Berdimuhamedov go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘lgan itlar uchun beriladigan medal dizaynini ma’qulladi

286
0

Berdimuhamedov go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘lgan itlar uchun beriladigan medal dizaynini ma’qulladi

 Turkmaniston agrosanoat majmuasini nazorat qiluvchi bosh vazir o‘rinbosari Esenmirat Orazgeldiev 28 yanvar kuni hukumati a’zolari bilan onlayn uchrashuv paytida prezident Gurbanguli Berdimuhamedovga alabaylar o‘rtasidagi go‘zallik tanlovi g‘olibi bo‘lgan itga beriladigan medal dizaynini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Xronika Turkmenistana”.

 Medal bilan birga itga “Yilning jasur alabayi” unvoni beriladi.

 Bundan tashqari, Orazgeldiev itlar tanlovi o‘tkaziladigan maydon loyihasi variantlarini ham taqdim etdi.

 Berdimuhamedov maydonning taqdim etilgan loyihalari va medalning dizayniga «xalqaro standartlarga javob berishi kerak» deb o‘z tuzatishlarini kiritdi. Amaldorga Turkman alabayi kuni nishonlanishi munosabati bilan birinchi marta bo‘lib o‘tadigan tantanali tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish buyurilgan.

 Izoh: Umar ibn Xattob roziyallohu anhu xalifaligi davrida u zotga Ka’bapo‘shni yangilash taklif qilinganda: “Musulmonlarning qorni men uchun Ka’baga ipak to‘shamoqdan muhimdir!”, degan edilar. Chunki, Xulofai roshidinlar va ulardan keyin kelgan xalifalar o‘zlariga berilgan hokimiyat va saltanatni mansab yoki lavozim, shaxsiy boylik orttirish manbasi deb emas, balki javobgarlik-mas’uliyat deb tushinishgan. Qiyomatda buning uchun hisob qilinishlarini, agar mas’uliyatlarini ado eta olishmagan bo‘lishsa Allohning g‘azabiga duchor bo‘lishlarini aniq anglab etishgan. Shu sababli ham har bir fuqarosining asosiy ehtiyojlari ta’minlanishiga jiddiy e’tibor qaratishgan.

 Islom shariatida har bir shaxsning asosiy ehtiyojlarini (oziq-ovqat, kiyim-bosh, uy-joy) ta’minlash davlatning bo‘ynidagi vojib vazifa hisoblanadi. Jamiyatdagi barcha insonlarning asosiy extiyojlari to‘la qondirilmay turib kamoliy extiyojlar (golьf maydonlari, tennis kordlari…) ga bir tiyin ham sarflamaydi.

 Hozirgi zamon firavnlari esa o‘zlariga berilgan vaqtinchalik saltanatdan shaxsiy boylik orttirish, xalqni ezib suvini ichishda vosita sifatida foydalanib kelishadi. Ular mas’uliyat-javobgarlik degan narsani hayollariga ham keltirishmaydi.  

 Turkmanistonda uch yildan ortiq vaqtdan beri davom etayotgan iqtisodiy inqiroz natijasida fuqarolarning iqtisodiy ahvoli yomonlashdi, oziq-ovqat ta’minotining etishmasligi vujudga keldi. Ko‘plab hududlarda un, non, tovuq go‘shti, shakar va o‘simlik yog‘i tanqisligi kuchaydi. Yuzlab odamlar bu mahsulotlarni sotib olish uchun do‘kon oldida soatlab navbatda turishi oddiy holga aylandi. Bir odamga faqat ikki buxanka non sotib olishga ruxsat berildi. Hatto davlat do‘konlarida nonni faqat oila a’zolari sonini tasdiqlovchi ma’lumotnoma asosida sotish tartibi joriy etildi. Iqtisodiy va oziq-ovqat inqirozining tobora kuchayishi natijasida aholi o‘z mavjudligini saqlab qolish uchun turli xil usullarni ixtiro qilishga majbur bo‘lmoqda. Ba’zilar o‘z qonini sotish (donorlik) orqali pul topish yo‘liga o‘tgan bo‘lsa, imkoni yo‘qlar tilanchilik qilish, axlatxonalarni titkilash va hatto o‘z tanasini sotishgacha etib borishmoqda…

 Turkmaniston prezidentining esa o‘z xalqi bilan zarracha ishi yo‘q. U faqat kitob yozish, qo‘shiq kuylash, zotdor otlar etishtirish va o‘zi yaxshi ko‘rgan alabay itiga oltindan xaykal qo‘yish bilan band. Ashxabodda o‘rnatilgan 15 metrlik alabay iti monumenti 36 metrlik diagonalda joylashgan, it haykali uzunligi esa 6 metrni tashkil etadi. Endilikda Berdimuhamedov alabay itlari uchun go‘zallik tanlovi o‘tkazish, buning uchun maxsus maydon qurilishini nazorat qilish bilan ovora. Bu tog‘utlarning qiliqlariga qarab turib ularning aqlan sog‘lomligiga ham shubha qila boshlaysan.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.