hisoblaydigan bo‘lsak, demak, munofiqlik va nodonlik siyosiy qaramlikning talab va qo‘shimchalaridir.

Agar siyosiy munofiqlik bilan siyosiy nodonlikka aniq va yangi misollar qidiradigan bo‘lsak, ularning har kuni ko‘zga tashlanadigan darajada ko‘pligiga guvoh bo‘lamiz. Lekin ushbu qisqa maqolada ushbu munofiqlik va nodonlikni gavdalantirgan uchta misolni keltirish bilan kifoyalanamiz:

Birinchi misol:

Bu misol Marokash hokimiyati ishtirokchisi hamda islomchilar, deya hisoblangan Adolat va Taraqqiyot partiyasidir. Taxminan bundan ikki oy oldin Amirliklar bilan Bahrayn yahudiy vujudi bilan diplomatik munosabatlarni normallashtira boshlashganida Marokash bosh vaziri Sa’duddin Usmoniy bunga qattiq hujum qilgan edi. Islomiy xususiyatga ega bo‘lgan Adolat va Taraqqiyot partiyasi raisi Usmoniy o‘z hukumatining yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirish ishiga har qanday vaziyatda ham qo‘shilmasligini e’lon qildi.

Biroq, kuni kecha Marokash qiroli Muhammad oltinchi mamlakatning yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish ishiga qo‘shilishini e’lon qilganda esa, Usmoniy o‘z pozitsiyasini o‘zgartirdi. U avvalgi pozitsiyasiga zid bo‘lgan bunday xoinona pozitsiyasini turli bahonalar bilan oqlay boshladi. U Adolat va Taraqqiyot partiyasining yirik a’zolarini bosh kotibiyatga to‘plab, odamlarga munofiqlik va nodonlikka to‘la bayonot taqdim etdi! Bayonotdan qisqacha keltiramiz:

1 –       Marokash qirolining uzoqni ko‘rgan, hikmatli rahbarligini hamda uning rahbarligi keltirib chiqargan buyuk strategik o‘zgarishlarni qadrlab, e’zozlaymiz.

2 –       AQSh prezidentining G‘arbiy Sahro-Saxarani Marokashning bir qismi deb chiqargan bayonnomasini qo‘llab-quvvatlaymiz, buning natijasi o‘laroq, mamlakatimizning xalqaro doiralardagi mavqei mustahkamlanishini va Marokash raqiblari tomonidan qilinadigan dushmanlikning ozayishini yuksak baholaymiz.

3 –       Adolat va Taraqqiyot partiyasi Sahro ustidan mamlakat suverenitetini mustahkamlash uchun qirol olib borayotgan sa’y-harakatni qo‘llab-quvvatlashga xalqning safarbar qilinishini qo‘llab-quvvatlaydi.

4 –       Qirolning Quddus qo‘mitasi raisi sifatida falastinliklar haq-huquqini himoya qilishdagi hamda Mahmud Abbos bilan aloqa qilib, uni qo‘llab-quvvatlashdagi mustahkam pozitsiyasiga e’tibor qaratamiz.

5 –       Adolat va Taraqqiyot partiyasi pozitsiyasi bosqinchilikka qarshi Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash va xalqaro qonuniylikka rioya qilishdan iboratligini ta’kidlaymiz.

Adolat va Taraqqiyot partiyasi chiqargan bayonotdagi asosiy punktlar mana shulardir. Bulardan uning naqadar munofiqligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Chunki bu partiya yahud vujudi bilan o‘rnatgan eski munosabatlari orqali tanilgan qirolning siyosiy qarorlarini qo‘llab-quvvatlamoqda va uning pozitsiyasiga moslashmoqda. 

Ayni bayonotda Islom va musulmonlarga ashaddiy dushman prezidentlardan biri bo‘lmish Trampning bayonoti maqtalib, u haqda Marokash manfaatiga xizmat qiladi, degan tasavvurni paydo qilishga harakat qilingan.

Adolat va Taraqqiyot partiyasi bayonoti Islomdagi o‘zgarmas asoslardan mutlaqo yiroqdir. Bu Hizb Islomni Marokashning ichki-mahalliy ishlariga cheklab, o‘zi da’vo qilgandek uni umumiy manba qilib olmagan. Bu narsa uning munofiqligiga qo‘shimcha cheksiz nodonligi hamdir!!

Ikkinchi misol:

Siyosiy munofiqlik bilan siyosiy ko‘rlikka ikkinchi misol Amirliklardir. Xususan, Dubay kompaniyasining sobiq raisi politsiya general-leytenanti Zoxiy Xalfon. Bu kimsaning nafratli bayonotlari bor. Masalan, yaqinda Arab davlatlari Ligasiga yahudiylar davlatini a’zo qilishga va arablarni bu davlat bilan xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik qilishga da’vat qilgani uning qanchalik munofiq va nodonligini ko‘rsatdi. Uning da’vosicha, bu bosqinchi davlat xavfsizligi mintaqa xavfsizligi bilan chambarchas bog‘liq emish. Hech shubha yo‘qki, bu bayonotlar munofiqlik va ahmoqlikning navbatdagi namunalaridir.

Uchinchi misol:

Eron va uning rahbari Hasan Ruhoniy. Ruhoniy AQShning kelasi yilning yigirmanchi yanvarida prezidentlik vazifasini tark etuvchi prezidenti Trampga qaqshatqich og‘zaki hujumlar yo‘llab, uni terrorist, jinoyatchi va xudosiz, deb atadi. «Biz eng ko‘p qonun buzuvchi kimsalardan biri bo‘lgan jinoyatchi Trampning ketayotganidan juda baxtiyormiz. Bu kimsa Eronga koronavirus vaktsinasi masalasida ham rahm qilmadi», dedi u. Yangi prezident Jo Baydenning insofli rahbar ekanidan umid qilishini, Amerikani avvalgi va’dalariga vafo qilishga chaqirishini bildirib, bunday dedi: «Amerika xalqi Baydenga qonunga rioya qiladi, va’dalarini bajaradi, deb ovoz berdi, qonunlarni buzadi, deb emas». Baydenning yangi ma’muriyatiga xushomad qilib, «Eron butun dunyo bo‘ylab xavfsizlik, tinchlik va barqarorlik hukm surishini istaydi», dedi.

Ushbu bayonotlari bilan Ruhoniy Baydenga munofiqlik qilib, uning raqibiga hujum qilmoqda, AQSh siyosati uning ahmoqona bayonotlaridan ta’sirlanadi, deb o‘ylayapti. Bilmaydiki, AQSh siyosati shaxslar siyosati emas, davlat siyosatidir.

Biz Islom Ummati sifatida mabdaga asoslangan Islom davlatiga muhtojmiz. Bu davlat o‘z qarorlarini din ahkomlaridan madad oluvchi manfaatlariga asosan qabul qiladi. Uning siyosatchilari o‘zlarining aql-farosati va o‘tkir onglari bilan ajralib turadilar. Ular butun dunyodagi voqea-hodisa va xabarlarni uzluksiz kuzatib, olamga alohida burchakdan, ya’ni, butun insonlarga Islom risolasini etkazishga asoslangan burchakdan qaraydilar. Shuningdek, yuz bergan voqealarni chuqur tahlil qilib, o‘z vaziyat va sharoitlariga mustahkam bog‘lagandan keyingina qaror qabul qiladilar. Dushman bilan hisoblashib o‘tirmaydilar, Alloh yo‘lida malomatchining malomatidan qo‘rqmaydilar. Yovuzlik, kufr va dushman kuchlariga qarshi Islom davlatining xalqaro imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda kurashib, dushmanlari qalblariga qo‘rquv soladilar. Jangovar harakat bilan amalga oshmaydigan ishlarni siyosiy ishlar orqali amalga oshiradilar, Islom Ummatini mudofaa qilishdan, uni insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummatdek munosib maqomiga olib chiqishdan o‘zga tashvishlari bo‘lmaydi. Islom da’vatini davlatning bosh vazifasi, degan e’tiborda etkazadilar va urushlarga kirishdan hech ikkilanmaydilar. Chunki ko‘z oldilariga bitta maqsadni keltiradilar, ogoh bo‘lingkim, u Islom sha’nini ko‘tarmoq va uni butun insoniyatga yoymoq maqsadidir.

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.